Atomning ionlanish energiyasi — element atomidan elektronni ajratish
uchun zaruriy energiyadir; bunda tegishli kation hosil bo’ladi. Bu energiya odatda
elektronvoltlarda ifodalanadi. Bitta davr elementlari uchun ionlanish energiyasi
chapdan o’ngga tomon ortib boradi, chunki yadroning zaryadi ortadi. Guruhchada
yuqoridan pastga tush-ilganda elektronning yadrodan uzoqligi ortganligi sababli
ionlanish energiyasi kamayadi.
Ionlanish energiyasi elementlarning kimyoviy xossalarini belgilaydi. Uning
kattaligi elektronning yadro bilan bog’lanish puxtaligini xarakterlaydi va
elementning metallilik o’lchami bo’lib xizmat qiladi. Masalan, ionlanish ener-giyasi
kamroq bo’lgan ishqoriy metallar yaqqol ifodalangan metallik xossalarini namoyon
qiladi. Nodir gazlarning kimyoviy inertligi ularning ionlanish energiyasi yuqoriligi
bilan bog’liq.
Atomlar elektronlar beribgina qolmay, ularni biriktirib olishi ham mumkin.
Bunda tegishli anion hosil bo’ladi. Atomga bitta elektron birikkanida ajralib
chiqadigan energiya elektronga moyillik deyiladi. Odatda elektronga moyillik
ionlanish energiyasi singari elektronvoltlarda ifodalanadi. Ayrim elementlarning
elektronga moyillik qiymati noma’lum, ularni o’lchash ancha qiyin.
Elektronga eng moyil elementlar VII-guruh elementlari galogenlardir.
ATOMNING ELEKTONGA MOYILLIGI
Elektronga moyillik - neytral atomga bitta elektronning birikishi natijasida ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori.
Elektronga moyillikning birligi elektron-voltning atomga nisbatida (eV/atom) ifodalanadi.
Yettinchi guruh bosh guruhchasi elementlari (F, Cl, Br, I) - tipik metallmaslar eng katta elektronga moyillik qiymatlariga ega bo‘ladi.
Bir davrdagi, masalan, uchinchi davrdagi elementlaming atom tuzilishiga ko‘ra kimyoviy xossalari qanday o‘zgarishini ко‘rib chiqaylik. Bu davrdagi har bir elementning atomi uchta K, L va M elektron qavatlarga ega, shu bilan birga, K, L qavatlari tuzilishi bu davrdagi barcha elementlar uchun bir xil, M tashqi qavat tuzilishi esa farq qiladi. Atom radiuslari
ham o‘zaro har xil.
ELEKTROMANFIYLIK
Elektromanfiylik(X=I+E). L.Poling taklifiga ko’ra atomning o’ziga elektron tortish xususiyatiga elektromanfiylik deyiladi. Li ning elektromanfiyligi 1 deb qabul qilingan. Ftorning nisbiy elektromanfiyligi 4,1 ga teng. Bu nisbiy elektromanfiylikni ko’rsatadi.
ORBITAL VA EFFIKTIV RADIUSLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |