DTM 2014
1. Azotga nisbatan zichligi 1,6 ga teng bo’lgan 5 mol oltingugurt(IV)oksid va kislorod aralashmasi 2 l hajmli idishda o’zaro ta’sirlashdi. Agar 40% oltingugurt(IV)oksid ta’sirlashmay qolgan bo’lsa, muvozanat konstantasini toping.
A) 7,5 B) 0,94 C) 2,75 D) 1,88
2. 1 mol C3H6 va H2 aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 15 ga teng. Gazlar aralashmasi yopiq idishda Pt katalizator ishtirokida 3200 C gacha qizdirildi. Bunda harorat dastlabki holatga keltirilganda idishdagi bosim 15% ga kamaygan bo’lsa reaksiyaning muvozanat konstantasini aniqlang.
A) 0,71 B) 0,91 C) 1,43 D) 1,82
3. Argonga nisbatan zichligi 1,33 ga teng bo’lgan 5 mol oltingugurt(IV)oksid va azot(IV)oksid aralashmasi 2 l hajmli idishda o’zaro ta’sirlashdi. Agar azot(IV) oksidning miqdori 2 marta kamaygan bo’lsa, muvozanat konstantasini toping. (Reaksiyada SO3 va NO hosil bo’ladi)
A) 0,2 B) 1,0 C) 0,25 D) 0,50
4. Reaksiya muvozanatga kelgandan so’ng hajmiy ulushlari teng bo’lgan 6 mol gazlar aralashmasi hosil bo’ldi. Muvozanat konstantasini toping.
A) 0,25 B) 1,5 C) 0,5 D) 1
5. 1 mol C3H6 va H2 aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 15 ga teng. Gazlar aralashmasi yopiq idishda Pt katalizator ishtirokida 3200 C gacha qizdirildi. Bunda harorat dastlabki holatga keltirilganda idishdagi bosim 20% ga kamaygan bo’lsa reaksiyaning muvozanat konstantasini aniqlang.
A) 2,86 B) 2 C) 4 D) 0,95
6. 1 mol C3H6 va H2 aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 15 ga teng. Gazlar aralashmasi yopiq idishda Pt katalizator ishtirokida 3200 C gacha qizdirildi. Bunda harorat dastlabki holatga keltirilganda idishdagi bosim 18% ga kamaygan bo’lsa reaksiyaning muvozanat konstantasini aniqlang.
A) 2,88 B) 1,15 C) 2,14 D) 0,86
7. Argonga nisbatan zichligi 1,33 ga teng bo’lgan 8 mol oltingugurt(IV)oksid va azot(IV)oksid aralashmasi 4 l hajmli idishda o’zaro ta’sirlashdi. Agar azot(IV) oksidning miqdori 40% sarflangan bo’lsa, muvozanat konstantasini toping. (Reaksiyada SO3 va NO hosil bo’ladi)
A) 1,0 B) 0,5 C) 0,24 D) 0,12
8. Geliyga nisbatan zichligi 12,8 ga teng bo’lgan 5 mol oltingugurt(IV) oksid va kislorod aralashmasi 2 l hajmli idishda o’zaro ta’sirlashdi. Agar oltingugurt(IV)oksidning 40% sarflangan bo’lsa, muvozanat konstantasini toping.
A) 0,845 B) 2,962 C) 0,635 D) 1,324
9. Reaksiya muvozanatga kelgandan so’ng hajmiy ulushlari teng bo’lgan 6 mol gazlar aralashmasi hosil bo’ldi. Vodorodning boshlang’ich konsentratsiyasini (mol/l) toping.
(idish hajmi 2 l)
A) 1,5 B) 2,5 C) 3 D) 5
10. Ammiak olish reaksiyasida kimyoviy muvozanat qaror topganda NH3 ning konsentratsiyasi 0,7 mol/l, vodorodniki 4,2mol/l, azotniki 1,4 mol/l bo’lsa, ammiakning hosil bo’lish unumi nechaga teng?
A) 0,5 B) 0,8 C) 7,62 D) 10,16
11. A+xB⟶2C reaksiyada 0,05∙102 mol A moddaning 20% i sarflangan, B moddaning 25% i ortib qolgan. Jarayon 1 l li idishda olib borilgan bo’lsa, B ning necha moli sarflangan? (KM=1)
A) 1 B) 2 C) 4 D) 3
12. 2A+xB⟶2C reaksiyada 0,04∙102 mol A moddaning 50% i sarflangan, B moddaning 50% i ortib qolgan. Jarayon 1 l li idishda olib borilgan bo’lsa, B ning necha moli sarflangan? (KM=1)
A) 5 B) 1 C) 4 D) 2
Do'stlaringiz bilan baham: |