Bitiruv malaka ishining tarkibi va hajmi : Bitiruv malaka ishi kirish, asosiy qism ( 2 bob) , xulosalar, ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat. Umumiy hajmi 65 betni tashkil etadi.
I.BOB. “ Uglevodorodlar ’’ mavzusini o’qitishning nazariy asoslari.
Uglevodorodlar - ikkita elementdan - uglerod va vodoroddan tashkil topgan eng oddiy organik birikmalardir. Molekulasida uglerod atomining vodorod
atomiga nisbatan to’yingan yoki to’yinmaganligiga qarab uglevodorodlar to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlarga bo’linadi. Xalqaro nomenklantura boyicha to’yingan uglevodorodlarni - alkanlar, to’yinmagan uglevodorodlarni – alkenlar ( qo’sh bog’li), alkinlar ( uch bog’li ), alkadienlar ( ikkita qo’sh bog’li ) va arenlar (fenil radikali tutgan ) deyiladi.
1.1. To’yingan uglevodorodlar gomologik qatori , olinishi , xossalari va ishlatilishi.
Umumiy formulasi CnH2n-2 bo’lib (n-uglerod atomlari soni ), molekulasida uglerod atomlari bir biri bilan oddiy ( birlamchi ) bog’lanish orqali bog’langan , qolgan barcha valentliklari esa vodorod atomlari bilan to’yingan uglevodorodlarga to’yingan uglevodorodlar ( yoki alkanlar ) deyiladi. Alkanlarni parafinlar ham deyiladi. “Parafinlar “ atamasi “ moyilliga kam “ degan mazmunni beradi.
Gomologik qatori . Tuzilishi va xossalari bir biriga o’xshash bo’lib, bir biridan bir yoki bir necha - CH2 –gruppaga farq qiladigan organik moddalar gomologlar deb ataladi. –CH2- gruppa gomologik farq, gomologik moddalar qatori esa gomologik qator deyiladi. Alkanlar gomologik qatorining birinchi vakili metan –CH4. Shu sabali alkanlar metanning gomologik qatori deyiladi.
Nomenklanturasi. To’yingan uglevodorodlar nomlashda asosan , trivial, ratsional va sistematik IYuPAK nomenklanturadan foydalaniladi. Alkanlar gomologik qatoriing dastlabki to’rtta vakili : metan, etan, propan va butan trivial tarixiy nomga ega. Gomologik qatorning boshqa ahzolarini nomlashda molekula tarkibidagi uglerod atomlari sonining grekcha nomi asos qilib olingan. Ularda n =5 bo’lsa, penta, 6 – geksa, 7- gepta, 8- okta ,9- nona, 10- deka so’zlariga “ –an “ qo’shimchasi qo’shib uglerod nomi hosil qilinadi. Shunga asosan C5H12 pentan, C6H14 geksan, C7H16 geptan, C10H22 dekan va hokaza. Bunday nomlash “ normal “ tuzilishdagi hamda “izo “ tuzilishdagi uglevodorodlarga tegishli bo’lib, to’g’ri zanjirli uglevodorod nomiga n - normal “ izo “ - old qo’shimchasi qoshib aytiladi.
CH3 –CH2-CH2-CH3 н -бутан CH3-CH(CH3)- CH3 изобутан
Rasional nomenklantura. Bu nomenklantura bo’yicha nomlash uchun alkan ni metandagi bir yoki bir necha vodorod atomilari boshqa radikallarga almashinishi natijastda xosil bo’lgan deb qaraladi. Radikalning eng kichigidan boshlab nomlari aytilib, oxirida “metan “ so’zi qo’shiladi. Agar bir xil radikallar ikki, uch ,to’rttadan bo’lsa, ular nomiga “di “, “tri” va “tetra “ qo’shimchalari qo’shib aytiladi.
СН3 - СН3 etan yoki metilmetan
СН3- СH2- СH3 propan yoki dimetilmetan
CH3- CH- CH3 izo – butan yoki trimetilmetan
СН3
СН3- СН- СН3 izopentan yoki dimetiletilmetan
С2Н5
Bu nomenklantura nomukammaldir, murakkab tuzilishli , ko’p tarmoqli uglevodorodlarni nomlashda qo’llab bo’lmaydi.
Sistematik nomenklantura (IYuPAK). Sistematik nomenklantura bo’yicha nomlashda ; har bir uglevodorodni to’g’ri ( asosiy ) zanjirdagi bir yoki bir necha vodorod atomlari o’rniga turli radikallar birikishidan hosil bo’lgan moddalardir, deb qaraladi.
Asosiy zanjir sifatida eng ko’p uglerol atomlari saqlagan uzun zanjir tanlanadi, uglerod atomlarini raqamlash tarmoqlanish yaqin bo’lgan tomon ( chap yoki o’ng)dan boshlanadi.
Uglevodorodning nomini keltirib chiqarishda , avvalo, eng kichik radikal, keyin katta radikallar tutgan uglerod atomlari raqamlari ko’rsatiladi. Agar shu atomga bu radikallardan ikkita birikkan bo’lsa, shu atom raqami ikki marta vergul bilan takrorlanadi.
Shundan so’ng radikal(lar)ning nomi aytiladi. Bir xil radikallar ikki marta takrorlansa “di”, uch marta “ tri”, to’rt marta takrorlansa “ tetra” qo’shimchalari qo’shiladi.
Oxirida asosiy zanjirga to’g’ri keluvchi uglevodorod nomi aytiladi. Yuqorida keltirilgan qoidalarni қo’llagan holda quyidagi moddalar shunday nomlanadi :
СН3-CH-CH3 2- metilpropan СН3- СН- СН2- СН3 2- metilbutan
CH3 CH3
CH3 CH3
СН3- C- CH2- CH3 СН3- C – CH2-CH3
CH3 C2H5
2,2 –dimetilbutan 2 -metil - 2-etilbutan
To’yingan uglevodorod molekulasidan bir ( ikki, uch) vodorod atomi ajratib olinganda bir( ikki. uch) valentli radikallar hosil bo’ladi. Radikallarni nomlashda alkan nomidagi “ an” qo’shimchasini “ il “ qo’shimchasiga almashtirib nomlanadi. Masalan , metil (CH3-) , etil (C2H5- ) Ikkita vodorod atomi chiqarib yuborilganda ikki valentli radikal -CH2 –bo’lsa, “ ilen “ qo’shimchasi qo’shilib , metilen radikali deyiladi. Uchta vodorodi chiqib ketishidan hosil bo’lgan uch valentli radikalda – “an” o’rniga - “ in” qo’shimchasi qo’shilib =CH – metin deb ataladi. Propil radikali ikki xil ko’rinishda bo’ladi. Vodorod atomi 1 va 3 uglerod atomidan ajralsa chiziqsimon tuzilishli CH3-CH2-CH2- n - propil radikali, agar ikkinchi uglerod atomidan ajralsa, tarmoqlangan tuzilishli CH3-CH-CH3 izo - propil radikali hosil bo’ladi.
Metan gomologik qatorining xossalari
Emperik formula
|
Nomi
|
Agregat holati
|
Qaynash tem -ra,oC
|
Radikali
|
Nomi
|
CH4
|
metan
|
gаz
|
-162
|
CH3-
|
metil
|
C2H5
|
etan
|
gаz
|
-89
|
C2H5-
|
etil
|
C3H8
|
propan
|
gаz
|
-42
|
C3H7-
|
propil
|
C4H10
|
butan
|
gaz
|
-0,5
|
C4H8 -
|
Butil
|
C5H12
|
pentan
|
suyuqlik
|
36
|
C5H11 -
|
pentil
|
C6H14
|
geksan
|
suyuqlik
|
69
|
C6H13-
|
geksil
|
C7H16
|
geptan
|
suyuqlik
|
98
|
C7H15-
|
geptil
|
C8H18
|
oktan
|
suyuqlik
|
126
|
C8H17 -
|
oktil
|
C9H20
|
nonan
|
suyuqlik
|
151
|
C9H19-
|
nonil
|
C10H22
|
dekan
|
suyuqlik
|
174
|
C10H21-
|
desil
|
Olinishi. 1. To’yingan uglevodorodlar texnikada tabiiy gazni fraksiyalash yo’li bilan yoki neftning benzinli fraksiyasidan olinadi.
2. Laboratoriya sharoitida quyi molekulyar massali to’yingan uglevodorodlar galogenalkanlarni natriy metali bilan ta’sirlashtirib olinadi. Bu reaksiya Vyurs reaktsiyasi deyiladi.
2C2H5J + 2 Na → C2H5 –C2H5 + 2 NaJ
Vyurs reaktsiyasi o’ziga xos xususiyati shundaki , reaktsiyaga turli xil galogenalkanlar ishlatilsa , reaktsiya maxsulotida turli xil alkanlar aralashmasi hosil bo’ladi. Masalan, metilyodid va etilyodiddan uch xil alkan xosil bo’ladi.
→ CH3 –CH3
CH3J + Na + C2H5J → C2H5 –C2H5
→ CH3-C2H5
3. Karbon kislotalarni dekarboksillash reaktsiyasi asosida metan olinadi . Buning uchun natriyatsetat tuzi natriy gidroksid bilan qizdiriladi. Dastlabki tuz tarkibidagi uglerod atomidan bitta kam alkan xosil bo’ladi.
CH3 –COONa + NaOH → CH4 + Na2CO3
Do'stlaringiz bilan baham: |