Kimyoviy texnologiya



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/37
Sana15.07.2021
Hajmi1,4 Mb.
#120235
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
katalitik riforming qurilmasidagi quvvati issiqlik tashuvchiga kora 10 kgsek bolgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik-mexanik hisoblash va ornatish-tamirlash ishlarini tashkil etish

Jarayon parametrlari. Katalitik riforming jarayonini va olinadigan mahsulotlar 

tavsifini  ma’lum  darajada  texnologik  parametrlar  belgilaydi,  bu  parametrlarga-

reakstiya issikligi harorat bosim xom ashyo etkazib berishning hajmiy tezligi vodorod 

saqlagan  gazning  aylanish  karraligi  kiradi.  Ammo  ishlatish  sharoitlarida  asosiy 

me’yorlashtiriladigan parametr bo’lib reaktorga kirishdagi harorat hisoblanadi. Bosim 

xom ashyo etkazib berishning tezligi va aylanib turadigan gazning karraligini odatda 

shu xom ashyoni qayta ishlash uchun doimiy optimal bo’lganni saqlab turadilar. 

Reakstiya  issiqligi.  Naften  va  parafin  uglevodorodning  degidrogenlash  va 

degidrohalqalanish  reakstiyalari  issiqlikning  yutilishi  bilan  gidrokreking  va 

gidrogenoliz esa issiqlikning ajralishi bilan boradi.  

Parafin  va  naften  uglevodorodlarinng  izomerlanish  reakstiyalari  kuchsiz 

ifodalangan issiqlik effekti bilan haraterlanadi. Reaktorda sodir bo’ladigan kimyoviy 

o’zgarishlar natijasida benzin frakstiyalarining katalitik riformingda vujudga keladigan 

issiqlik effekti dastlabki xom ashyoda saqlanadian o’zaro  ta’sir etadigan moddalarning 

mikdori  va  o’zgarishi  darajasiga  prorostionaldir.  Tajribaning  ko’rsatishicha 

riforminglash jarayoniga issiqlik sarflarining yig’indisi asosan xom ashyodagi naften 

uglevodorodlarining  mikdori  bilan  aniqlanadi.  Riforminglash  jarayoni  issiqlikning 

jadval  yutilish  bilan  sodir  bo’ladi  va  riforming  reakstiyalarini  o’tkazish  reakstiya 

zonasiga issiqlikni uzluksiz etkazib turishni talab qiladi. 

Jarayonning issiqlik effekti salbiydir. Uning kiymati asosiy naften uglevodorodlarning 

mikdoi bilan aniqlanadi va 250-630 kDj/kg tashkil qiladi. 




Reakstion  hajmda  haroratning  keskin  o’zgarishini  pasaytirish  uchun  uni  bir 

nechta  (3  dan  6  gacha)  birin  ketin  bog’langan  reakstion  zonaga  issiqlikni  oraliqcha 

etkazib  beradigan  alohida  bo’lgan  adiabatik  reaktorlarga  bo’ladilar  bu  esa  har  qaysi  

apparatda  haroratning  keskin  o’zgarishini  ancha  kamaytirishiga  (10-70  ºS)  imkon 

beradi.  Reaktorlar  orsida  katalizator  yuklanishini  taqsimlash  uglevodorodli  xom 

ashyoning  kimyoviy  tarkibiga  va  katalizatorning  faolliga  bog’liq  bo’ladi.  Odatda 

katalizatorning  reaktorlar  orasidagi  nisbati  3  reaktorli  blokda  1:  (2-3)  :  (4-6)  ni  4 

reaktorlida esa 1:1:1.5:2 ni tashkil qiladi. 



Xom  ashyo  yetkazib  berishining  harorati  va  hajmiy  tezligi.  Riforming 

haroratining o’zgarishi 450-530 ºS gacha bo’lgan oraliqda sodir bo’ladi haroratning 

oshishi  bilan  degidrogenlash  degidrohalqalanish  va  izomerlanish  reakstiyalari  ya’ni 

riformingning  asosiy  jarayonlari  tezlashadi.  Harorat  oshganda  aromatlash  va 

gidrokreking  reakstiyalarining  roli  kuchayadi  aromatik  uglevodorod-larning  chiqishi 

va  olinadigan  riforming  mahsulotlarining  oktan  soni  oshadi.  Boshqa    barcha  teng 

sharoitlarda  (xom  ashyo  etkazib  berishning  hajmiy  tezligi  bosim  gaz  aylanib 

turishining  karraligi  va  boshqa)  jarayonning  harorati  oshishi  bilan  riforming-

benzinning chiqishi va aylanib turadigan vodorod saqlagan gazda vodorodning miqdori 

pasayadi,  katalizator  3  ta  reaktorga  taqsimlanganligi  sababli  birinchi  boskichda 

naftenlarning  degidrogenlanish  reakstiyalari  ustunlik  qiladi  boshqa  boskichlarda 

asosan parafinlarning degidrohalqalanish va gidrokreking reakstiyalari boradi.  

Haroratning  umumiy  o’zgarishi  bu  reakstiyalarning  har  qaysi    boskichdagi 

nisbatiga  bog’liq  bo’ladi.  Haroratning  keskin  o’zgarishi  ayniqsa  birinchi  boskichda 

ma’lum  darajada  katalizator  faolligining  tavsifi  bo’lib  hisoblanadi.  U  pasaygan  sari 

reaktorlar  bo’yicha  haroratning  keskin  o’zgarishi  va  umumiy  keskin  o’zgarishi 

kamayadi. 

Jarayon haroratini tanlashga xom ashyoning uglevodorodli tarkibi ta’sir qiladi. 

Xom ashyoda parafin uglevodorodlarning mikdori qancha  yuqori bo’lsa berilgan oktan 

sonli mahsulotning olinishi uchun shuncha yuqori harorat talab qiladi.  Naftenli xom 

ashyo qo’llanilganda reaktordagi minimal haroratni odatda 450-460 ºS oraliqda saqlab 

turadigan.  Reakstiya  stiklining  oxiridagi  maksimal  isitish  520-530  ºS  bilan 




chegaralanadi.  Haroratning  keyingi  ko’tarilishi  maqsadga  muvofik  emas  chunki 

jarayon ortiqcha gaz hosil bo’lish hamda katalizatoning  kokslanish tezlashishi bilan 

amalga oshadi bu  esa  riforming    ish    stiklining  davomiyligining    ancha qisqartiradi. 

Xom ashyo etkazib berishning hajmiy muloqot vaqtini iavsiflaydi va odatda 1-2 soat

-1

 

ni tashkil qiladi. 



Jarayonning bosimi va harorati o’zgarmas bo’lganda xajiy tezlikning kamayishi 

bilan parafinlarning gidrokreking reakstiyalari ustun keladi hajmiy tezlikning oshishi 

bilan esa naften va parafinlarning degidrogenlash va izomerlanish reakstiyalari ustun 

keladi. 


Xom  ashyo  etkazib  berishining  tezligi  oshishi  bilan  riforming  benzinning 

chiqishi  oshadi  ammo  bunda  aromatik  birikmalarning  ulushi  kamayishi  hisobiga 

olinadigan benzinning oktan soni ancha pasayadi. 

  

Xom  ashyo  etkazib  berish  tezligining  pasayishi    jarayon  selektivligining 



kamayishiga    katalizator  va  vodorod  chiqishining  pasayishiga  uglevodorod  gazi 

chiqishining oshishiga olib keladi. Birin ketin joylashgan reaktorlar orqali xom ashyo 

utgan sari hajmiy tezlikni odatda oshiriladilar. 

Shunday  qilib    ikkita  ya’ni  xom  ashyo  etkazib  berishning  harorati  va  hajmiy 

tezligi  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’liq    shuning  uchun  ularning  uyg’unlashishini 

mohirona qo’llash bitta katalizatorning o’zida riformatning  chiqishi va uni aromatlash 

darajasi bo’yicha optimal natijaga erishishga imkon beradi. 

Vodorodning  bosimi  va  vodorod  saqlagan  gazning  aylanib  yurishi 

(stirkulyasiyasi)ning  karraligi  bo’lgan  qurilmalarda    optimal  bosim  1,5-2,0  MPa 

katalizatorning  harakat  qiladigan  qatlami  bo’lgan  qurilmalarda  esa  0,7-1,5  MPa  ni 

tashkil qiladi. 

Riforming sistemasida barcha teng sharoitlarda vodorod bosimining oshishi xom 

ashyoni  aromatlashishiga    to’sqinlik  qiladi.  Ammo  vodorodning  yuqori  bosimi 

krekingdagi  yonaki  reakstiyalarining  to’yinmagan  mahsulotlarini  to’yintirish  uchun 

zarur. Agar vodorodning bosimi yuqori bo’lmasa  unda katalizatorning yuzasida koks 

hosil  bo’lishi  bilan  boradigan  to’yinmagan  uglevodorodlarning  chukur  zichlanishi  

boradi.  Jarayonni  vodorodning  bosimi  ostida  olib  borilish  (katalizatorning 



selektivligiga  qarab)  koks  hosil  bo’lishi  ancha  pasaytirishga  imkon  beradi.  Ishchi 

bosimni hamda vodorodning parstial bosimning pasaytirganda jarayonning selektivligi 

oshadi, arenlarning chiqishi ko’payadi va gaz holidagi uglevodorodlarning  chiqishi 

kamayadi. 

Vodorod  saqlagan  gazning  aylanib  turish  (stirkulyastiyalanish)  karraligi  bu 

aylanib turadigan gaz hajmining reaktorlar orqali vaqt birligida o’tadagan xom ashyo 

hajmiga  nisbatidir  (m³/  m³  xom  ashyo).  Gazning  aylanib  turish  karraligini  shunday 

tanlaydilarkim  jadal  koks  hosil  bo’lishining  oldini  olib  bo’lsin.  Bu  ko’rsatgichning 

optimal  kiymati  ko’p  hollarda  dastlabki  xom  ashyoning  sifatiga  va  riforminglash 

jarayonining maqsadiga bog’liq bo’ladi. 

Reakstion  aralashma  bug’larini  vodorod  saqlagan  gaz  (BCG)  bilan 

suyuqlantirishning  yuqori  darajasi  (karraligi)katalizatorning  ishlash  davomiyligini 

oshiradi.  VSG  aylanib  turish  karraligi  sanoat  jarayonlarida  VSG  dagi  vodorodning 

ko’rsatilgan  konstentastiyasida  1  m³  xom  ashyoga  gazning  mikdori  900-1500  m³ 

bo’lgan oraliqda joylashgan. 

Shunday qilib, VSG ning aylanib turish karraligini xom ashyo sifatini katalizator 

faolligini jarayon chukurligini va iktisodiy nuktai-nazarni hisobga olib belgilaydilar. 

Aylanib turish karraligini xaddan ziyod oshirish riforminglash chukurligini pasaytiradi, 

kompressorga og’irlikni va gazni isitish uchun pechdagi yokilg’ining sarfini oshiradi. 

Shu  tufayli  riforming  jarayonining  samaradorligi  pasayadi  va  qurilmadagi 

eksplutastion sarflar oshadi. Gazning aylanib turish karraligini kamaytirganda asosan 

xom ashyo bug’larining parstial bosimining oshishi tufayli katalizatorlarda koks hosil 

bo’lishi oshadi. 


Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish