СаСО3=СаОQСО2
800 0С da kalsiy karbonatning dissotsiatsiyalanishi juda sust o‘tadi, 1000 0С da esa tez va to‘la dissotsiatsiyalanadi.
Xomashyo aralashmasi 700-1000 0С zonasida kalsiy oksidini hosil qiladi. Shuning uchun pechning bu zonasi kalsiylanish zonasi deb ataladi.
Bu zona ko‘p davom etgani bilan harorat sekin ortadi. Bunga sabab shuki, issiqlik asosan kalsiy karbonatning parchalanishiga sarf bo‘ladi. 680-1000 0С da oraliq birikma 2CaO∙SiO2∙CaCO3 hosil bo‘ladi.
Qattiq fazalarda reaksiyalar 1000-1350 0С oralig‘ida ro‘y beradi. Bu reaksiyalar ekzotermik zona deb ataladi.
Kuydirilayotgan aralashma ekzotermik zonada bo‘lishi natijasida 2CaO∙SiO2, 4CaO∙A2O3∙Fe2O3 ва CaO∙Al2O3 hosil bo‘ladi.
Ammo shu bilan hali normal portlandsement klinker hosil bo‘lmaydi, chunki uning asosiy tarkibiy qismi-uch kalsiy silikat (3СаО∙SiO2) yo‘q. Bu mineral pechning keyingi qismida (yuqori temperaturalar zonasida) hosil bo‘ladi. Bu zona pishirish zonasi deb yuritiladi.
qumtuproq qattiq holda ikki molekuladan ortiq ohakni biriktira olmaydi biroq suyuq holda qumtuproq ohakka nisbatan juda tez (3СаО∙SiO2 gacha) to‘yinadi. Demak, uchkalsiyli silikat olish uchun ikki kalsiyli silikat ohakni yutib, yuqori asosli 3СаО∙SiO2 ga aylanadigan darajada aralashmani qizdirish kerak.
Ancha oson eriydigan minerallar С3А va С4АF pishirish zonasida eriydi. Hosil bo‘lgan suyuq fazada С2S erib С3S gacha to‘yinadi. Uch kalsiy silikat eritmada ikki kalsiy silikatga nisbatan ancha kam eriydi. Shuning uchun S3S hosil bo‘lishi bilan eritma mineralga o‘ta to‘yinib qoladi va uch kalsiy silikat eritmada mayda-mayda qattiq kristallar holida ajralib turadi.
С2S ning erishi va ohakning yutilishi butun kuydirilayotgan aralashma massasida bo‘lmay, balki uning ayrim ulushlarida o‘tadi. Demak, ohak ikki kalsiy silikatni to‘liq singdirib olishi uchun materiallarni ma’lum vaqtgacha pishirish temperaturasi (1350-1450 0С) da tutib turish talab etiladi.
Materiallar bu zonada qancha ko‘p tutib turilsa ohak shuncha to‘liq bog‘lanadi, shu bilan birga С3S kristallari ham yiriklashadi. Klinkerni pishirish temperaturasida kam vaqt ushlab turish tavsiya etiladi, agar shunday qilinsa portlandsementning fizik mexanik ko‘rsatgichlari yuqori boladi. Klinker pishirish zonasidan sovitish zonasiga tushadi. Bu yerda klinker qarshisiga sovuq havo oqimi oqib keladi. Pishirish zonasidan ayrim vaqtlarda aralashmaning butun ohagi qumtuproqqa butunlay toyinib ulgurmaydi. Bu ozlashtirish jarayoni aralashmada ohak va С2S kamayishi sababli yanada sekinlashadi. Natijada to‘yinish koeffitsenti yuqori bo‘lgan klinkerlarda doim erkin ohak bo‘ladi. Bunday klinkerlarda ohak С3S holida iloji boricha ko‘proq o‘zlashtirib olinishi kerak. Klinker tarkibida erkin ohak 1-2 % bo‘lsa u portlandsement sifatiga yomon tasir korsatmaydi. Biroq uning miqdori kop bolsa, portlandsement hajmining notekis ozgarishiga sabab boladi, shuning uchun klinker tarkibida ohakning kopayishiga yol qoymaslik kerak.
Sovitish zonasidan klinker 1000-1100 0С da chiqadi va uni butunlay sovitish uchun pech sovitkichiga yuboriladi. Klinker sovitilayotgan undan ajratib olinayotgan issiqlik yana pechga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |