Bog'liq KIMYO VA OZIQ OVQAT SANOATI KORXONASINING AYLANMA (OBOROT) KAPITALI
Aylanma mablag’lardan unumli foydalanish ko’rsatkichlari
Har bir korxonada turli-tuman tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larning zahiralari mavjud bo’lishi zarur. Buning uchun korxona me‘yordagidan ortiqcha zahiralarga ega bo’lishi lozim, aks holda bozor uchun kerak bo’lgan yuqori sifatli tovarlarni uzluksiz ishlab chiqarib bo’lmaydi.
Korxonaning aylanma mablag’larga bo’lgan talabini to’g’ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Aylanma mablag’lar yetishmasa ham yoki ortiqcha bo’lsa ham korxonaga zarar keltiradi. Shu sababdan, ehtiyojni to’g’ri rejalashtirish samarali ishlash imkonini beradi.
Korxona aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini qondirishda xom-ashyo beruvchi korxonaning roli juda katta. Masalan, yoqilg’i, o’g’it, urug’lik ta‘minoti.
Korxonaning aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini aniqlashning bir necha usullari mavjud:
Analitik usul. Bunda aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyoj korxonada mavjud bo’lgan qoldiqlarga va ishlab chiqarishning o’sishiga qarab aniqlanadi. Bu holda ham ortiqcha mablag’larning to’planishiga yo’l qoyilmaydi.
Koefitsient usulini joriy qilish. Bunda maxsulot ishlab chiqarish turlarining o’sishiga bog’liq bo’lgan omillar (xom-ashyo, materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va hokazo) va ishlab chiqarishga bog’liq bo’lmagan omillar (ehtiyot qismlar, mehnat qurollari, bo’lg’usi davr xarajatlari va hokazo) e‘tiborga olinadi.
Bevosita hisob-kitob usullari. Bunda har bir turdagi aylanma mablag’lar boyicha alohida-alohida hisob-kitob qilish yo’li bilan aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyoj aniqlanadi.Bevosita hisob-kitob usuli aylanma mablag’larning me‘yoriy zahirasini aniqlash hamda ularga sarflanadigan pul mablag’larini rejalashtirish uchun qo’llaniladi.
Korxonani aylanma mablag’lar bilan ta‘minlashda ta’minotchilarning ahvoli, iqtisodiy aloqalarning mustahkamligi e‘tiborga olinadi.
Korxonada aylanma mablag’lar zahiralarini barpo qilish quyidagilarga bog’liq:
ishlab chiqarish siklining muddatiga;
V) materiallarni ishlab chiqarishda bo’lish davri;
G) ta’minotchilarning joylashuviga, uzoq-yaqinligiga.
Aylanma mablag’larning me‘yori – bu ularni sotib olishdan ishlab chiqarishga berishgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda quyidagilar amalga oshiriladi:
aylanma mablag’larni tashish vaqti;
aylanma mablag’larni ortish-tushirish va omborga joylashtirish;
V) materiallarni laboratoriya tekshiruvidan o’tkazish;
G) materiallarni ishlab chiqarishga berishga tayyorlash;
D) ombor zahiralarni barpo qilish;
Y) ehtiyot zahiralarni barpo qilish. Bu odatda ombor zahirasining 50 % miqdorida bo’ladi.
Aylanma vositalarning me‘yorini aniqlash uchun ularning kunlik me‘yorini tovar mahsulotining tannarxiga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi. Bu ko’rsatkich quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N=R x D;
Bunda: N-aylanma vositalarning me‘yori;
R- aylanma vositalarning bir kunlik sarfi;
D- aylanma vositalarning me‘yori, kun hisobida. Masalan N = R x D = 200 x 15 = 3000 ming so’m.
Korxona boyicha aylanma vositalarning o’rtacha me‘yorini aniqlash uchun umumiy me‘yorni korxona bir kunda chiqaradigan tovar mahsuloti tannarxiga bo’lish yo’li bilan hisoblanadi:
Ns = N/T
Aylanma mablag’larning korxonaning pul mablag’lari manbalariga to’g’ri keladigan qismi. Qarzga olingan aylanma mablag’lar.
Har bir korxona optimal miqdorda aylanma mablag’larning bo’lishini, ularning mumkin qadar tezroq aylanishini ta‘minlash maqsadga muvofiqdir.