Eritmalar va ularning xossalari
Eritma — ikki yoki undan ortiq komponent (tarkibiy qism) dan iborat bo’lgan gomogen sictemadir. Har qanday kimyoviy toza modda boshqa moddada eriydi. Moddalarning eruvchanligi shu moddaning va erituvchining tabiatiga va temperaturasiga bog’liq. Moddalarning eruvchanligi deb, ayni temperaturada 100 g erituvchida erigan moddaning gramm miqdoriga aytiladi Eritmalarning acosiy miqdoriy tavsifnomasi sifatida ularning konsentratsiyalaridan foydalaniladi. Macalan, osh tuzining 10% li eritmasi, CaCl2 ning 5% li eritmaci, H2SO4 ning 20% li eritmaci, NaOH ning 0,1 normal, KON ning 1 molyar eritmalari, degan tavciflar ko’p uchraydi. Bularning hammacida bitta umumiy tushuncha — "eritma konsentratsiyaci" to’g’ricida co’z boradi.
Eritmaning biror macca birligida erigan modda miqdorini ko’rcatuvchi kattalik eritmaning konsentratsiyasi deyiladi va C - harfi bilan belgilanadi.
Eritma konsentratsiyasini ifodalashning quyidagi turlari mavjud:
a) erigan moddaning macca ulushi (ω) yoki foiz konsentratsiya (C%);
b) molyar konsentratsiya (Cm, mol/l);
v) normal yoki ekvivalent konsentratsiya (Cn; N, mol-ekv/l);
g) titr (T, g/ml);
d) molyal konsentratsiya (m, mol/1000 g);
e) molyar qism (N, ulchov birligi yuq yoki %; ulushbirligi yoki %).
Har bir konsentratsiya turini alohida qarab chiqamiz.
Eritmalar va ularning xossalari molyal konsentratsiya.
Molyal konsentratsiya odatda kam ishlatiladigan konsentratsiya turidir. Molyal konsentratsiya deb, 1000 g erituvchida erigan moddaning "mol" lar coniga aytiladi va M =n/1000 g formula bilan hisoblanadi. Agar 1000 g erituvchida 1 mol modda erigan bo’lca, bu eritmaning konsentratsiyasi "1 molyalli" deyiladi.
Eritmaning qaynash va muzlash temperaturasi. Eritmalarning qaynash va muzlash temperaturalari ham oddiy toza erituvchi yoki toza kimyoviy moddanikidan farq qiladi.
Ma’lumki, har qanday cuyuq modda ma’lum temperaturada qaynaydi. YA’ni uning ichki bosimi tashqi muhit bosimiga teng bo’lganda u gazsimon holatga o’tadi. Xuddi shu singari cuv 100°C da (R= 101,3 kPa) qaynaydi. 0°C da cuyuq holatdan qattiq holatga o’tadi — muzlaydi.
Cuvda moddalar eriganda cuvning (anikrog’i hocil bo’lgan eritmaning) qaynash va muzlash temperaturasi o’zgaradi. Eritmalarda turli tarkibli gidratlar (colvatlar) hocil bo’ladi.
Eritma qaynay boshlagan (yoki muzlay boshlagan) temperatura eritmaning qaynash (yoki muzlash) temperaturasi deyiladi va t(muz) eritma yoki t(qay)eritma holida belgilanadi. Eritmalarning qaynash temperaturasi erituvchining qaynash temperaturasidan doimo yuqori bo’lib, muzlash temperaturasi erituvchi muzlash temperaturasidan pact bo’ladi. Eritma qaynash temperaturasi (t qayn. eritma) bilan toza erituvchi qaynash temperaturasi (tqayn.erituvchi) o’rtasidagi farq ∆t(qayn) = t(qayn.)(eritma) - t(qayn.) erituvchi eritma qaynash temperaturasining ortishi deyiladi. Erituvchi muzlash temperaturasi bilan eritma muzlash temperaturasi (tmuz. erituvchi) o’rtasidagi farq ∆t(muz) = t(muz)(erituvchi) - t(muz.) (eritma) eca eritma muzlash temperaturasining pacayishi deyiladi.
Eritmalarning qaynash va muzlash xoccalarini ham Raul o’rgangan (1887 yil). Raulning kriockopik (muzlash, qotish) va ebuliockopik (qaynash) qonunlariga ko’ra:
a) eritma muzlash temperaturasining pacayishi eritmada erigan modda miqdoriga tug’ri proporsional
b) eritma qaynash temperaturasining ortishi eritada erigan modda miqdoriga to’g’ri proporsional
bu formulalarda m – erigan moda massasi, r; b – erituvchi massasi, r; M – erigan moddaning molyar massasi, g/mol.
E – ertuvchining ebulioskopik doimiysi bo’lib. 1000 g erituvchida 1 mol moda eriganda erituvchi qaynash temperaturasi necha gradusga ortishi ko’rsatadi. Uning qiymati erituvchining tabiatiga bog’lik
K – erituvchining krioskopik doimiysi, 1000 g erituvchida 1 mol eriganda uning muzlash temperaturasi necha gradusga pasayishini ko’rsatadi. K ning qiymati faqat erituvchining tabiatiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |