Kimyoviy bog‘lanish turlari. Reja:
2
3
Kimyoviy bog‘lanish turlari
1
Qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lanish
Atomlarning umumiy elektron juftlari
Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiylik qiymatlariga e’tibor bergan holda kimyoviy birikmalarni 3 guruhga bo‘lib olishimiz mumkin. 1. Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan elementlardan, ya’ni ayni bir xil element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar: a) N2, F2, Cl2, Br2, I2, O2, N2 – oddiy moddalar; b) Li, Na, K, Al, Fe, Cu, Zn – metallar. 3. E lektrmanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar: NaCl, K2S, BaCl2, CaF2, Li2O, MgO ...
2. Elektrmanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar: HCl, HBr, HI, H2O, H2S, NH3, CH4, PCl3, PCl5 ...
Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasidagi elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bog‘lanishlarni quyidagi 3 turga bo‘lish mumkin.
Kimyoviy
bog‘lanish
Kovalent bog‘lanish
Ionli bog‘lanish
Metall bog‘lanish
Kovalent bog‘lanish
Ionli bog‘lanish
Metall bog‘lanish
Kovalent bog‘lanishlar elektrmanfiyligi bir xil yoki bir biridan juda oz miqdorda farq qiladigan atomlar orasida hosil bo‘ladi. Vodorodning ikkita atomi orasida hosil bo‘lgan bir juft elektron hisobiga atomlar birikib H2 ni hosil qiladi. Natijada vodorod atomlari barqaror electron konfiguratsiyaga ega bo‘ladi.
Vodorod bog’lanish
Atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bog‘lanishi kovalent bog‘lanish deyiladi. Atomlar uchun umumiy bo‘lgan har bir juft elektronni 1 ta chiziqcha bilan almashtirib yozish ham mumkin: O = O, N ≡ N. Kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etayotgan juft elektronlar shu elementning valentligini ham bildiradi: H : H — bir valentli atomlar; O :: O — ikki valentli atomlar; N N — uch valentli atomlar. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan H2, O2 v a N2 lardagi bog‘lanish elektrmanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bog‘lanishdir. Elektrmanfiyligi bir xil bo‘lgan atomlar orasida umumiy electron juftlari hosil bo‘lishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish qutbsiz kovalent bog‘lanish deyiladi.
Qutbsiz kovalent bog‘lanish
Qutbli kovalent bog‘lanish
Qutbli kovalent bog‘lanish elektrmanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil bo‘lgan umumiy elektron juftlar, elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan atomga tomon biroz siljigan bo‘ladi. Bunda, atomlar orasidagi umumiy juft elektronlar elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan Cl atomi tomon siljigan bo‘ladi, natijada Cl atomi qisman manfiy, elektrmanfiyligi kichikroq H atomi esa qisman musbat zaryadlangan bo‘ladi. Elektrmanfiyliklari bir-biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish qutbli kovalent bog‘lanish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |