Kimyo va oziq-ovqat. Kimyo va dorivor preparatlar. Kimyo va kosmetika. Kimyo va qishloq xo`jaligi



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana22.03.2021
Hajmi0,77 Mb.
#61759
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
LEKSIYA 12



O`zbekiston Milliy Universiteti

Kimyo fakulteti



TABIIY BIRIKMALAR KIMYOSI KAFEDRASI

FAN: KIMYO ASOSLARI

MAVZU: 

KIMYO VA OZIQ-OVQAT. KIMYO VA DORIVOR PREPARATLAR. 

KIMYO VA KOSMETIKA. KIMYO VA QISHLOQ XO`JALIGI.

Ma`ruzachi:  Yuldashev Iqboljon Shukuralievich


Kimyo va oziq-ovqat

Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari

ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq

mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva sabzavot konservalari, sut-yogʻ,

shakar, choy qadoqlash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari,

spirt, aroq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa

sanoat korxonalari bor.

Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida

3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni

qayta ishlashga asoslangan. Oziq-ovqat sanoat korxonalarida 200 dan

ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.




Mamlakat mustaqillikka erishgach, Oziq-ovqat sohasida chuqur tashkiliy va iqtisodiy

islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq

turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga

rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib,

"Oʻzoziqovqatsanoat" davlat-aksiyadorlik konserni (1993 yil 5 may); 1994 yil 26 sentabrdan

"Oziqovqatsanoat" va "Yogʻ-moytamakisanoat" uyushmalari), "Oʻzgoʻshtsanoat" davlat-

aksiyadorlik

uyushmasi (1993

yil 6

aprel),


"Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik

korporatsiyasi (1994 yil 22 aprel), "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" davlat-aksiyadorlik

uyushmasi (1994 yil 28 noyabrdan), "Oʻzbaliq" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994),

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab

chiqarish birlashmasi (1964), "Oʻzbekbirlashuv" tarkibidagi Oziq-ovqat sanoat korxonalari

ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Axoli ehtiyojlarini respublikaning

oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari koʻrilmoqda.

2002 yilda Oziq-ovqat sanoati korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut

mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari

— 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat

resurelari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni —

41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsulotlari — 74,6, vino-araq— 6134 ming dal, pivo

— 7853 ming dal, chanqovbosar ichimliklar — 12680 ming dal va boshqa mahsulotlar

ishlab chiqarildi.




Mamlakatimizda

kimyo


sohasida,

kimyo


va

oziq-ovqat

mahsulotlari

texnologiyalari

xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish, oziq-ovqat

mahsulotlarining kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash, oziq-ovqat sanoati menejmenti

masalalari, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash, shuningdek, mahsulot sifati va xavfsizligi

sohasidagi fanlarni oliy ta’lim tizimida o‘qitish muammolari eng muhim vazifalar qatoridan joy

olgan. Zero oziq-ovqat

xavfsizligi

- jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini

rivojlantirish,

fuqarolarning sog‘lig‘i va hayot tarzini yaxshilash, milliy xavfsizlik va mamlakat barqarorligini

saqlashning asosiy yo‘nalishlaridandir. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri

iste’mol qilinadigan mahsulot bo‘lgani uchun ham ularni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish

hamda iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlarida mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari saqlanishiga

e’tiborli bo‘lish juda muhim. Aynan mana shu maqsadda, Standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda

texnik jihatdan tartibga solish instituti Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda II-

Respublika ilmiy-texnikaviy konferentsiya o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev o‘zining “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”

nomli asarida, qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech

shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi, deb ta’kidlagan edi. Konferentsiya

kimyo va oziq-ovqat sanoatidagi ilg‘or texnologiyalar, kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligi

hamda ularni sifatini ta’minlashda innovatsion g‘oyalar, kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini

kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash, standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash,

mahsulot sifati va havfsizligini Oliy ta’lim tizimida o‘qitish muammolari, kimyo va oziq-ovqat

sanoatini iqtisodiyoti va menejmenti kabi muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi.



Standartlashtirish,

metrologiya,

sertifikatlashtirish

hamda


sanoat

korxonalari

va

tashkilotlarida sifat menejmenti tizimini tashkil etish bo‘yicha ko‘pgina me’yoriy-huquqiy



hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, shulardan biri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2004 yil 22-iyuldagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan

sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 394-sonli qaroridir.

Mamlakatimizda bugungi kunda 2019 yil 1 mart xolatiga ko‘ra Davlat Reyestridan 8880 ta

korxonalar SMT ni joriy qilib xalqaro tashkilotlar tomonidan sertifikatlashtirildi.

Respublikada ISO 9001 - 8476ta, ISO 14001 - 89ta, OHSAS 18001:2007 - 109 ta, ISO

22000 - 208 ta, ISO 50001 - 62 ta, ISO/TS 16949 - 43 ta va GMP – 15 ta va korxona va

tashkilotlarimiz joriy qilgan. Bu korxonalarni ichida eng ko‘p joriy qilgan korxonalardan

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardir. Oziq-ovqat korxonalarida

hamda ularni iste’molchilarga yetkazishgacha bo‘lgan oraliqda imkon qadar SMT joriy

qilish hamda amalda uni to‘g‘ri va aniq ishlashini taminlash iste’molchi xavfsizligini va

raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni kafolatlaydi. Anjumanda ma’ruzalar

quyidagi sho‘’balar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1. Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalari havfsizligini ta’minlashda zamonaviy

innovatsion texnologiyalar; 2. Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida

sinflash va sertifikatlash; 3. Standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash; 4. Kimyo va oziq-

ovqat sanoati iqtisodiyoti va menejmenti; 5. Mahsulot sifati va havfsizligi fanlarini Oliy

ta’lim tizimida o‘qitish muammolari.





Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish