Mustaqil ishlash uchun masalalar
Tarkibi quyidagicha bo’lgan tuzlarni eng oddiy formulalarini toping. 1) N-35%, O-60%, H-5%; 2) Mg-9,9%, S-13%, O-71,4%, H-5,7%; 3) K-39,67%, Mn-27,87%, O-32,46%.
Quyidagi tuzlarni molekulyar va grafik formulalarini yozing. Magniy gidrosulfat, alyuminiy digidrofosfat, natriy gidrofosfat, kalsiy gidroksoxlorid, alyuminiy digidroksosulfat.
Tarkibida 98 g H2SO4 tutgan eritmaga 37 g so’ndirilgan ohak qo’shildi. Hosil bo’lgan eritma bug’latildi. Bunda kosachada qanday tuz va necha g qolgan?
Quyidagi tuzlarni tarkibiga kirgan elementlarni foiz miqdorini aniqlang: ammoniy gidrofosfat, kaliy gidrosulfid, bariy gidroksoxlorid, alyuminiy sulfat.
Kaliyni quyidagi tuzlardan 10 g dan olib qizdirilsa, qaysi xolatda kislorod ko’proq ajralib chiqadi? KNO3, KClO3, KMnO4
Ichimlik sodasini o’rta tuzga aylantirishni 2xil usulini yozing. Bunda 8,4 g nordon tuz olinganda qaysi xolatda Na2SO3 ko’proq ajraladi?
120 g mis (II) sulfat eritmasiga 10,2 g rux qirindilari tashlandi, metal qirindilari to’liq sarflangan bo’lsa dastlabki eritmaning fоiz konsentratsiyasini toping.
Massasi 12,8 g bo’lgan tuz qizdiriganda 7,2 g suv va hajmi 4,48 l (n.sh) azot hosil bo’ldi. Tuzning formulasini aniqlang.
Temir kuporosi tarkibidagi krisstalizatsiya suvini fоizni aniqlang.
Natriy bromidning 20% li 150 g eritmasi orqali mo’l miqdor xlor gazi o’tkazildi. Bunda 20 g brom ajralib chiqdi. Reaksiya mahsuloti unumini toping.
50 g osh tuzi eritmasiga mo’l miqdorda AgNO3 eritmasi qo’shildi. Bunda massasi 7,18 g bo’lgan cho’kma hosil bo’ldi. Dastlabki eritmadagi NaClning massa ulushini aniqlang.
Ichimlik soda tibbiyotda, non yopishda va o’t o’chirgichlarni to’ldirishda ishlatiladi. 126 g ichimlik sodaga kislota ta’sir ettirgand qancha hajm SO2 hosil bo’ladi?
37 g kalsiy gidroksidga to’liq sarflanuvchi SO2 olish uchun qancha magniy gidrokarbonatni parchalash kerak?
100 g osh tuziga aralshgan Na2SO4 tuzini tozalash uchun unga BaCl2 qo’shilganda 4,66 g cho’kma tushgan bo’lsa, osh tuzi tozaligini fоizlarda hisoblab toping.
Eritmada kumush kationi borligini bilish uchun unga osh tuzi eritmasidan qo’shildi. Bunda 2,87 g oq cho’kma hosil bo’lan bo’lsa, eritmada qancha mol kumush ioni bo’lgan?
6,8 g moddaning to’liq yonishidan 14,2 g fosfor (V) oksid va 5,4g suv hosil bo’gan. Olingan reaksiya mahsulotiga 32% li NaOH eritmasidan 37 ml qo’shilgan. Dastlabki moddaning formulasini yozing va olingan tuzning konsentratsiyasini aniqlang.
FeSO4ning 5,2%l i eritmsini hosil qilish uchun 28 g temir kuporosi FeSO4x7H2O qanday miqdordagi suvda eritilishi kerak?
6,06 g ishqoriy metall nitrati qizdirilganda 5,1g metаll nitriti hosil bo’ldi. Parchalangan tuz formulasini toping.
15,04 g Cu(NO3)2 termik parchlangnda 8,56 g qattiq qoldiq hosil bo’ldi. Mis (II) nitratning parchalanish darajasini va olingan cho’km massasini aniqlang.
36 g ohktosh termik parchalanganda 21 g qattiq qoldiq hosil bo’ldi. Parchalanmay qolgan ohaktoshni va qoldiq tarkibidagi so’ndirilmagan ohakni massasini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |