2.70. Pog‘onalardagi energetik holatlar (orbitallar) sonini qaysi kvant son belgilaydi? (Javob: orbital).
2.71. Elektronning fazodagi xususiy holatini qaysi kvant son belgilaydi? (Javob: magnit).
2.72. Elektron bulutning shaklini qaysi kvant son belgilaydi? (Javob: orbital).
2.73. Elektronning energiyasini qaysi kvant son belgilaydi? (Javob: bosh va orbital).
2.74. Elektron harakatining traektoriyasini qaysi kvant son belgilaydi? (Javob: magnit).
2.75. Orbital kvant son l ning berilgan qiymatiga ko‘ra magnit kvant son qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin? (Javob: +l,+l-1,...+2,+1,0,-1,-2,...,-l-1,-l).
Do'stlaringiz bilan baham: |