Portlandsement
Reja:
Kimyoviy va mineralogik tarkibi va uning turlari.
Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi.
Portlandsement ishlab chiqarish usullari.
Klinkerni aylanma pechda kuydirilganda sodir boladigan jarayonlar.
Klinkerni tuyish.
6. Foydalanilgan adabiyotlar
Qisman erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips bazi hollarda esa mahsus qoshimchalar bilan birga tuyishdan hosil bolgan gidravlik boglovchi modda portlandsement deb ataladi.
Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar kop boladi (70- 80%). qisman erish natijasida qovushib, qotib qolgan mayda-yirik tosh bolaklari klinker deyiladi.
Portlandsement xossalarini ozgartirib turish, shuningdek,
Uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga aktiv va inert mineral qoshimchalar qoshishga ruxsat eiladi. Inert qoshimchalar (ohaktosh, dolomit, kvarsqum va boshqalar) miqdori 10%dan, aktiv (trepel, diatomit, vitrofir, trass, shlak, gliyej va boshqalar) qoshimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qoshimchalar 20% va undan ortiq bolishi mumkin. U holda maydalangan mahsulot nomi qoshilganga qarab boshqa, yani qoshilma sifatida donador domna shlagi ishlatilsa shlak-portlandsement deb, tabiiy gidravlik qoshilmalar ishlatilsa putssolon portlandsement deb ataladi.
Klinkerni tuyayotganda unga odatda kopi bilan 3% gips qoshiladi. Bu bilan sementning tishlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi tasir qiladi.
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarish uchun xomashyo materiallari sifatida gil yoki lyoss va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil yoki lyoss va oxaktosh jinslar ishlatiladi. Gil yoki lyoss va jinslar turli moddalardan tashkil topgan. Ularda, asosan uchta oksid bor: SiO2, Al2O3, va Fe2O3. lessda 15-20% atrofida СаСО3 bor. O‘zbekiston sement zavodlarida, asosan lyoss ishlatiladi. Oxaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid-SaO va СО2 dan iborat.
Odatda asosiy va qo‘shimcha oksidlar miqdori quydagicha bo‘ladi:
CaO 63-67%, SiO2 21-24%, Al2O3 4-8%, Fe2O3 2-4%, MgO 0,5-5%, SO3 0,3-1%, Na2O ва K2O 0,4-1%, TiO2 0,2-0,5%, P2O5 0,1-0,3%.
1500 0С da kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta’sirida so‘nish qobilitini yo‘qotmasa ham, u juda sust so‘nadi. Uning sonish jarayoni qotib qolgan sementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. Bunday xavfli holatning oldini olish portlandsement tarkibidagi erkin magniy oksid miqdori standartda chegaralanadi: 4,55 dan oshmasligi zarur.
Portlandsementda kaliy va natriy oksidlari bolmagani maqul, chunki ular portlandsementning tishlashish muddatiga tasir qiladi. Bundan tashqarii, ishqorlar betonda toldirgichlar bilan ozaro kimyoviy tasir etishi mumkin. Natijada qotgan betonning darz ketishiga sababchi boladigan natriy va kaliy silikatlari hosil boladi. Bu reaksiya atrof muhit yetarlicha nam bolsa, juda tez ketadi. Shu sababli gidrotexnik betonlar uchun sement va toldirgichlar tanlayotganda sementda qancha ishqor borligi hisobga olinishi lozim va toldirgichlarda amorf qumtuproqdan qancha borligi aniqlanadi. Ishqoriy metall oksidlar bolsa, beton yuzasida shor doglar hosil boladi.
Standartga kora, portlansement tarkibida ishqor 1-2% miqdorda bolishi mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, yer usti konstruksiyalarini qurishda ishlatiladigan qorishma va betonlar uchun esa 1% dan ortiq ishqor bolgan portlandsement ishlatish tavsiya etilmaydi.
Fosfat angidrid 1,5-2% dan ortsa, portlandsementning qotish jarayoni sekinlashadi. Sementda 4% gacha titan ikki oksidi bolsa, u salbiy tasir korsatmaydi, ammo kop bolsa mustahkamligi kamayadi.
Klinkerda erkin SaO bolsa, u portlandsement xossalariga magniy oksidiga nisbatan xavfliroq tasir korsatadi, yani uning hajmi juda notekis ozgaradi. Erkin SaO sementtoshni buzib yubormasligi uchun klinker tuyishdan oldin erkin SaO havodagi nam tasiridan sonib ulgurguncha omborlarda yetiltiriladi. Shunda klinker birmuncha yumshaydi va uni tuyish osonlashadi. Klinkerning mineralogik tarkibiga qarab, portlandsement quyidagi turlarga bolinadi: alit portlandsement, undagi uch kalsiyli silikat 60% dan ortiq, С3S:C2S nisbati esa 4 dan katta; belit portlandsement tarkibida 37% dan ortiq ikki kalsiyli silikat bor, C3S:C2S nisbati birdan kam; alyuminat portlandsement tarkibida uch kalsiy alyuminat 15% dan ortiq. С3А miqdoriga qarab sementlar oz alyuminatli (5% gacha) o‘rtacha alyuminatli (5-9% С3А) va ko‘p alyuminatli (9% dan ortiq) sementlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |