(2007-DTM.)
1. 400 ml 0,5 molyarli alyuminiy xlorid va 300 ml 2 molyarli natriy gidroksid eritmalari aralashtirildi. Aralashma orqali 3,36 l (n.sh.) vodorod xlorid o‘tkazilganda hosil bo‘lgan cho‘kma massasini (g) toping.
A) 3,9 B) 15,6 C) 11,7 D) 5,4
2. 56 l (n.sh.) oltingugurt(IV) oksid kaliy gidroksidning 6,25 l 0,4 molyarli eritmasi orqali o‘tkazilganda hosil bo‘lgan tuzning formulasini va uning massasini (g) aniqlang.
A) KHSO3; 275 B) K2SO3; 395 C) KHSO3; 300
D) K2SO3; 300
3. 2,4 molyarli 200 ml kaliy gidrosulfit va 100 ml kaliy sulfit eritmalari aralashtirildi. Ushbu eritmaga 100 ml kaliy gidroksid eritmasi qo‘shilganda, eritmadagi kaliy gidrosulfit konsentratsiyasi 1 mol/l gacha kamaydi. Eritmaga qo‘shilgan kaliy gidroksid eritmasining konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 1,0 B) 0,8 C) 0,7 D) 1,2
4. Tarkibida HCI va NaCI bo‘lgan eritmani neytrallash uchun 200 ml 0,5 M li NaOH eritmasi sarflandi. Hosil bo‘lgan eritma tarkibidagi barcha CI- ionlarini cho‘ktirish uchun esa 200 ml 2 molyarli AgNO3 eritmasi zarur bo‘ldi. Dastlabki aralashma tarkibidagi moddalarning mol nisbatini aniqlang.
A) 1:1 B) 1:3 C) 1:4 D) 1:2
5. Temir bilan reaksiyada (qizdirilgan) kirishish uchun olingan 150 ml 15 molyarli (ρ=1,7 g/ml) sulfat kislotadan 110 ml ortib qoldi. Reaksiya uchun olingan temirning massasini (g) hisoblang.
A) 16,8 B) 11,2 C) 1,68 D) 5,6
6. Sulfat kislotaning 0,2 molyarli eritmasidan 250 ml tayyorlash uchun uning 0,8 M li eritmasidan qancha hajm (ml) olish kerak?
A) 25,5 B) 50 C) 62,5 D) 31,5
(DTM 2008)
1. Hajmi 400 ml bo’lgan xlorid kislota va aluminiy xlorid eritmasidan cho’kma hosil bo’lishi tugaguncha ammoniy gidroksidning 2,5 molyarli eritmasidan 200 ml sarflandi. Eritma bug’latildi va cho’kma massasi o’zgarmay qolguncha kuydirildi. Qoldiq massasi 5,1 g. Boshlang’ich eritmadagi moddalarning molyar konsentratsiyalarini (berilgan tartibda)
hisoblang.
A) 0,2; 0,1 B) 0,5; 0,25 C) 0,1; 0,15 D) 0,2; 0,4
2. Sulfat kislotaning 500 ml 8 mol/l li (ρ=1,6 g/ml) eritmasiga necha l SO3 shimdirilganda 80 % li sulfat kislota eritmasi hosil bo’ladi?
A) 583,5 B) 696 C) 490 D) 163,4
3. Nitrat kislota eritmasiga mo’l miqdorda mis metali qo’shilishidan olingan 13,44 l (n.sh) gazlar aralashmasi 2 l 0,2 mol/l li bariy gidroksid eritmasidan o’tkazilganda bariy gidroksidning konsentratsiyasi ikki marta kamaygan bo’lsa, reaksiyada ishtirok etgan nitrat kislotaning massasini (g) hisoblang.
A) 94,5 B) 113,4 C) 88,2 D) 100,8
4. Sulfat kislotaning 300 ml 49 % li eritmasiga (ρ=1,6 g/ml) necha gramm SO3 shimdirilganda 18,4 molyarli sulfat kislota eritmasi (ρ=1,84 g/ml) hosil bo’ladi?
A) 268,8 B) 960 C) 470,4 D) 253,1
5. Natriy gidroksid va natriy karbonatlarning massa ulushi tegishli ravishda 0,2 % va 1,06 % bo’lgan 400 g eritmaga 2,52 g natriy gidrokarbonat qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmadagi (ρ=1g/ml) gidrokarbonat va karbonat anionlarining molyarligini hisoblang.
A) 0,01; 0,07 B) 0,025; 0,15 C) 0,03; 0,05 D) 0,075; 0,125
6. Sulfat kislotaning 8 molyarli 300 ml (ρ=1,6 g/ml) eritmasiga necha litr SO3 shimdirilganda 18,4 molyarli sulfat kislota eritmasi (ρ=1,6 g/ml) hosil bo’ladi?
A) 268,8 B) 960 C) 235,2 D) 470,4
7. Nitrat kislota eritmasiga mo’l miqdorda mis metali qo’shilganda olingan 13,44 l (n.sh) gazlar aralashmasi 2 l 0,2 molyarli bariy gidroksid eritmasdan o’tkazilganda bariy gidroksidning konsentratsiyasi ikki marta kamaygan bo’lsa, reaksiyada ishtirok etgan misning massasini (g) hisoblang.
A) 12,8 B) 32 C) 25,6 D) 19,2
8. Tarkibida 0,32% natriy gidroksid va 2,12 % natriy karbonat bo’lgan 500 g eritmaga natriy gidrokarbonatning 300 g eritmasi qo’shilganda, natriy gidroksidning massa ulushi 0,1 % gacha kamaygan. Hosil bo’lgan eritmadagi (ρ=1 g/ml) karbonat anionining molyarligini hisoblang.
A) 0,15 B) 0,125 C) 0,04 D) 0,08
9. Nitrat kislota eritmasiga mo’l miqdorda mis metali qo’shilganda olingan 8,96 l (n.sh) gazlar aralashmasi 1 litr 0,2 molyarli bariy gidroksid eritmasdan o’tkazilganda bariy gidroksidning konsentratsiyasi ikki marta kamaygan bo’lsa, reaksiyada ishtirok etgan misning massasini (g) hisoblang.
A) 12,8 B) 32 C) 25,6 D) 19,2
10. Sulfat kislotaning 500 ml 8 M li eritmasiga (ρ=1,6 g/ml) necha gramm SO3 shimdirilganda 80 % li sulfat kislota eritmasi hosil bo’ladi?
A) 268,8 B) 960 C) 470,4 D) 253,1
11. 400 ml 1,5 M li kaliy gidrosulfit va 200 ml kaliy sulfit eritmalari aralashtirildi. Ushbu eritmaga 200 ml kaliy gidroksid eritmasi qo’shilganda eritmadagi kaliy gidrosulfit konsentratsiyasi 0,5 M gacha kamaydi. Eritmaga qo’shilgan kaliy gidroksid eritmasining konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 1,0 B) 0,8 C) 0,4 D) 0,6
12. Sulfat kislotaning 300 ml 49 % li eritmasiga (ρ=1,6 g/ml) necha litr SO3 shimdirilganda 18,4 molyarli sulfat kislota eritmasi (ρ=1,84 g/ml) hosil bo’ladi?
A) 268,8 B) 960 C) 470,4 D) 253,1
13. Xlorid kislota va aluminiy xloriddan iborat 500 ml eritmadan cho’kma hosil bo’lishi tugaguncha ammoniy gidroksidning 2 molyarli eritmasidan 750 ml sarflandi. Eritma bug’latildi va cho’kma massasi o’zgarmay qolguncha kuydirildi. Qoldiq massasi 20,4 g. Boshlang’ich eritmadagi moddalarning molyar konsentratsiyalarini (berilgan tartibda)
hisoblang.
A) 0,6; 0,8 B) 0,15; 0,30 C) 0,10; 0,15 D) 0,3; 0,4
14. Sulfat kislotaning 300 g 20 % li eritmasiga necha litr SO3 shimdirilganda 18,4 molyarli sulfat kislota eritmasi (ρ=1,84 g/ml) hosil bo’ladi?
A) 406,5 B) 955,1 C) 537,3 D) 267,4
15. Natriy gidroksid va natriy karbonatlarning konsentratsiyalari tegishli ravishda 0,2mol/l va 0,3mol/l bo’lgan 250 ml (ρ=1 g/ml) eritmaga 5,88 g natriy gidrokarbonat qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmadagi (ρ=1g/ml) gidrokarbonat va karbonat anionlarining molyarligini hisoblang.
A) 0,02; 0,125 B) 0,08; 0,5 C) 0,02; 0,03 D) 0,07; 0,075
Do'stlaringiz bilan baham: |