19. IQ-spektrlar hisobi? Hyperchem - tebranishlarni vizual ko‘rsatib bera oladigan, eng qulay dasturlar majmuasi hisoblanadi. Lekin, shuni takidlab o‘tish kerakki, eksperimental va nazariy IQ-spektrlar intensivliklari faqat ayrim DFT (Density Functional Theory- funksional zichlik nazariyasi) usullari bilan hisoblangandagina mos tushushi mumkin. Ammo, eksperimental va nazariy IQ-spektrlardagi to‘lqin soni (ν, cm-1) qiymatlari yarim empirik, noempirik (ab initio) va funksional zichlik nazariyasi (DFT) usullari bilan hisoblaganda ham 200 cm-1 - gacha farq qilishi mumkin. Shuning uchun ham IQ-hisoblashlarda ko‘paytiriluvchi koeffitsientlardan (weiting factors) foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |