Kimyoviy ishlab chiqarishning energetik texnologiyasi texnik termodinamika


Yonilg’i yonishini material balansi



Download 8,83 Mb.
bet11/27
Sana14.01.2022
Hajmi8,83 Mb.
#361532
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Техник термодинамика

2.2. Yonilg’i yonishini material balansi.

A vval aytilganidek, uglevodorodli yonilg’ini tarkibi qanchalik murakkab bo’lmasin, uning to’liq yonishda uglerod SO2 gacha vodorod N2O gacha, oltingugurt esa SO2 gacha quyidagi tenglamalar bo’yicha oksidlanadi:


To’liq yonish deganda, havo kislorodi mazkur reaktsiyalarni amalga oshirish uchun yetarli miqdorda bo’lishi tushuniladi, shuning uchun yonilg’ini berilgan ishchi tarkibi uchun to’liq yonishga sarflanadigan kislorod miqdorini va unga mos havo hajmini Vohavo, nm3/kg nazariy jihatdan osongina hisoblash mumkin:



(2.1)

S Huningdek yonish mahsulotlarini SO2, SO2 va N2O ni (nm3/kg) miqdorlari quyidagi formulalardan aniqlanadi:

(2.2)

(2.3)
(2.4)



Hosil bo’layotgan karbonat angidrid va vodorod sulьfid gazlarining hajmlari yig’indisi quruq uch atomli yonish mahsulotlarining hajmi deyiladi:

(2.5)

Havo oqimini yonilg’i oqimi bilan tez va bir hilda aralashirishni deyarli imkoni yo’q , shuning uchun yonish kamerasiga stexiometriya bo’yicha zarur bo’lgan havo miqdoridan ortiqroq miqdorda havo beriladi.

Y onish kamerasiga berilayotgan haqiqiy havo miqdorining (Vhavo) nazariy jihatdan zarur bo’lgan havo miqdoriga (Vohavo) nisbati ortiqcha havo koeeffitsienti deyiladi:

(2.6)
Yonish jarayoni to’g’ri tashkil qilinganda har doim α>1 bo’ladi, bunda yonish qurilmasidagi yonilg’i bilan qanchalik yaxshi aralashtirilsa, beriladigan ortiqcha havo miqdori shuncha kam bo’ladi. Odatda,yaxshi yonish qurilmalari uchun α≈1,03-1,10, yomon qurilmalar uchun esa α=1,30-1,50 va undan ham yuqori bo’ladi.

Yonish qurilmasiga berilayotgan havo miqdori stexiometriya bo’yicha zarur bo’lgan havo miqdoridan ko’p bo’lganligi uchun berilayotgan havoning bir qismi yonish jarayonida ishtirok etmaydi, balkim yonish qurilmasidan tranzit holida o’tib ketadi va bu bilan issiqlikni bir qismini olib, tutun gazlarining miqdorini oshiradi. Stexiometrik yoqishda tutun gazlarining solishtirma hajmi (nm3/kg. da) yonish mahsulotlari hajmining yig’indisiga va havodagi inert gazlarning (azot,arg’on va boshqalar) hajmiga teng bo’ladi:

(2.7)
B eriladigan gazlarning ortiqcha miqdorini hisobga olgan holda kislorod va inert gazlarning ortiqcha miqdorini hisobga olgan holda) quyidagi formuladan aniqlanadi.

(2.8)


Bu yerda 0,79 α Vohavo- havodagi inert gazlarning solishtirma hajmi; 0,21(α-1) Vohavo- ortiqcha kislorodning solishtirma hajmi.

Yoqilayotgan yonilg’ining ( Gyonil,kg/soat) miqdori ma’lum bo’lganda, tutun gazlarining sarfi (Gn,nm3/soat) va havoning zarur sarfini (Ghavo, nm3/soat) quyidagi formulalardan aniqlash mumkin.



(2.9)

(2.10)


Yonish mahsulotlarining hajmi ma’lum bo’lganda (O2,N2O,N2,O2 va SO2 aralashmalaridan iborat tutun gazlarining tarkibini (% da umumiydan) osongina aniqlash mumkin:

(2.11)
(2.12)

(2.13)
(2.14)

Havo tarkibidagi inert gazlar ( argon va boshq) miqdorini shartli ravishda azot kontsentratsiyasi bilan umumlashtirish mumkin u holda:

(2.15)
Agar yonilg’i gazsimon holatda bo’lsa, uning molekulyar tarkibi (% da, umumiydan) aniq bo’ladi, shuning uchun uni Sr,Nr,Or va Sr ga (% da umumiydan) qayta hisoblamay, balkim material balans hisobini alohida moddalarni hajmi bo’yicha olib borish mumkin. Bu holda yaqinlashtirilgan formulalardan foydalanilmaydi, chunki yonilg’ini ma’lum molekulyar tarkibida aniq bog’liqliklar qo’llaniladi.

Ko’plab yonilg’i gazlari asosan SN4,S2N6,S3N8,S4N10,N2 va SO dan iborat bo’lganligi uchun, yonilg’ini yonish jarayonini ximizimini reaktsiyalarning quyidagi tenglamalari orqali ifodalash mumkin ( yonilg’i tarkibidagi gazni bir molekulasi hisobiga):


Material balans tuzishga doir misol ko’rib chiqamiz. Deylik, yonish kamerasida α=1,3 bo’lganda, tarkibi 94 % um. SN4,15% um S2N6, 0,5% um. S3N8, 3%um. N2, 1% umN2 bo’lgan 1000 nm3/soat yonilg’i to’liq yonmoqda.

Bunda yonish kamerasida 940 nm3/soat SN4,15nm3/soat S2N6, 5 nm3/soat S3N8, 30 nm3/soat N2, 10 nm3/soat N2 yonadi.

Material balansning keyingi qismini jadval ko’rinishida amalga oshirilamiz (jadval 2.1)

Jadval 2.1

Material balans hisobining jadval ko’rishi



Modda

Yonilg’i sarfi,nm3/soat

Yonish uchun zarur bo’lgan O2, nm3/soat

Yonishda hosil bo’layotgan SO2,nm3/soat

Yonishda hosil bo’layotgan N2O, nm3/soat













































SHunday qilib 1000 nm3/soat yonilg’ini stexiometrik yoqish uchun zarur havo miqdori ( havo tarkibi 21% um. O2 va 79 % um. N2 inertlar bilan yoki tegishlicha 0,21 va 0,79 deb qabul qilinadi) kislorod bo’yicha O2=1972,5 nm3/soatni tashkil qilib, bu 1972,5/0,21=9392,86 nm3/soat havo miqdoriga to’g’ri keladi.

Havo hajmi α=1,3 bo’lganda quyidagiga teng

U holda tutun gazlarining hisoblangan hajmi quyidagicha bo’ladi:

-SO2-985 nm3/soat;

-N2O-1975 nm3/soat;

- N2; 10 nm3/soat (yonilg’idan)+9646,45 nm3/soat

(havodan) =9656,45 nm3/soat; -O2; 2564,25nm3/soat (havo bilan)-1972,5 nm3/soat(yonish uchun) =591,75 nm3/soat.

∑=13208,2 nm3/soat bo’ladi.

Tutun gazlarining aniqlangan tarkibi quyidagicha bo’ladi:

-SO2:985/13208,2=7,46% um.;

-N2O:1975/13208,2=14,95 %um.;

- N2:9656,45/13208,2=73,11%um.;

O2:591,75/13208,2=4,48% um.;

SHunday qilib, yonilg’i sarfiga zarur bo’lgan havo miqdori nisbatlari (α=1,3 da) 12,2 nm3/nm3 ga , tutun gazlarining miqdori esa-13,2 nm3/nm3 ga teng bo’ladi. Tabiiyki havoning ortiqcha miqdorining boshqa koeffitsentlarida (α) va boshqa tarkibli yonilg’ida bu qiymatlar o’zgaradi.

Hisoblar natijasidan hulosa qilish mumkinki, yonishga berilayotgan gazlar miqdori asosan havo miqdori bilan aniqlanadi. Ma’lumki, havo asosini yonish jarayonida ishtirok etmaydigan azot tashkil qilib, u yonish kamerasidan tranzit holda o’tadi va bu issiqlik yo’qotilishlarga olib keladi, chunki tutun gazlarning harorati kirayotgan havo haroratidan har doim yuqori bo’ladi. Budan tashqari,hosil bo’layotgan tutun gazlari tarkibida 15 % gacha suv bug’lari bo’ladi, bu esa oltingugurt tutgan birikmalar bo’lmaganda shudring nuqtani haroratiga 55-65oS to’g’ri keladi, shuning uchun tutun gazlarini sovutishda suyuq faza ajralishi mumkin, bu eesa texnologik qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.



Download 8,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish