Kimyoviy reasiyaning faollanish energiyasi. Katalizatorlar va ingibitorlar


GETEROGEN KATALITIKAVIY JARAYONLAR



Download 110,84 Kb.
bet3/3
Sana20.12.2019
Hajmi110,84 Kb.
#31201
1   2   3
Bog'liq
KIMYOVIY REASIYANING FAOLLANISH ENERGIYASI


7. GETEROGEN KATALITIKAVIY JARAYONLAR
Geterogen kataliz jarayonlarida ko’pincha katalizator qattiq modda, reagentlar esa suyuq yoki gaz, (bug’) holida bo’ladi. Jarayon fazalar chegarasida boradi, jarayon birin – ketin borib u uch qismdan iborat bo’ladi:

1. Dastlab moddalar katalizator yuzasiga so’riladi;

Katalizator yuzasida reaksiyalar boradi;

3. Mahsulotlarning katalizator yuzasidan hajmga desorbsiyasi yoki aktiv markazlarning bo’shashi sodir bo’ladi.

Bu jarayonlarning qaysi biri sekin borsa, umumiy jarayon tezligi shu bosqichning tezligiga teng bo’ladi. Bu bosqichga chegaralovchi – belgilovchi (limitlovchi) bosqich deyiladi. Odatda ikkinchi bosqich (kinetik soha) chegaralovchi bo’lishga intiladi. Qaysi bosqichning chegaralovchi bo’lishligi katalizatorning xossasiga (aktivligiga) va reaktsiya sharoitiga bog’liq.
KATALIZATOR AKTIVLIGIGA TURLI OMILLARNING TA‘SIRI

Temperaturaning ta‘siri. Temperatura katalizatorning faolligiga ta‘sir qiladi. Har bir katalizator tarkibi va tayyorlash sharoitiga qarab, ma‘lum reaksiya uchun ma‘lum temperatura chegarasida eng katta faollikka ega bo’ladi. Odatda, katalizator qancha faol bo’lsa uning past temperaturadagi faolligi shuncha katta bo’ladi va temperaturaning katalizator aktivligiga ta’siri keskinroq seziladi. Temperatura katalizator normal ishlaydigan ish temperaturasidan oshsa, uning faolligi kamayadi, hatto uni butunlay passiv qilib qo’yadi. Shuning uchun, temperaturaning o’zgarib turishi katalitik reaksiyalar uchun manfiy holatdir. Temperaturaning haddan tashqari oshib ketishi katalizator uchun havflidir. Shunga ko’ra reaksiya natijasida, ayniqsa, ekzotermik reaksiyalarda issiqlikning keraksiz qismini reaksiya muhitidan chetlatish kerak bo’ladi. Ko’pincha katalizator ma‘lum temperaturadan pastda uncha faol bo’lmaydi.

Katalizatorning faolligi namoyon bo’ladigan minimum temperatura katalazitorlarning qanday tayyorlanganligiga va reaksiya mexanizmiga bog’liq.

Bosimning ta‘siri. Katalitik reaksiyalarning unumi bosim o’zgarishi bilan, umuman, Le – Shatele prinsipiga bo’yso’nadi. Lekin geterogen katalitik reaksiyalarda jarayonning birinchi bosqichi adsorbilanish bo’lgani uchun bosim o’zgarishi bilan reaksiyaning tezligi binibarin, katalizotorning faolligi ham o’ziga xos ravishda o’zgaradi. Masalan bosimning o’zgarishi faqat molekulyar soning o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar (3Н2 + N2 = 2NH3) ning tezligini emas, hatto molekulalar soni o’zgarmasdan boradigan reaksiyalarning tezligini ham o’zgartiradi.

Bosimning o’zgarishi reaksiyaning yo’nalishini ham o’zgartirishi mumkin. Vodorod bilan uglerod (II) – oksidi orasida boradigan reaksiya bunga misol bo’la oladi. Reaksiya katalizator ishtirokida yuqori bosimda olib borilsa metil spirti hosil bo’ladi.

Katalizatorlarning maydalanganlik darajasini ta‘siri. Ma‘lum miqdordagi katalizator donachalarining o’lchami kichraygan sari uning yuzasi ortib boradi, natijada uning faolligi ham oshadi. Ikkinchi tomondan donachalar kichiklashgan sari reagentlarning diffuziyalanishi kamaya boradi, bu esa katalizator faolligini kamayishiga sabab bo’ladi. Kolloid holdagi katalizator optimal darajada maydalangan bo’ladi.


8. PROMOTORLAR, YOYUVCHILAR VA KATALITIK ZAHARLAR
Katalizatorlarga boshqa moddalar aralashtirilganda quyidagi uch holning biri bo’lishi mumkin: a) katalizatorda o’zgarish bo’lmaydi; b) katalizatorning ta‘siri kuchayadi; v) katalizatorning ta‘siri pasayadi.

Katalizator ta‘sirini kuchaytiradigan moddalar promotorlar deyiladi. Masalan, nikelga 1% seriy qo’shilsa, uning aktivligi taxminan 20 marta ortadi. Ammiak sintezida katalizator sifatida ishlatiladigan temirga ishqoriy metall va alyuminiy oksidlari qo’shilsa, temirning katalizatorlik ta‘siri ortadi.

Promotor ta‘sirining sababini tushuntiradigan bir qancha nazariyalar bor. Masalan, S.Z. Roginskiy nazariyasiga muvofiq, promotorlar katalizatorlar sirtida kimyoviy ko’p inslilik hosil qilib, katalizatorning aktiv nuqtalari sonini oshiradi. Roginskiy hamma katalizatorlar sirtida ham promotor borligini ko’rsatdi, har qanday toza katalizator sirtiga juda oz miqdorda gazlar yutilgan bo’lib, ular promotorlik vazifasini bajaradi. Agar shunday katalizatorlar yaxshilab degazatsiya qilinsa, ular katalizatorlik qobilyatini yo’qotadi.

Promotorlarni o’rganish sanoat uchun juda katta ahamiyatga ega. Katalitik yoyuvchilar yoki tregerlar deb ataladigan moddalar ta‘sirini o’rganish ham katta ahamiyatga ega. Katta sirtga ega bo’lgan g’ovak moddalarga (silikagel, asbest, faol ko’mir, alyuminiy oksid, ba‘zi metallar, ba‘zi metallarning oksidlari va boshqalarga) katalizator berilib, tregerning hamma joyiga katalizator tekis taqsimlanadi, ya‘ni yoyiladi. Masalan, platinalangan asbestda asbest katalitik yoyuvchi vazifasini o’taydi. Yoyuvchi ishlatilganida katalizator yaxshi maydalanganligi tufayli uning faol sirti ortib, katalitik ta‘siri kuchayadi, shu bilan birga, qimmatbaho katalizator tejaladi.

Katalizatorga ba‘zi moddalardan ozgina qo’shilganda uning faolligini pasaytiradigan moddalarga katalitik zaharlar deyiladi. Katalizatorni zaharlash uchun kerak bo’ladigan zahar moddaning miqdori katalizatorning barcha sirtini bir qavat molekulalar bilan qoplab olish uchun kerak bo’ladigan miqdorga qaraganda ancha kam bo’ladi. Bu hol katalizatorning hamma sirtini reaksiya tezligini oshirishda ishtirok etmasligini hamda uning ba‘zi qismlarigina faol ekanligini tasdiqlaydi. Katalizatorning bu nuqtalari uning faol markazlari deyiladi.

Zaharlarning katalizatorga ta‘siri shundan iboratki, ular katalizatorning faol markazlariga adsorbilanadi yoki u bilan kimyoviy birikadi. Har qaysi zahar o’ziga xos katalizatorni zaharlaydi.


9. GETEROGEN KATALIZ NAZARIYALARI
Kataliz hodisasini izohlab beradigan nazariyalardan biri oraliq mahsulotlar hosil bo’lish nazariyasidir. Bu nazariyaga muvofiq, katalizator reaksiya oxirida o’z tarkibi va miqdorini o’zgartirmasa ham reaksiyaning oraliq bosqichlarida ishtirok etadi. А + В  АВ reaksiya o’z – o’zicha juda sust borib, katalizator (K) ishtirokida tezlashadi. Reaksiyaning tezlashishiga sabab reaksiyaning oraliq bosqichida katalizator ishtirok etishidir.

А + К  АК

АК + В  АВ + К

---------------------------------------

А + В + К  АВ + К

Bu sxema katalizatorning reaksiya oxirida o’zgarmay qolishini va reaksiya tezligining katalizator miqdoriga proportsional ekanligini ko’rsatadi.

SHunday qilib, oraliq mahsulotlar nazariyasiga muvofiq, katalizator reagentlar bilan birikib, beqaror birikmalar hosil qilganligidan reaksiya tezlashadi.

1886 yilda D.I. Mendeleev geterogen kataliz katalizator sirtida adsorbilangan molekulalarning deformatsiyalanishidan kelib chiqadi deb tushuntirdi. D.I. Mendeleevning bu nazariyasi keyinchalik boshqa olimlar tomonidan mukammallashtirilda. N.D. Zelinskiy bu tasavvurlarning organik kimyodagi katalitik reaksiyalarga qo’llanilishini ko’rsatdi. Uning fikricha, katalizatorning kristallik panjarasida yonma – yon turuvchi qo’shni atomlarning har biri adsorbtsiya vaqtida o’ziga organik modda molekulasidan uglerod atomlarini tortadi. Buning natijasida organik modda molekulasi deformatsiyalanadi va molekuladagi bog’lanishlar bo’shashadi. Shu sababli reaksiya tezligi ortadi.

N.I. Kobozevning 1939 yilda taklif etgan «Katalitik aktiv ansambllar» nazariyasiga ko’ra, reaktsiyada katalitik effekt yuzaga chiqishi uchun katalizatorning bir necha molekulalari o’zaro yoki yoyuvchining bir necha molekulalari bilan albatta amorf mahsulot, ya‘ni ansambl hosil qilishi lozim.

SHu vaqtga qadar geterogen katalizni izoh qiladigan yagona nazariya bo’lmasa ham katalizatorning sirti ko’p jinsli degan fikr umum tomonidan e‘tirof etilgan.

M.I. Temkin va uning hamkasblari katalizator sirtining ko’p jinsli degan ta‘rifdan foydalanib, turli reaktsiyalarning kinetikasini o’rganishda muvaffaqiyat qozondilar.

Katalizning elektron nazariyasi S.Z. Roginskiy va F.F. Volkenshteyn tomonidan ishlab chiqilgan. Ko’pgina yarim o’tkazgichlar (B, C, Si, Se, Te, CoO, ZnO, V2O5, Zn va hokazo) katalizatorlardir. Bu nazariya, asosan, shu xil katalizatorlarga mansub.

Bu nazariyani quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, idish devori ZnO bilan qoplangan bo’lsin. Shuningdek ZnO kristall Zn2+ va O2- ionlardan tashkil topgan, Zn va O lar bir yuza bo’ylab joylashgan deb faraz qilinsa:

Zn2+ O2- Zn2+ O2-

O2- Zn2+ O2- Zn2+

Issiqlik harakati ta‘sirida yoki kvant energiya yutish natijasida O2- dan bitta elektron Zn2+ ga endotermik ravishda (energiya yutish bilan) o’tishi mumkin:

O2- + Zn2+  O- + Zn+

Natijada ikkita ion – radikal O- va Zn+ hosil bo’ladi, ya‘ni yuzada erkin valentlik hosil bo’ladi. Erkin radikallar esa katalizator faolligini oshiradi.


Xulosa

Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy ishlab chiqarish xalq xo’jaligida g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. U tabiatda bo’lmaydigan mahsulotlarni sintez qilishga, ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari ko’rish va xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon berdi. Tabiatdan faqat xomashyo, ruda, toshko’mir, neft va boshqalargina olinmoqda. Tabiiy xomashyoni kimyoviy yo’l bilan qayta ishlab xalq xo’jaligi uchun zarur mineral o’g’itlar, pestitsidlar, metallar, plastmassalar, bo’yoqlar, dorivor moddalar va boshqalar tayyorlanadi. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, sintetik tola, sun‘iy yoqilg’i, dori-darmonlar va boshqa juda ko’p moddalar ishlab chiqaradi.

Ko’plab miqdorlarda asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari-kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlab chiqariladi.

Kimyoning imkoniyatlari bitmas - tuganmasdir. Faqat neftning o’zidan 20 mingdan ortiq, toshko’mirdan esa bundan ham ortiq organikaviy moddalar olish mumkin. Masalan, yaqinda ishga tushgan o’lkan «SHo’rtan gaz kimyo majmuasi» nomli kimyo zavodi tabiiy gaz asosida o’nlab qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish ishiga kirishdi.

Kimyo fani tabiiy mahsulotlarni tejab ishlatish, ishlab chiqarishning qo’shimcha mahsulotlari va chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham shug’ullanishi lozim. Ammo sobiq Shuro xukumati davrida mamlakatimizning ko’pgina tabiiy boyliklari hisobsiz ishlatilgan va tashib ketilgan. Atrof muhit esa sanoat chiqindilari bilan ifloslantirilab ekologik holatga ancha ziyon yetkazilgan edi. Mamlakatimiz mustakillikka erishgandan keyin tabiiy boyliklarga munosabat ham o’zgardi, ularni avaylab ishlatish yo’lga qo’yildi.

O`zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishining o`ziga xos jihatlari masalalariga bag’ishlangan bitiruv-malakaviy ishi natijalarini umumlashtirish quyidagi xulosalarga kеlish va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bеrdi:

1. Kimyo sanoati sanoatdagi eng muhim tarmoqlardan biri bo`lib, uning asosiy vazifasi mamlakat aholisining maishiy kimyo tavarlariga bo`lgan ehtiyojini qоndirishdir. Bugungi zamon texnologiyalarining rivojlanishi, ehtiyojlarni ortishi, istimolchilar uchun zarur bo`gan oziq ovqat, sanoatidagi muammolar, harbiy nizolar, xomashyoni yetishmasligi, yashash sharoitining yaxshilanib borishi kimyo mahsulotlariga bo`lgan talablarni ortishiga va kimyo sanoatiga bo`lgan etiborni yanada kuchaytirishga sabab bo`lmoqda.

2. Boshqa sohalardan farqli ravishda kimyo sanoatning ham o`ziga xos xususiyatlari bоr. Bular:

- Tarmoqda kimyo resurs bazasi eng asosiysi bo`lib, qayta tiklanishi qiyin bo`lgan ishlab chiqarish vositasi sifatida nаmоyon bo`lаdi. Kimyo mahsulotlari resurslari cheklangan va uning hajmini kengaytirishni iloji yo`q;

- kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish yuqori bilib va texnika, texnologiyani talab qiladi;

- kimyo sanoatida ishlab chiqarish turli geografik shаrоitlarida olib bоrilib, ishlab chiqarish jarayonini mехаnizаtsiyalаsh, georafik joylashuvini to`g`ri tanlash, ekologik buammolar keltirib chiqarmaslik, kabi хususiyatni e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega;

- kimyo sanoati tarmoqlari ichida ko`pgina tarmoqlarida, ayniqsa, lok-bo`yoq materiallari, sintetik bo`yoqlar, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral o`g`itlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b) tarmoqlaridaishlab chiqarish jarayoni inson hayoti uchun zararli hisoblanadi;

- kimyo mahsulotlari kеyinchаlik ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositasi (dori darmon vositalari, neftni qayta ishlashda va boshqalar) sifatida ishlаtilаdi;

- kimyo mahsulotlarini qazib olish va ishlab chiqarish og`ir mehnatni, undan tayyorlanga kimyoviy vositalar sanoatning turli tarmoqlarida keng foydalanib, yuqori samara olishni, kimyo vositalari tufayli sodar bo`ladigan noxush xolatlar(o`lim, tan jarohati olish, organizmni ishdan chiqarish va b.)ni oldini olishni talab qiladi.

3. O`zbekiston hududida tabiiy gaz, neft, ko`mir, oltingugurt, tog`-kimyo mahsulotlar, rangli metallar rudasi va boshqa xom ashyolar bo`lganligi uchun mamlakatimiz yirik kimyo sanoatlariga ega. Mamlakatda 3000 ta foydali qazilma koni aniqlangan bo`lib, ularning 19 tasi kon-kimyo foydali qazilma konlaridir. Bu konlar: Osh tuzi konlari (Boybichakon, Xo`jaikon, Tyubegatang, Oqbosh, Laylimkon Borsakelmas, va Oqqal’a), Kaliy tuzi konlari (Tyubegatang, Oqtosh, Odamtosh, Okmachi), Fosforit konlari (Molg`uzor va Nurota fosfarit koni), Oltingugurt koni (Sho`rsuv oltingugurt koni)

4. Kimyo sanoatining xomashyo bazasi boy va xilma-xil. U turli foydali qazilmalardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan yog`och, suv, hatto havodan foydalanadi. Turli xil xomashyolardan foydalanish imkoniyatining cheksizligi kimyo sanoati korxonalarini hamma joyda qurishga imkon beradi. Biroq kimyo korxonalari energiya va suvni ko`p ishlatishi, ayniqsa, tabiatga jiddiy salbiy ta’sir ko`rsatishi sababidan ularni hamma joyda ham qurish maqbul bo`lavermaydi.

5. O`zbekiston sanoati tarmoqlari ichida kimyo sanoati sanoatni tayanchi hisoblanadi. Chuki qishloq xo`jaligida, yoqilg` energetikada, rangli va qora metal ishlab chiqarishda, farmasiftika sanoatida, mashinasozlikda umuman sanoatning barch soxasida kimyo sanoatining o`rni yuqori. Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral o`g`itlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va boshqalar), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-bo`yoq materiallari, sintetik bo`yoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va boshqalarni ishlab chiqaradi.

Foydalaniladigan aDABIYOTLAR
1. Kasimov G.M., Maxmudov B.J. Osnovi nasionalnoy ekonomiki. Uchebnik. T.: Mexnat, 2004, 384 b.

2. Ishmuhamedov A., Asqarova M. O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma T.: TDIU,. 2004, 342 b.

3. To`xliev N., Xaqberdiev Q., Ermamatov Sh., Xolmatov N. O`zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T. O`zME. 2007, 29-36 b

4. O‘lmasov A. Iqtisodiy bilim asoslari. T. Mehnat, 2001.

5. Abdullaev Yo. Maliy biznes i predprinimatelstvo.-T.: Iqtisod-moliya, 2008, - 360 b.

6. O`zbekiston Milliy Ensklopidiyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

7. Li.Kadirov V., O`rin Hasanov, Nuriddin Musayev. “Stanovleniye ximii” v Respublike O`zbekistan, T., 1995.56.b.
8. Turobjonov Sadriddin Mahamatdinovich, Azimov Obid Ganiyevich, Obidov Bilol Obidovich. “Kimyoning maxsus boblari” o`quv qo`llanma. Toshkent 2004. 7-36-78 b

9. O.S.Sodiqov “Organik kimyo nazariy asoslari” kitobi Toshkent 1987. 46-87- betlar.



10. To`xliev N., Xaqberdiev Q., Ermamatov Sh., Xolmatov N. O`zbekiston iqtisodiyoti asoslari. O`quv qo`llanma. T. O`zME. 2004, 280 b.
Download 110,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish