Filtrlash jarayoni
Filtrlash (kimyoda) — suyuklik yoki gazni oʻtkazib, qattiq jismlarni tutib qoladigan filtrlovchi toʻsiq yordamida suspenziyalar yoki aerozollartl. ajratish jarayoni. F. maxsus qurilma — filtrda amalga oshiriladi. Suspenziyani F.da suyuklikdan ajraladigan qattiq jismlar filtrlovchi toʻsiqda koʻpincha nam choʻkma hosil qiladi. Bu choʻkma suv va boshqa suyuqliklar bilan yuvib tushiriladi yoki quritish maqsadida havo bilan puflanadi. Juda qovushqoq va konsentratsiyasi kichik nozik dispers suspenziyalarning kattik zarralari filtrlovchi toʻsiqning teshikchalariga singib, choʻkma hosil qilishi yoki qilmasligi mumkin. Teshikchalarni kamaytirish yoki kichraytirish maqsadida yordamchi moddalar (diatomit, perlit, asbest, sellyuloza va boshqalar) koʻllanadi. Bunday moddalar filtrlovchi toʻsiqqa beriladi yoki suspenziyaga qoʻshiladi. Filtrlovchi toʻsiq orqali oʻtgan suyuklik filtrat deb ataladi.
F.ning kuyidagi turlari bor: a) suspenziyaning oʻzinigina ajralishi, yaʼni suspenziya tarkibidagi filtrlovchi toʻsikda tutib qolingan qattik jiyemni ajratish; b) suspenziyani quyultirish — filtrlovchi toʻsiq orKali sutoq fazaning bir qismini oʻtkazib yuborib, suspenziyaning konsentratsiyasini oshirish; v) suyuqlikni tiniqlashtirish — uni oz miqdordagi muallaq moddalardan tozalash.
F. bir jinsli boʻlmagan suyuk sistemalarni ajratish, gazlarni tozalashning samarali usulidir, u lab. va sanoatda (kimyo, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, konchilik va boshqa sohalarda) keng qoʻllanadi.
Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamikasi.
Hozirgi vaqtda kimyo sanoati barcha texnologik jarayonlarda mavhum qaynash usuli keng qoʼllanilmoqda. Issiqlik almashinish, quritish, adsorbtsiyalash, absorbtsiyalash kabi jarayonlarda mavhum qaynash usulining ishlatilishi katta natijalar bermoqda. Mavhum qaynash jarayonida fazalar oʼrtasidagi kontakt yuza katta boʼlishi tufayli jarayon bir necha marta tezlashadi, natijada apparatning unumdorligi oshadi. Mavhum qaynash qatlamining gidravlik qarshiligi nisbatan katta emas. Donasimon zarrachalar qatlamini hosil qilish uchun ixtiyoriy shakldagi (masalan, silindrsimon) vertikal idishga donasimon qattiq material solinadi. Material gaz tarqatuvchi toʼr ustiga joylashtiriladi. Аgar toʼr orqali pastdan yuqoriga qaratib kichik tezlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, material qatlami oʼzgarmay qoladi. Gaz oqimi tezligini asta-sekin koʼpaytirib borilsa, tezlik maʼlum qiymatga ega boʼlganda qatlamdagi materialning ogʼirligi oqimning gidrodinamik bosim kuchiga teng boʼlib qoladi, bunda qattiq zarrachalar gidrodinamik muvozanat holatini egallaydi va har xil yoʼnalishda siljiy boshlaydi.
Gaz tezligini yana oshirsak, qatlam kengayadi, zarrachalar harakatining intensivligi ortadi, bunda gidrodinamik muvozanat buzilmaydi. Bunday sharoitda qatlam mavhum qaynash holatini egallaydi, yaʼni qatlam xuddi qaynayotgandek boʼlib koʼrinadi.
Qatlamning oʼzgarmas holati mavhum qaynash holatga oʼtishiga toʼgʼri keladigan gaz yoki suyuqlikning tezligi mavhum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlik deb yuritiladi.
Аgar gazning tezligini oshiraversak, tezlik maʼlum qiymatga yetganda gidrodinamik bosim kuchlari materiallarning ogʼirlik kuchlaridan ortib ketadi, natijada qattiq matierial donachalari gaz oqimi bilan birga chiqib ketadi. Qattiq material donachalarining gaz oqimi bilan chiqib ketish holatiga toʼgʼri keladigan tezlik chiqib ketish tezligi yoki ikkinchi kritik tezlik deb ataladi. Shunday qilib, mavhum qaynash holati birinchi va ikkinchi kritik tezliklar oʼrtasida yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |