(2006-DTM.)
1. Qaysi ishqoriy metallning kislorod bilan reaksiyasida oksid hosil bo‘ladi?
A) natriy B) kaliy C) rubidiy D) litiy
2. Qaysi metall xona temperaturasida suyultirilgan sulfat kislotadan vodorodni siqib chiqaradi?
A) rux B) oltin C) platina D) mis
3. Qaysi metall suv bilan reaksiyaga kirishishi uchun qizdirish kerak?
A) litiy B) kaliy C) natriy D) temir
4. Qaysi metall konsentrlangan nitrat kislota bilan xona haroratida reaksiyaga kirishadi?
A) platina B) oltin C) mis D) alyuminiy
5. Qaysi metall suyultirilgan xlorid kislotadan vodorodni siqib chiqaradi?
A) kalsiy B) rux C) kumush D) kaliy
10. Qaysi metallar oddiy sharoitda suvdan vodorodni siqib chiqaradi?
1) litiy 2) temir 3) oltin 4) natriy 5) kumush 6) mis 7) kaliy
A) 2,3,4 B) 1,2,3 C) 4,5,6 D) 1,4,7
6. Qaysi metall tabiatda faqat birikma ko‘rinishida uchraydi?
A) Fe B) K C) Ag D) Au
7. Qaysi metallar elektroliz usulida olinadi?
1) oltin; 2) temir; 3) natriy; 4) marganets;
5) kalsiy
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 2,4 D) 3,5
8. Qaysi moddalar kristallogidratlar hosil qiladi?
1) mis(II) sulfat 2) kalsiy sulfat
3) natriy karbonat 4) kalsiy karbonat
5) kalsiy gidroksid
A) 1,2,5 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 3,4,5
9. Rux metali konsentrlangan nitrat kislotada eritilganda qanday gaz ajralib chiqadi?
A) azot(I) oksidi B) ammiak C) azot(III) oksidi
D) azot(IV) oksidi
10. Metall suv bilan ta’sirlashishi natijasida gaz ajralib chiqdi va shu eritmaga fenolftaleyn qo‘shilganda to‘q pushti (malina) rangga kirdi. Bu qaysi metall?
A) rux B) alyuminiy C) berilliy D) kalsiy
11. Quyida berilgan metallardan 100 g dan olib suvda tashlansa, qaysi biri suvdan ko‘proq miqdorda (mol) vodorodni siqib chiqaradi?
A) kaliy B) natriy C) litiy D) alyuminiy
12. Platina qanday kislota(lar) bilan ta’sirlashganda H2[PtCI6] hosil bo‘ladi?
A) H2SO4 B) HCI C) HCI va HNO3 D) HNO3
13. Metall suv bilan ta’sirlashishi natijasida gaz ajralib chiqdi va shu eritmaga fenolftaleyn qo‘shilganda to‘q pushti (malina) rangga kirdi. Bu qaysi metall?
A) rux B) alyuminiy C) berilliy D) kalsiy
14. Amfoter xossaga ega bo‘lgan metallarni tanlang.
1) rux 2) bariy 3) natriy 4) alyuminiy
5) kalsiy 6) litiy
A) 4,5,6 B) 1,3 C) 2,4,6 D) 1,4
15. Quyidagi elementlar atomlarining metallik xossalari susayib borishi tartibida joylashtiring.
1) seziy 2) bariy 3) magniy 4) stronsiy
5) kalsiy
A) 1,2,4,5,3 B) 3,5,4,2,1 C) 2,1,3,5,4 D) 4,3,5,2,1
Do'stlaringiz bilan baham: |