O`zbekiston Milliy Universiteti
Kimyo fakulteti
TABIIY BIRIKMALAR KIMYOSI KAFEDRASI
FAN: KIMYO ASOSLARI
MAVZU:
KIMYO VA OZIQ-OVQAT. KIMYO VA DORIVOR PREPARATLAR.
KIMYO VA KOSMETIKA. KIMYO VA QISHLOQ XO`JALIGI.
Ma`ruzachi: Yuldashev Iqboljon Shukuralievich
Kimyo va oziq-ovqat
Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq
mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva sabzavot konservalari, sut-yogʻ,
shakar, choy qadoqlash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari,
spirt, aroq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa
sanoat korxonalari bor.
Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida
3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni
qayta ishlashga asoslangan. Oziq-ovqat sanoat korxonalarida 200 dan
ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.
Mamlakat mustaqillikka erishgach, Oziq-ovqat sohasida chuqur tashkiliy va iqtisodiy
islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq
turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga
rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib,
"Oʻzoziqovqatsanoat" davlat-aksiyadorlik konserni (1993 yil 5 may); 1994 yil 26 sentabrdan
"Oziqovqatsanoat" va "Yogʻ-moytamakisanoat" uyushmalari), "Oʻzgoʻshtsanoat" davlat-
aksiyadorlik
uyushmasi (1993
yil 6
aprel),
"Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik
korporatsiyasi (1994 yil 22 aprel), "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" davlat-aksiyadorlik
uyushmasi (1994 yil 28 noyabrdan), "Oʻzbaliq" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994),
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab
chiqarish birlashmasi (1964), "Oʻzbekbirlashuv" tarkibidagi Oziq-ovqat sanoat korxonalari
ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Axoli ehtiyojlarini respublikaning
oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari koʻrilmoqda.
2002 yilda Oziq-ovqat sanoati korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut
mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari
— 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat
resurelari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni —
41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsulotlari — 74,6, vino-araq— 6134 ming dal, pivo
— 7853 ming dal, chanqovbosar ichimliklar — 12680 ming dal va boshqa mahsulotlar
ishlab chiqarildi.
Mamlakatimizda
kimyo
sohasida,
kimyo
va
oziq-ovqat
mahsulotlari
texnologiyalari
xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish, oziq-ovqat
mahsulotlarining kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash, oziq-ovqat sanoati menejmenti
masalalari, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash, shuningdek, mahsulot sifati va xavfsizligi
sohasidagi fanlarni oliy ta’lim tizimida o‘qitish muammolari eng muhim vazifalar qatoridan joy
olgan. Zero oziq-ovqat
xavfsizligi
- jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini
rivojlantirish,
fuqarolarning sog‘lig‘i va hayot tarzini yaxshilash, milliy xavfsizlik va mamlakat barqarorligini
saqlashning asosiy yo‘nalishlaridandir. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri
iste’mol qilinadigan mahsulot bo‘lgani uchun ham ularni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish
hamda iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlarida mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari saqlanishiga
e’tiborli bo‘lish juda muhim. Aynan mana shu maqsadda, Standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda
texnik jihatdan tartibga solish instituti Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda II-
Respublika ilmiy-texnikaviy konferentsiya o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev o‘zining “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”
nomli asarida, qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech
shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi, deb ta’kidlagan edi. Konferentsiya
kimyo va oziq-ovqat sanoatidagi ilg‘or texnologiyalar, kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligi
hamda ularni sifatini ta’minlashda innovatsion g‘oyalar, kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini
kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash, standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash,
mahsulot sifati va havfsizligini Oliy ta’lim tizimida o‘qitish muammolari, kimyo va oziq-ovqat
sanoatini iqtisodiyoti va menejmenti kabi muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Standartlashtirish,
metrologiya,
sertifikatlashtirish
hamda
sanoat
korxonalari
va
tashkilotlarida sifat menejmenti tizimini tashkil etish bo‘yicha ko‘pgina me’yoriy-huquqiy
hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, shulardan biri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004 yil 22-iyuldagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan
sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 394-sonli qaroridir.
Mamlakatimizda bugungi kunda 2019 yil 1 mart xolatiga ko‘ra Davlat Reyestridan 8880 ta
korxonalar SMT ni joriy qilib xalqaro tashkilotlar tomonidan sertifikatlashtirildi.
Respublikada ISO 9001 - 8476ta, ISO 14001 - 89ta, OHSAS 18001:2007 - 109 ta, ISO
22000 - 208 ta, ISO 50001 - 62 ta, ISO/TS 16949 - 43 ta va GMP – 15 ta va korxona va
tashkilotlarimiz joriy qilgan. Bu korxonalarni ichida eng ko‘p joriy qilgan korxonalardan
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardir. Oziq-ovqat korxonalarida
hamda ularni iste’molchilarga yetkazishgacha bo‘lgan oraliqda imkon qadar SMT joriy
qilish hamda amalda uni to‘g‘ri va aniq ishlashini taminlash iste’molchi xavfsizligini va
raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni kafolatlaydi. Anjumanda ma’ruzalar
quyidagi sho‘’balar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalari havfsizligini ta’minlashda zamonaviy
innovatsion texnologiyalar; 2. Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida
sinflash va sertifikatlash; 3. Standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash; 4. Kimyo va oziq-
ovqat sanoati iqtisodiyoti va menejmenti; 5. Mahsulot sifati va havfsizligi fanlarini Oliy
ta’lim tizimida o‘qitish muammolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |