1. Konsentrasiyaning ta'siri.
Muvozanatda turgan sistemadagi biron moddaning konsentrasiyasi oshirilsa, sistemada mumkin bo’lgan reaksiyalardan shunday reaksiya kuchayadiki,natijada konsentratsiya oshirilgan modda sarf bo’ladi va kimyoviy modda shu modda sarf bulishi tomonga siljiydi. Masalan,
CO + H = CO + H O
tenglamasi bilan ifodalanadigan muvozanatdagi sistama berilgan bo’lsa, bu sistemaga qo’shimcha CO bersak, sistema CO konsentratsiyasini kamaytirishga intiladi. Aksincha, agar CO ning miqdorini kamaytirsak, sistema uni ko’paytirishga intiladi, ya’ni kimyoviy muvozanat chap tomonga siljiydi.
2. Temperaturaning ta'siri.
Le Shatelye prinsipiga muvofiq, agar muvozanatda turgan sistemaning temperaturasi o’zgarsa, temperature ko’tarilganda sistemaning muvozanati issiqlik yutiladigan, temperatura pasayganda esa issiqlik chiqadigan jarayon tomoniga siljiydi.
Masalan, 2SO +O = 2SO +225,4 kJ tenglama bilan ifodalanadigan muvozanatda turgan sistemani olsak, SO ning hosil bo’lishi ekzotermik reaksiya bo’lib, Le Shatelye prinsipiga muvofiq temperature oshirilganda SO ajraladi, ya’ni muvozanat 2SO = 2SO +O reaksiyasi tomonga siljiydi: aksincha, temperatura pasaytirilganda SO bilan O birikib, SO hosil qiladi, ya’ni muvozanat 2SO + O =2SO reaksiyasi tomon siljiydi.
Bosimning ta'siri.
Muvozanatdagi sistemaning bosimi oshirilsa, muvozanat xajm kamayadigan ya'ni molekulalar kam hosil bo’ladigan reaksiya tomonga siljiydi. Masalan, ammiak siyetazi reaksiyasida ishtirok etayotgan gazlar nisbati 1:3:2 dan iborat yoki 3H2 + N2 = 2NH3 ya'ni 4 xajm dastlabki gazlardan ikki xajm maxsulot xosil buladi. Binobarin, bosim oshirilganda muvozanat NH3 hosil bo’lish reaksiyasi tomonga siljiydi.
Agar tenglamaning chap va o’ng tomonidagi molekulalar soni teng bulsa bosimning uzgarishi kimyoviy muvozanatga ta'sir etmaydi. Masalan:
CO2 + H2 = CO + H2O
reaksiyasining muvozanati bosim uzgarganida uzgarmay koladi.
Le-Shatelye prinsipi gomogen sistemalargagina kullanib kolmay, geterogen sistemada uchun xam tadbik yotiladi. Masalan, SO2 ning kaytarilish reaksiyasi:
C + CO2 = 2CO -172 kJ
Keltirilgan kimyoviy sistemada kattik (uglerod) va gaz (CO va CO2) fazalar aralashmasi ishtirok etyapti. Demak sistema geterogen. Le-Shatelye prinsipiga kura: a) temperaturaning kutarilishi muvozanatni CO ortishi tomonga siljitadi, chunki CO2 kaytarilishi ekzotermik prosessdir. b) temperaturani pasaytirsak, muvozanat chap tomonga siljiydi; v) bosimni oshirish muvozanatni xajm kamayadigan reaksiya ya'ni CO2 xosil bulishi tomonga siljitadi, chunki chap tomonda gazsimon moddadan bir molekula, ung tomonda esa CO molekulasidan ikki molekula mavjuddir. Bu reaksiya muvozanatining matematik ifodasi kuyidagi kurinishga ega:
ya'ni muvozanat fakat gazsimon moddalarning nisbatlariga (konsentrasiyalariga) boglik.
Geterogen sistemada gazsimon moddalarning molekulalar soni uzgarmasa bosim reaksiya muvozanatiga ta'sir etmaydi. Masalan,
MnO+CO = Mn+CO2
ning muvozanati bosim uzgarishi bilan uzgarmaydi.
Yuqori (1000°, 10000°) temperaturalarda kimyoviy reaksiya tezligi shunchalik katta buladiki, amalda ularni aniklab bulmaydi. Bunda moddalar dissosilanishini kuchayishidan tashkari, juda murakkab moddalar xosil buladi va ularning konsentrasiyasi temperatura kutarilishi bilan ortadi. Masalan, V2O5 buglarida V4O10, V4O8, V4O12 kabi moddalar xosil buladi.
Temperatura kancha yukori bulsa elementlar shuncha uziga xos bulmagan oksidlanish darajalarini namoyon etadi. Bunga sabab yukori temperaturadagi buglar xosil bulishida tuyinmagan valentli radikallarning ishtirok etishidir. Masalan, suv bugida 2000° da H2, O2, OH-, H+ va O2- bundan yukori temperaturada esa, ionlanish maxsulotlari ON-, N+ va O2- lar buladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Parpiev N.A., Rahimov H.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo (nazariy asoslari).-Toshkent:“O’zbekiston”, 2000.-479 bet.
Axmetov N.S. Obhaya i neorganicheskaya ximiya. Uchebnik dlya Vuzov 4-e izd., Moskva, Vo’sshaya shkola, 2002.-743 s.
Ugay YA.A. Obhaya ximiya i neorganicheskaya ximiya.- Moskva: «Vo’sshaya shkola», 2002.-527s.
Parpiev N.A., Muftaxov A.G., Rahimov H.R. Anorganik kimyo.-Toshkent: “O’zbekiston”, 2003.-504 bet
Do'stlaringiz bilan baham: |