(2007-DTM.)
1. 1 mol elektrolit dissotsilanishidan hosil bo‘lgan ionlar miqdori (mol) ortib borish tartibida joylashgan elektrolitlar qatorini tanlang. (α=100%)
A) natriy xlorid, kalsiy xlorid, alyuminiy xlorid
B) kaliy sulfat, mis(II) sulfat, alyuminiy sulfat
C) natriy karbonat, kaliy karbonat, litiy karbonat
D) bariy nitrat, litiy nitrat, alyuminiy nitrat
2. Kuchli elektrolitlar keltirilgan qatorni tanlang.
A) ammoniy atsetat, vodorodsulfid, nitrit kislota
B) karbonat kislota, perxlorat kislota, nitrat kislota
C) kremniy kislota, sirka kislota, nitrat kislota
D) sulfat kislota, nitrat kislota, natriy atsetat
3. Kuchli elektrolitlarni tanlang.
1) ammoniy gidroksid; 2) kaliy nitrat;
3) rux gidroksid; 4) vodorod sulfid;
5) kalsiy xlorid; 6) litiy sulfat
A) 2,5,6 B) 1,3,4 C) 1,3,4,6 D) 2,5
4. Kuchli elektrolitlar berilgan javobni tanlang.
1) sulfat kislota, xlorid kislota, kumush xlorid;
2) kaliy nitrat, nitrat kislota, xlorid kislota;
3) ammoniy xlorid, natriy atsetat, kalsiy karbonat;
4) kaliy sulfat, ammoniy xlorid, natriy nitrat.
A) 1,3 B) 2,4 C) 3,4 D) 1,2
5. Kuchsiz elektrolitlar joylashgan qatorini aniqlang.
A) sirka kislota, natriy atsetat, sulfit kislota, sulfat kislota
B) ammoniy gidroksid, vodorod sulfid, karbonat kislota, sirka kislota
C) kaliy gidroksid, kalsiy gidroksid, mis(II) gidroksid, temir(II) gidroksid
D) natriy gidroksid, natriy xlorid, nitrat kislota, sirka kislota
6. Quyidagi moddalardan qaysilari ionlarga dissotsilanmaydi?
1) rux gidroksid; 2) stronsiy nitrat;
3) mis(II) sulfat; 4) ammoniy xlorid;
5) kalsiy karbonat; 6) kaliy sulfid
A) 2,4 B) 1,4 C) 3,6 D) 1,5
7. Qaysi moddalar kuchli elektrolitlar hisoblanadi?
1) kaliy sulfid; 2) natriy sulfat;
3) ammoniy gidroksid; 4) sirka kislota;
5) magniy gidroksid; 6) alyuminiy xlorid
A) 1,2,6 B) 2,4,5 C) 2,5,6 D) 3,4,6
8. Qaysi moddalar kuchli elektrolit hisoblanadi?
1) kalsiy xlorid; 2) kaliy gidroksid;
3) ammoniy gidroksid; 4) sirka kislota;
5) natriy gidrokarbonat; 6) sulfit kislota
A) 1,5 B) 3,4,6 C) 1,2,5 D) 4,6
9. Qaysi qatorda faqat kuchli elektrolitlar joylashgan?
A) kaliy nitrat, vodorod xlorid, kalsiy karbonat, litiy gidroksid
B) bariy xlorid, ammoniy atsetat, kaliy gidroksid, stronsiy nitrat
C) sirka kislota, karbonat kislota, alyuminiy gidroksid, rux gidroksid
D) nikel(II) gidroksid, sulfat kislota, ammoniy xlorid, osh tuzi
10. Quyidagi qatorlardan qaysi biri ikkita kuchli va bitta kuchsiz elektrolitdan iborat?
A) H2SO3; H2CO3; CH3COOH
B) Na2SO4; NH4NO3; CaCI2
C) CH3COOH; NaOH; NH2OH
D) BaCI2; NH4OH; Li2SO4
11. Qaysi moddalar kuchsiz elektrolit hisoblanadi?
1) vodorod ftorid; 2) nitrit kislota;
3) kaliy karbonat; 4) natriy gidrokarbonat;
5) ammoniy gidroksid; 6) ammoniy sulfat.
A) 2,3 B) 3,4,6 C) 1,2,5 D) 1,5
12. Qaysi qatorda faqat kuchli elektrolitlar keltirilgan?
A) natriy xlorid, sirka kislota, sulfat kislota, kobalt(II) gidroksid
B) temir(III) gidroksid, sirka kislota, sulfat kislota, xrom(III) gidroksid
C) ammoniy xlorid, perxlorat kislota, kaliy nitrat, litiy gidroksid
D) ammoniy gidroksid, kaliy nitrat, vodorod sulfid, ammoniy xlorid
13. Qaysi moddalar jufti suvli eritmada birgalikda ion holida mavjud bo‘la oladi (gidroliz hisobga olinmasin).
A) kaliy ftorid; kumush nitrat
B) bariy xlorid; natriy sulfat
C) kalsiy xlorid; kaliy fosfat
D) kumush nitrat; kaliy fosfat
14. 0,01 molyarli eritmalardagi moddalarni ionlar miqdori (mol) kamayib borish tartibida joylashtiring (α=100%).
1) bariy xlorid; 2) xlorsirka kislota;
3) natriy fosfat; 4) alyuminiy sulfat.
A) 2,1,3,4 B) 4,3,1,2 C) 4,1,3,2 D) 2,3,1,4
15. Eritmalardagi moddalarning har biridan 1 mol olingan bo‘lsa, ionlar miqdori (mol) ortib boradigan moddalar qatorini tanlang (α=100%).
A) natriy nitrat; kaliy fosfat; kaliy karbonat; magniy xlorid
B) kalsiy xlorid; alyuminiy sulfat; natriy gidroksid; mis(II) sulfat
C) natriy xlorid; bariy nitrat; alyuminiy nitrat; alyuminiy sulfat
D) alyuminiy sulfat; temir(III) xlorid; kalsiy xlorid; litiy gidroksid
16. Molyarligi bir xil bo‘lgan qaysi kislota eritmasida ionlar miqdori (mol) kam bo‘ladi?
A) HCI B) H2SO4 C) H2S D) HCIO4
17. Kalsiy karbonat suspenziyasi orqali etarli miqdorda uglerod(IV) oksid uzoq vaqt davomida o‘tkazilganda, eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi qanday o‘zgaradi?
A) kamayadi B) o‘zgarmaydi
C) avval kamayadi, so‘ng ortadi D) ortadi
18. Kuchli elektrolitlar qatorini tanlang.
A) glyukoza, maltoza, sulfat kislota
V) osh tuzi, shakar, potash
C) suv, osh tuzi, soda
D) ichimlik sodasi, osh tuzi, mis kuporosi
19. Qaysi variantlarda elektrolit ionlarining eritmadagi holati to‘g‘ri ifodalangan?
1) ionlar erkin holatda bo‘ladi; 2) ionlar bilan erituvchi molekulalari o‘zaro ta’sirlashmaydi; 3) ionlar bilan erituvchi molekulalari o‘zaro ta’sirlashib gidratlar yoki solvatlar hosil qiladi; 4) ionlar bilan erituvchi molekulalar o‘zaro ta’sirlashadi
A) 1,3 B) 1,2 C) 3,4 D) 1,4
20. Qaysi moddalar kuchli elektrolitlar hisoblanadi?
1) alyuminiy nitrat; 2) kremniy kislota;
3) mis(II) sulfat; 4) temir(II) nitrat;
5) sirka kislota; 6) natriy atsetat
A) 2,5 B) 2,3,5,6 C) 4,6 D) 1,3,4,6
Do'stlaringiz bilan baham: |