Kimyoviy reaksiyalarning tezligi


Mavzuga oid savollar va masalalar



Download 4,7 Mb.
bet2/4
Sana13.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#661444
1   2   3   4
Bog'liq
KIMYOVIY REAKSIYALARNING TEZLIGI

Mavzuga oid savollar va masalalar

  1. Reaksiya tezligining harorat koeffitsiyenti 2,4 ga teng bo‘lsa, haroratni necha gradusga oshirganda reaksiya tezligi 150 marta oshadi?

  2. Quyidagi reaksiyaning tezligini 125 marta oshirish uchun

bosimni necha marta oshirish kerak? 2NO(g) + Cl2(g)→ 2NOCl(g)

  1. Agar haroratni 45°C oshirganimizda reaksiya tezligi 360 barobar

oshgan bo‘lsa, reaksiya tezligining harorat koeffitsiyentini hisoblang.


D.I.MENDELEYEVNING DAVRIY QONUNI VA ELEMENTLAR DAVRIY SISTEMASI
Elementlarni birinchi marta sinflashga bo‘lgan urinish fransuz olimi A.Lavuazye va Ya. Bersilius tomonidan amalga oshirilgan. Ular barcha elementlarni metall va metallmaslarga bo‘lgan edilar.Nemis kimyogari Y.Debereyner elementlarni o‘xshash kimyoviy xossalariga ko‘ra birlashtirib elementlarning “triadalarini” hosil qildi.
1857-yilda ingliz U.Odling va fransuz E.B.Shankurtua elementlarning atom massalari ortib borishi bilan ularning kimyoviy xossalari o‘zgarishida davriylik borligini payqadilar. O‘tgan asrning 60-yillarida 64 ta kimyoviy elementlar ma’lum bo‘lib, ular qatoriga oltin, kumush, temir, mis, oltingugurt va boshqalar kirgan edi. Keyinchalik azot, kislorod, vodorod va boshqa elementlar ochildi.
1864-yilda D.Nyulendes “oktavalar” qonunini ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu qonunga ko‘ra har bir yettita elementdan keyin elementlarning xossalari qaytarilishi kuzatildi. D.Nyulendes elmentlarning eng asosiy kattaligi sifatida ularning ekvivalent massalarini oldi. U o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan 64 ta elementni yettidan qilib sakkizta guruhga bo‘lib chiqdi. U ba’zan bir katakka ikkita elementni joylashtirib, hali yangi elementlar ham ochilishini hisobga olmadi.
L.Meyer e’lon qilgan jadvalida o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan 64 ta elementdan 44 tasini joylashtirib, ularni atom massasi ortib borishi va vodorodga nisbatan yuqori valentligi ortishiga ko‘ra jadvalga qo‘yib chiqdi. 1868-yilda L.Meyer davrlar ham ko‘rsatilgan yarim uzun ko‘rinishda elementlar jadvalini chop etdi. Bu jadvalga vodorod, bor, indiy, uran va ko‘pgina boshqa elementlar kiritilmagan edi. Bu jadvalda 12 ta elementning joylanishi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lib, bir davrda
vodorod va geliyning joylanishi mutlaqo hisobga olinmagan edi.
1869-yilda rus kimyogari D.I.Mendeleyev elementlarning eng asosiy kattaligi sifatida ularning atom massasi deb hisobladi. U elementlarning bir-biriga o‘xshamaydigan tabiiy guruhlarini taqqoslab, atom massasini o‘zgarishiga qarab elementlar xossalarini davriy ravishda o‘zgarishini aniqladi.
Shularga asoslangan holda D.I. Mendeleyev elementlar davriy qonunini quyidagicha ta’rifladi: Kimyoviy elementlar va ular hosil qilgan oddiy va murakkab moddalarning xossalari shu elementning atom massasiga davriy ravishda bog‘liqdir.
Boshqalardan farqli ravishda D.I.Mendeleyev galogenlar, ishqoriy metallar, ishqoriy-yer metallarining atom massalarini o‘zgarishini ko‘rsatib, elementlarni va ularning birikmalari xossalarini davriy ravishda o‘zgarishiga alohida e’tibor berdi. Bu qonun asosida u elementlar atom massasini ortib borishiga asoslanib davriy jadval yaratdi.
1871-yilda D.I.Mendeleyev davriy sistemadagi 17 elementni davriy jadvaldagi o‘rnini atom massalari ortib borish tartibidan boshqacha bo‘lsa ham o‘zgartirdi. Keyinchalik bu tuzatishlar to‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ldi. Davriy qonun va elementlar davriy jadvaliga asoslangan holda D.I.Mendeleyev oltita element hali ochilishi mumkinligini ko‘ra bildi, ularga bo‘sh joy qoldirdi hamda ularning xossalarini tasniflab berdi. Shu orada uchta element – skandiy, galliy va germaniy ochildi. Keyinchalik bo‘lsa, qolgan elementlar ham (texnisiy, reniy va polloniy) kashf etildi. Davriy qonun asosida keyinchalik yana 20 ta yangi elementlar ochilib, kimyo fanining jadal rivojlanishiga turtki bo‘ldi.Davriy qonun va davriy sistema atom tuzilishini jadal rivojlanishiga, atom tuzilish nazariyasi esa davriy qonunni yanada chuqur ma’noga ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik elementlarning tartib raqami ham chuqur ma’noga ega ekanligi va u elementlarning atom yadrosi zaryadini hamda atomdagi elektronlar sonini ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi.Hozirgi vaqtda D.I.Mendeleyevning elementlar davriy qonuni quyidagicha ta’riflanadi: “Elementlarning xossalari, birikmalarining shakli va xossalari ularning atom yadrolari zaryadiga davriy ravishda bog‘liqdir”.
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlarning davriy qonuni va davriy sistemasi kmyo fani rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega.
Reja:


  1. Download 4,7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish