Titri aniq ma‘lum bo’lgan eritma titrlangan eritma deyiladi.
Kontsentratsiyasi ma‘lum bo’lgan va uning yordamida boshqa elementlardagi moddaning miqdori aniqlanadigan eritma titrlangan yoki standart ishchi eritma deb ataladi. Xajmiy analizning eng muxim operatsiyalardan biri titri aniq ishchi eritmani kontsentratsiyasi aniqlanishi kerak bo’lgan modda eritmasiga asta sekin qo’shish, ya‘ni ikkala, eritmadagi erigan moddalarning o’zaro ekvivalent miqdorini topish demakdir.Titrlashda qo’shilgan reaktiv miqdori aniqlanayotgan modda miqdoriga evivalent bo’lgan payt ekvivalent nukta deb ataladi. Ekvivalent nuktani aniqlash eritma rangining o’zgarishiga, titrlanayotgan eritmaning fizik kimyoviy xossalari o’zgarishiga yoki idikatorlar qo’llanishga asoslanadi. Ekvivalent nuktaga erishilgandan so’ng titrlash tuxtatiladi. Titri aniq ishchi eritmaning sarflangan xajmi kontsentratsiyasiga asoslanib analiz natijasi xisoblanadi.
24-Bilet
1.Nitroguruxning tuzilishi va uning organic birikmalar molekulalarida elektronlarning taqsimlanishiga ta’siri qanday? Nitrobirikmalar (S-nitrobi-rikmalar) — molekulasida uglerod ato-mi bilan toʻgʻridan-toʻfi bogʻlangan bitta yeki bir necha nitroguruh (NO2) saklovchi organik moddalar. Azotli va kislorodli nitrobirikmalar ham mavjud. Oddiy nitroalkanlar rangsiz suyuqliklar, aromatik N. esa och-sariqrangli, qaynash temperaturasi yuqori boʻlgan su-yuqliklar yoki qattiq moddalardir. Ular oʻziga xos hidga ega, suvda eriydi, bugʻ bilan haydaladi.
Nitroguruh kuchli elektronakseptor xususiyatga ega boʻlib, manfiy zaryadni delokallaydi. Aromatik birikmalarda induksion va mezomer effekti tu-fayli elektron zichlikning tarqalishiga taʼsir etadi. Bunda orto- va para-holatlarda lokallangan musbat zaryadning maʼlum bir qismini yadro oʻziga oladi. Organik birikmalarga nitroguruh kiritilganda ularning nukleofil reagentlarga nisbatan reaksion xususiyati oshadi, elektrofil reagentlar bilan reaksiyasini esa kiyinlashtiradi. Bu N.ni organik sintezda keng qoʻllash-ga, reaksiyalarni boshqarishga va kerakli yoʻnalishda davom ettirishga imkon beradi. N.dan tegishli tuzlar, alkillash mahsulotlari, karbonil birikmalari, gidroksam kislotalari, organik kislotalar, gidroksilamin, olefinlar, nitrenlar, aminobirik-malar, efirlar, nitrol kislotalari va boshqa olinadi. Polinitrobirikmalar portlovchi moddalar tayyorlashda, raketa yonilgisi komponenti sifatida erituvchilar, biologik faol birikmalar, neftn i deparafinlashda, insektitsid va gerbitsidlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi
2.Atomda elektroning energetik xolati qanday? Kvant sonlari. Atom tuzilishini yanada chuqurroq tekshirish elektronning ikki xil tabiati borligini ko'rsatdi. Unda zarracha xususiyati ham, to'lqin xususiyati ham bor ekan. Elektron muayyan massali va katta tezlik bilan harakatlanadigan zarrachadir. Shu bilan birga elektron to'lqin xossalariga ham ega, u atomning butun hajmi bo'ylab harakatlanadi va atom yadrosi atrofidagi fazaning istalgan qismida bo'la oladi.
Elektronning atomdagi holatini belgilaydigan kattalik uning energiyasidir. Elektron energiyasining kattaligi butun sonlar bilan ifodalanib, bular 1,2,3,4,5,… va xokazo sonlar bo'lib, bu sonlar bosh kvant sonlar (n)deb ataladi
Bosh kvant sonlar qiymatiga tegishli 1,2,3,4,5,6,… energiya qavatlari bo'lib, ular kvant qavatlari deyiladi va ba'zan K, L, M, N, O, P, Q harflari bilan belgilanadi. Bitta kvant qavatining o'zidagi barcha elektronlar uchun energiya zonasi bir xil bo'ladi; bunday holda elektronlar bitta energetik daraja qavat (pog'ona) da turibdi deyiladi.
Energetik pog'onalar pog'onachalarga (s - birinchi, p - ikkinchi, d - uchinchi, f - to'rtinchi pog'onaga) bo'linadi. Birinchi energetik pog'onaga 1ta s va 3 ta p pog'onacha, uchinchi energetik pog'onaga 1 ta s 3 ta p va 5 ta d pog'onacha, to'rtinchi energetik pog'onaga esa 1 ta s pog'onacha, ikkinchi energetik pog'onachaga 1 ta s va 3 ta p va 5 ta d pog'onacha to'g'ri keladi, to'rtinchi energetik pog'onada esa s, p, d, f pog'onachalar mavjud. Ikkinchi kvant son – orbital kvant son (l) bo'lib, u elektronning ayni hajmda bo'lib turish ehtimolligining fazodagi shaklini (ya'ni elektron bulut shaklini) ifodalovchi funksiya bilan aloqador kattalik. l ning qiymati 0 dan (l –1) ga qadar butun sonlar bilan ifodalanadi. l0 holatga d-orbital, l3 holatga esa f— orbital muvofiq keladi.
3.Alkenlardagi qo’sh bog’ning xolati qanday? Qo‘shbog‘li molekulaning ayrim xususiyatlari. Molekuladagi qo‘shbog‘ (C—C) ning uzilishi uchun 146 kkal/mol energiya sarflanadi, oddiy bog‘ C—C ga esa 81 kkal/mol, demak, π- bog‘ning uzilishi uchun 146—81=65 kkal/mol kerak bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, π- bog‘ δ- bog‘ga nisbatan oson uziladi va natijada birikish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Bu hol π- va δ- elektronlar bulutlari molekulada teng tarqalganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, uglerod atomlarining C=C oraliq masofasi 0,134°nm ni tashkil etadi, oddiy bog‘langan uglerod atomlarida C—C masofa 0,154nm ga teng. C=C da oraliq masofaning kam bo‘lishi hisobiga, qo‘shbog‘ atrofida atomlar gruppasi erkin aylanmaydi. Buning natijasida etilen uglevodorodlarda uchinchi xil izomeriya fazoviy izomeriya vujudga keladi. Bu fazoviy izomeriyaning o‘zi ikki xil izomerga ega bo‘ladi
4. Elektromanfiylik atmasiga ta’rif bering? atom bitta elektronni biriktirib olganda ajralib chiqqan energiya miqdori (E)
Do'stlaringiz bilan baham: |