(2005-DTM.)
1. Temir(III) xlorid eritmasining 40 sm3 bilan to‘la reaksiyaga kirishish uchun natriyning 1 M eritmasidan 20 ml sarflangan. FeCI3 ning normalligini hisoblang.
A) 0,8 B) 1,3 C) 0,3 D) 1 E) 0,5
2. Natriy xlorid va xlorid kislotadan iborat 3,8 kg eritmani neytralash uchun natriy ishqorining 5,2 M li eritmasidan 568 ml sarflandi. Hosil bo‘lgan eritmadagi xlor ionini to‘la cho‘ktirish uchun kumush nitratning 0,8 M li eritmasidan 4,37 l sarflandi. Dastlabki aralashmadagi moddalarning miqdori (mol)-
A) 0,75; 3,44 B) 0,75; 2,98 C) 2,95; 3,49
D) 1,57; 2,87 E) 0,55; 2,95
3. 60% li (ρ=1,5 g/ml) fosfat kislota eritmasining molyarligini aniqlang.
A) 9,5 B) 10,4 C) 9,2 D) 8,3 E) 8,9
4. 14,7% li KOH eritmasining zichligi 1,35 g/sm3 ga teng bo‘lsa, eritmaning molyar konsentrsiyasini hisoblang.
A) 4,3 B) 2,7 C) 5,2 D) 3,5 E) 12,9
5. Bromid kislotaning 100 ml eritmasi kumush nitrat bilan ta’sirlashganda 1,88 g cho‘kma hosil qildi. Kislota eritmasining molyarligi-
A) 0,19 B) 0,15 C) 0,009 D) 0,10 E) 0,13
6. Temir bilan reaksiyaga kirishish uchun olingan zichligi 1,84 g/ml, 18,02 molyarli 230 ml hajmdagi sulfat kislotadan 142,7 ml ortib qoldi. Temirning massasi-
A) 34,8 B) 29,3 C) 21,8 D) 32,6 E) 19,8
7. 4,24 g natriy karbonatni neytrallash uchun 800 ml sulfat kislota eritmasi sarflandi. Sulfat kislota eritmasining molyarligini hisoblang.
A) 0,03 B) 0,04 C) 0,05 D) 0,06 E) 0,02
8. Tarkibida xlorid kislota va natriy xlorid bo‘lgan eritmani neytrallash uchun natriy gidroksidning 0,1 M li eritmasidan 180 ml sarflandi. Hosil bo‘lgan neytral eritma tarkibidagi hamma CI- ionlarini cho‘ktirish kumush nitratning 0,2 M li eritmasidan 250 ml ishlatildi. Dastlabki aralashma tarkibidagi moddalarning massasini (g) toping.
A) HCI-0,487; NaCI-1,462
B) HCI-0,118; NaCI-0,132
C) HCI-0,657; NaCI-1,872
D) HCI-0,117; NaCI-0,732
E) HCI-0,324; NaCI-0,964
9. Sotuvdagi sulfat kislotaning tarkibidagi suvning miqdorini aniqlash uchun uning 5 millilitri (ρ=1,83 g/ml) suvda eritildi. Hosil bo‘lgan eritmani to‘liq neytrallash uchun 0,25 M li natriy gidroksid eritmasidan 0,717 l sarflandi. Sotuvdagi kislota tarkibida qancha (%) suv bo‘lgan?
A) 2,0 B) 7 C) 4,0 D) 6,3 E) 8,5
10. 65% li nitrat kislotaning (ρ=1,391 g/sm3) molyar konsentratsiyasini toping:
A) 13,48 B) 33,95 C) 13,91 D) 90,41 E) 14,35
Do'stlaringiz bilan baham: |