Neft to’yinmagan uglevodorodlari. Molekulalarida bir-biri b.n qo’shbog’ yoki uchbog’ orqali bog’langan uglerod atomlari bor uglevodorodlar to’yinmagan uglevodorodlar deyiladi. Ularda H2 atomlari to’yingan uglevodorodlarnikiga nisbatan kam b.di. H2 atomlarining soniga qarab ular turli qatorlarga bo’linadi. Masalan: alken, alkin, diyen va b.qalar. Ular quyidagicha umumiy formulaga ega:
C nH2n+2 –2H CnH2n –2H CnH2n-2
Alkan alken alkin ( uchbog’ )
(1 ta qo’shbog’) Diyen ( 2 ta qo’shbog’)
CnH2n umumiy formulaga sikloalkanlar ham to’g’ri keladi lekin, ular yopiq zanjirga ega b.b, o’zida qo’shbog’ yoki uchbog’ tutmaydi va to’yingan uglevodorodlar qatoriga kiradi. Alkenlarga metamer izomer hisoblanadi.
Alkenlar. To'yingan uglevodorodlardan ikki vodorod atomiga kam bo’lgan, shuning hisobiga uglerod atomlari o’rtasida bitta π-bog' (qo'shbog') saqlaydigan, H2 va HCl ni biriktira oladigan uglevodorodlarga alkenlar yoki etilen qatori uglevodorodlari deyiladi. Ularning gomologik qatorining umumiy formulasi — СnН2n bо'lib, birinchi vakili etilen C2H4 dir. Etilen xlor b.n moysimon etilenxlorid C2H4Cl2 hosil qilgani u.n ular olefinlar (lot. olefiant – moy hosil qiluvchi gaz ) deb ham nomlanadi. Qo’shbog’ tutgan uglerod atomlari sp2 gibridlangan. C=C bog’ orasidagi masofa 0,133 nm yoki 1,33 A ( 0,134 nm yoki 1,34 A ). Qo’shbog’ soni ortishi bilan uglerod orasidagi masofa qisqarib boradi. Valent burchak 1200.
Sikloalkanlar. Molekulasida uglerod atomi 5 – 6 ta bo`lgan monosiklik sikloalkanlar asosan qaynashning boshlanishi (QB) - 1250C bo`lgan neft fraksiyasida yig`ilgan bo`ladi. Sikloalkanlar ikki xil guruhga bo`linishi mumkin:
1. Monosiklik sikloalkanlar.
2. Polisiklik sikloalkanlar.
Neftning tarkibida 25 dan to 75% (mass.) gacha sikloalkanlar bo`lishi mumkin.
Neft fraksiyalarga ajratilganda sikloalkanlar distillat tarkibida bo`ladi. Monosiklik sikloalkanlar asosan siklopentanlar va siklogeksanlardan iborat bo`ladi. Polisiklik sikloalkanlar quyidagi tip tuzilishlarga ega bo`lishi mumkin:
a) kondensirlangan yadroli
b) o`zaro birikkan (bisiklogeksan)
d ) o`zaro ko`prik bog` hosil qilgan sikloalkanlar (norbornan)
e) spiran birikmalar
Neft tarkibida bulardan murakkabroq tuzilishga ega bo`lgan sikloalkanlar kuzatilmagan. Sikloalkanlarda esa quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan:
- molekulalarning geometrik izomeriyasi;
- neftni qayta ishlash jarayonlarida ularning tuzilishining
o`zgarishi reaksiyalariga qobiliyati;
- yoqilg`i va moy distillatlarining sifatiga ijobiy ta'siri;
- tuzilishi bilan neft metamorfizmi va genezisi oralig`idagi bog`liqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |