Kimyo va ekologiya



Download 0.73 Mb.
bet1/4
Sana26.03.2017
Hajmi0.73 Mb.
  1   2   3   4



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
‘’TABIATSHUNOSLIK’’ FAKULTETI
KIMYO VA EKOLOGIYA” kafedrasi
,,Kimyo va ekologiya” ta’lim yo’nalishi IVA - guruhi talabasi To’xtayeva Muniraning Abdug’aniyevnaning

Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari” mavzusidagi




Ilmiy rahbar: o’qit: Xolov X.M

NAVOIY - 2012
MUNDARIJA

I.KIRISH………………………………………………………………………..3

1.1. Mavzuning dolzarbligi, bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.....3

1.2. 7-sinf kimyo kursida eritmalar va ularning konsentratsiyalarini ifodalash mavzusini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish………….5

1.3. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlar tahlili............................................................8



II.ASOSIY QISM…………………………………………………….……….10

2.1.Eritmalar ularning umumiy xossalari………………………………………10

2.2.Moddalarning erituvchilarda eruvchanligi…………………………………15

2.3.Eritmalar konsentratsiyasi va uni ifodalsh usullari………………………...24

2.4.Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari mavzusini o’qitish metodikasi..…………………………………………………………………….41

2.5. Mavzuni o’qitishda rolli o’yinlaridan foydalanish………………………..47

2.6. oid tajribalarni bajarish….………………………………50

2.7.Eritmalar, ularning konsentratsiyalarini ifodalash mavzusini o’qitishda test savollari orqali o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish……….54



III.XULOSA

3.1. 7-sinf kimyo kursida eritmalar va ularning konsentratsiyalarini ifodalash mavzusini o’qitishda interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo’llashning dolzarbligi………………………………………………….…….57

3.2. Erimalarning inson hayoti va faoliyatidagi ahamiyati……………………..59

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….60


I. KIRISH
1.1. MAVZUNING DOLZARBLIGI, BITIRUV MALAKAVIY ISHINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Mavzuning dolzarbligi. Eritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega, eritmalarning eng katta sinfi suvli eritmalardir. Suv tirik organizmda erituvchi, ozuqa moddalarini tashuvchi, hayotiy faoliyatini ta’minlovchi turli jarayonlar amalga oshuvchi muhit (tana haroratini me’yorlashtirish, tanadan turli zararli moddalarni chiqarib yuborish kabi) sifatida alohida o’ringa ega. Inson tanasining uchdan ikki qismi turli eritmalar shaklidagi suvdan iborat. Qon 83%, miya va yurak 80%, suyaklar 20-25% atrofida suv tutadi. Baliqlar tanasining 80%, meduzalarning tanasining 95-98%, suv o’tlari tanasining 95-99%, quruqlik o’simliklari tanasining 50-75% qismini turli eritmalar shaklidagi suv tashkil etadi.

Tirik organizmlar hujayrasining asosiy komponenti suvli eritmalar bo’lib, ular tiriklikni ta’minlovchi hayotiy jarayonlar borishi uchun muhit yoki bevosita ishtirokchi sifatida ahamiyatga ega.

Turli moddalarning suvli eritmalari inson hayotini turli qulayliklar bilan ta’minlashda keng ishlatiladi, masalan, kislota va asoslar eritmalari oddiy energetik akkumulyatorlarda qo’llanilib, harakat vositalari, avtamobillarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Suvdan tashqari benzin, turli spirtlar va organik kislotalar eritmalari ham inson hayotida mustahkam o’ringa ega. Etil spirtidan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, dorivor preparatlargacha yoki turli mexanizmlarini sovutishda ishlatiladigan antifrizlardan turmushda keng foydalaniladi. Demak, eritmalar hozirgi kunda atrof -muhitning musaffoligi, unga xos bo’lgan tabiiy unsurlar: suv, havo va tuproqning asosiy tarkibini qismidir. Bituruv malakaviy ishi sifatida ushbu mavzuni tanlashimdan asosiy maqsad eritmalar, ularning konsentratsiyalarini ifodalash usullarini o’quvchilarga innovatsion texnologiyalar asosida o’rgatishga ozgina bo’lsa o’z hissamni qo’shishqir.



Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Bitiruv malakaviy ishi sifatida “Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalash usullari” mavzusini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, 7-sinf o’quvchilarini bilim va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Bitiruv malakaviy ishini bajarish asnosida quyidagi vazifalarni bajarishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim:

Kirish qismida: mavzuning dolzarbligi, bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalarini aniq tahlil qilish;

Asosiy qismida: Eritmalar haqida umumiy mulohaza, moddalarning erituvchilarda eruvchanligi, eritmalar konsentratsiyasi va uni ifodalsh usullari, eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari, mavzuni o’qitishda interfaоl ta`lim, uning shakllari va ishtirоkchilari hamda amalda qo’llash mashqlari, eritmalar va ularning tayyorlashga oid tajribalar hamda eksprimental masalalalar yechishga ijodiy yondashuvni o’rganish va hokazolar.

Xulosa qismida: O’quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo’llashning dolzarbligi, erimalarning inson hayoti va faoliyatidagi ahamiyati, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini keltirishdan iborat edi.


    1. 7-SINF KIMYO KURSIDA ERITMALAR VA ULARNING KONSENTRATSIYALARINI IFODALASH MAVZUSINI

O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”dagi qonunlarda umumta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatuvchi pedagog kadrlar tayyorlashni rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Umumta’lim maktablarida ta’lim berishni yaxshilash uchun o’qitishning zamonaviy metod, shakl va vositalaridan samarali foydalanish zarur. Buning uchun ta’lim jarayonini takomillashtirish shart, bu esa yangicha pedagogik fikrlashning mahsulidir. Ta’limning samaradorligi uning sifati, meyori va mazmuniga bog’liq bo’ladi.

Hozirgi kunda pedagog va psixologlar ta’lim berishning ta’lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini” amaliyotga tatbiq etishning uchinchi bosqichi davom etmoqda. Bu bosqichda ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar sifati va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash ko’zda tutilgan. D.I. Mendeleev: “O’qituvchiga bo’lgan ishonch har qanday ta’limning asosini tashkil qiladi” degan fikrlari har bir o’qituvchidan ta’lim-tarbiyaning samaradorligi va sifatini oshirishlari lozimligini ta’kidlaydi.

Hozirgi kunda Respublikamiz xalq ta’limi, oliy va o’rta maxsus ta’lim sohalarida ta’lim jarayonini zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash bajarilishi kerak bo’lgan asosiy vazifa sifatida belgilangan.

Ta’lim tizimida sifat va samaradorlikga erishish uchun har bir darsni zamonaviy pedaogik texnologiyalar asosida tashkil etish, interfaol, noan’anaviy mashg’ulotlarga ko’proq o’rin berish talab qilinadi. Chunki axborotlar shiddat bilan kirib kelayotgan asrimiz o’quvchilari yoki talabalari bir qolipga solingan ma’ruzalar, pand-nasihat tarzidagi darslar va zerikarli amaliyot darslarida hech qanday qoniqish olishmaydilar. Shuni hisobga olganda yangi o’quv adabiyotlari yaratish va integrallashgan darslarni tarhkil qilish eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Eritmalarning konsеntratsiyalari, erigan moddaning massa ulushi, eritmalar konsеntratsiyalarini ularning zichliklari asosida aniqlash, molyar, molyal va normal konsеntratsiyalar, tuzlar va ularning eritmalari turmushda va xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida keng ishlatilishi: masalan, osh tuzi turmushda va sanoatda, ohaktosh (marmar) va kalsiy gidroksidning qurilishda, mis sulfat va temirning turli tuzlari eritmalari qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda achchiq tosh terini va suvni tozalashda ishlatilishini, umuman olganda eritmalarsiz sanoatda va qishloq xo’jaligida va hayotimizni hech ham tasavvur qila olmasligimiz haqida o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda yangi pedagogik texnologiyaning ahamiyati katta. Biz quyida dars usullaridan bir nechtasini keltirdik.



Aqliy hujum. O’z nomidan ham ma’lumki, o’quvchilar aqliga hujum qilinib, ulardan axborot to’planadi. Masalan, “Normal konsentratsiya” bobida har bir o’quvchi konsentatsiyani ifodalanishi haqida bir qancha misollar yozadi (5 daqiqa). Keyin ikkovlashib yozadi (10 daqiqa) va oxirida ikki guruh yozganlarini jamlaydi va yozuv taxtasiga yozadi yoki sardor o’qib beradi. Qolganlar esa o’zlarida bo’lmaganini yozib oladi. Bunda 1 o’quvchi 5 tagacha, 2 kishi 7-8, kichik guruh 10-12 tagacha, katta guruh 15-20 tagacha, jamoaniki esa 20-30 ta normal konsentratsiyalarning qayerda ishlatilishi sohayini aytib boradi.

Tayanch signallar. Darsning tayanch signallar usuli ko’p vaqtlardan beri ishlatinib kelayotgan usul bo’lib, bunda mavzu bo’yicha tayanch signallar yozib qo’yiladi. O’quvchilar esa shulardan foydalanib savollarga javob topadi va mavzuni to’liq o’rganib oladi. Eng oddiy misol, foiz konsentratsiya va eruvchanlik jadvalidan foydalanib, xoxlagan savolga javob berish mumkin yoki o’qituvchi tomonidan savolni topish uchun tayanch signallar tuzib chiqilishi mumkin.

Kichik guruhlarda ishlash. Bu usulda har bir o’quvchi darsda, faol ishtirokchi, boshlovchi, bir-biridan o’rganuvchi, turli nuqtai- nazarlarni qadrlashni o’rganadigan qo’llash usuli:

1. Foaliyat yo’nalishi aniqlanadi. Muommadan bir-biriga bog’liq bo’lgan masalalar belgilanadi.

2. Kerakli asbob yaratiladi. O’qituvchilar maskur muammo haqida tushunchaga ega bo’lishi lozim.

3. Guruhlar belgilanadi.

4. Aniq ko’rsatma beriladi.

5. Qo’llab-quvvatlab yo’naltirib turiladi.

6. Muhokama qilinadi.

Munozara usuli. Bunda mavzu tanlanadi va aqliy hujum orqali guruhlar javob beradi. Kotib yozib boradi, fikr va g’oyalar aytilib ular guruhlanadi, tahlil etiladi va yagona xulosaga kelinadi.

Bilimlarni egallashda о‘quvchilar faolligini ta’minlash va kimyoviy tafakkurni rivojlantirish. Kimyoviy sanoat ishlab chiqarishining xalq xо‘jaligidagi salmog‘ini va ishlab chiqarish texnologiyalarini bayon etish orqali о‘quvchilarda mehnat ta’limini shakllantiradi va kimyo kasbiga yо‘naltirish masalalarini amalga oshiradi.

Keyingi yillarda innovatsion va axborot texnologiyasi asosida mustaqil ta’limni amalga oshirirhga oid ilmiy metodik tadqiqotlar va ta’limni amalga oshirish tajribalari bu muommoni hal qilish mumkinligini kо‘rsatmoqda. Masalan, innovatsion texnologiyaning «Aqliy hujum», «Pinbord», «Klarter», «Loyihalash» texnologiyalari asosida talabalarning mustaqil ta’limini amalga oshirishini qisqacha kо‘rib chiqamiz. Masalan «Aqliy hujum» metodida mustaqil ta’limni amalga oshirirh uchun modda tuzilishi fanidan, « Eruvchanlik koeffsiеnti va uning haroratga bog’liqligi. Eruvchanlik egri chiziqlari. To’yingan eritmaning dinamik tizim ekanligi. O’ta to’yingan eritmalar. Eritmalardan moddalarning kristallanishi. Eritmalardan moddalarning qayta kristallga tushirish yo’li bilan tozalash. Eritmalarning konsеntratsiyasi» kabi tushunchalarni talabalarga uyga vazifa qilib beriladi. Bu metodni amalga oshirish uchun talabalar berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni mustaqil о‘rganib kelishlari zarurdir. Mustaqil egallangan bilimlar asosida talabalar g‘oyalar tayyorlaydilar. G‘oyalar о‘qituvchi tomonidan tuzib berilishi ham mumkin. Seminar va amaliy mashg‘ulotda dars rejasi bо‘yicha tuzilgan har bir g‘oya talabalarga о‘qib eshittiriladi. Masalan bir g‘oyani guruh bо‘yicha hal qilishda guruhdagi talabalar birin-ketin adabiyotlardan mustaqil tayyorlanib kelgan bilimlari asosida javob beradilar. Javoblarni guruhdagi ikki talaba yozib boradi. Tо‘g‘ri javoblar tо‘planadi, takrorlangan javoblar hisobga olinmaydi. Notо‘g‘ri javob uchun o’quvchilar tanqid qilinmaydi. «Aqliy hujum» oxirida ularni tartibga solib talabalarga eshittiriladi.

О‘zlarhtirib kelish uchun berilgan mavzu bilimlarini talabalar tomonidan qanday о‘zlashtirganliklarini nazorat qilish talabalarning g‘oyani hal qilishlaridagi javoblariga ball qо‘yish orqali aniqlanadi.

Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar o’quvchilar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan.
1.3. MAVZUGA OID ILMIY ADABIYOTLAR TAHLILI
I.R.Asqarov, N.X.To’xtaboyev, K.G’ G’opirov. Kimyo. 7-sinf. Mazkur adabiyot umumiy ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik sifatida mo’ljallangan bo’lib, unda kimyo tabiatdagi barcha mavjudot kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni bir turdan boshqa turga o’zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o’rganuvchi fan ekanligi, shuningdek, eritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega ekanligi, suv tirik organizmda erituvchi, ozuqa moddalarini tashuvchi, hayotiy faoliyatini ta’minlovchi turli jarayonlar amalga oshuvchi muhit sifatida alohida ahamiyat kasb etishi to’g’risida fikr yuritilgan.

N.A. Parpiyev va boshqalar. Anorganik kimyoning nazariy asoslari. Mazkur adabiyotda eritmalar, dispеrs sistеmalarning umumiy tavsifi va ularning sinflarga bo’linishi, muallaq sistеmalar (suspеnziya va emulsiyalar), kolloid eritmalar, chin eritmalar. erish jarayoni mеxanizmi. qattiq moddalarning suvda eruvchanligi, eruvchanlik koeffsiеnti va uning haroratga bog’liqligi, eruvchanlik egri chiziqlari, to’yingan eritmaning dinamik tizim ekanligi, o’ta to’yingan eritmalar, kristallgidratlar, eritmalarning konsеntratsiyasi, erigan moddaning massa ulushi, eritmalar konsеntratsiyalarini ularning zichliklari asosida aniqlash, molyar, molyal va normal konsеntratsiyalar va ularga doir namunaviy masalalar to’g’ridagi nazariy bilimlar bayon qilingan.

E.L. Lutfullayev, A.T. Berdiyev, X.S. Mamadiyarova. Anorganik kimyo. Mazkur adabiyotda eritmalar, ularning umumiy xossalari, moddalarning eruvchanligining ularning tabiatiga, temperaturaga va bosimga bog’liqligi, eritmalar konsentratsiyasining ifodalanishi, eritmalarning texnikada qishloq xo’jaligidagi va turmushdagi to’g’risidagi fikrlar bayon etilgan.


II. ASOSIY QISM
2.1. ERITMALAR ULARNING UMUMIY XOSSALARI
Ikki yoki undan ortiq komponentdan (tarkibiy qismdan) tarkib topgan o`zgaruvchan tarkibli bir fazali barqaror gomogen sistemalar eritmalar deb ataladi.

Eritmalar inson hayoti va amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Masalan, odam va hayvonlarda ovqat va hazm bo`lishi oziq moddalarni eritmaga o`tishi bilan bog`liq. Barcha eng muhim fiziologik suyuqliklar eritmalardir. O`simliklar moddalarni eritmalar holda o`zlashtiradi. Ko`pchilik kimyoviy reaksiyalar eritmalarda boradi.

Eritmalar qattiq, suyuq va gaz holatida bo`ladi. Eritmada agregat holati o`zgarmaydigan komponent (tarkibiy qism) erituvchi hisoblanadi. Agar eritma tarkibiy qismidagi moddalardan biri suyuq ikkinchisi gaz yoki qattiq bo`lsa: odatda suyuqlik erituvchi hisoblanadi. Gaz bilan gaz (masalan havo), suyuqlik bilan suyuqlik (spirtni suvdagi eritmasi), qattiq modda bilan qattiq modda (masalan, metall qotishmalar) o`zaro aralashib eritma hosil qilgan bo`lsa, miqdori nisbatan ko`p bo`lgan tarkib erituvchi hisoblanadi.

Dispers sistemalar bir-biridan dispers faza zarrachalarining o`lchami bilan farq qilsa, ular orasida keskin chegara qo`yish mumkin emas. Dispers sistemalar ichida eng ko`p uchraydigan va amaliy jihatdan eng ko`p ahamiyatga ega bo`lgani suyuq eritmalardir. Suyuq eritmalarda erigan modda zarrachalari ularni o`rab olgan erituvchi molekulalari bilan bog`langan bo`ladi. Bu komplekslar solvatlar, suvli eritmalar uchun gidratlar deb ataladi.

Agar erigan modda va erituvchi zarrachalari qancha qutblangan bo`lsa solvatlar shuncha oson hosil bo`ladi. Odatdagi erituvchilar ichida suv molekulalari eng ko`p qutblangandir. Shuning uchun ko`pincha moddalarning gidratlari bilan ish ko`rishga to`g`ri keladi. Masalan, sulfat kislota eritmada quyidagi tarkibli gidratlar hosil qilishi aniqlangan. H2SO4∙H2O, H2SO4∙2H2O, H2SO4 ∙5H2O va hokazo. Gidritlar ko’pincha beqaror bo’lib, eritmalar bug’latilganidayoq parchalanadi. Ammo ba’zan erigan modda zarrachalari erituvchi suv molekulalari bilan shunday mahkam bog’lanadiki, hatto erigan modda zarrachalari erigan suv molekulalari bilan shunday mahkam bog’lanadiki, hatto erigan modda cho’kmaga tushganda ham ajralmaydi: Masalan, Na2CO3∙10H2O, CuSO4 ∙5H2O, MgSO4∙ 7H2O va hokazo.

Tarkibida suv molekulalarini tutgan bu turdagi tuzlar kristallgidratlar deb ataladi.

Yuqorida aytganimizdek, moddalar suvda eritilganda erigan modda zarrachalari (molekulalar, ionlar) bilan suv molekulasining o’zaro ta’siri sodir bo’ladi va hosil bo’lgan birikmalarga gidratlar (suvsiz muhitda solvatlar) deyiladi.

Gidratlar-ion -dipol ta’sir yoki vodorod bog’lanish hisobiga hosil bo’ladi. Gidratlanishga ayniqsa ionlar moyildir. Ionlar -elektrostatik tortishuv hisobiga dipol suv molekulasini biriktiradilar natijada gidratlangan (solvatlangan) ion hosil bo’ladi.

Solvatlar yoki gidratlarning barqarorligi erigan modda va erituvchi tabiatlariga kuchli darajada bog’liq bo’ladi, bir sistemada solvatlar faqat eritmada mavjud bo’lsa boshqalarini esa undan ajratib bo’lmaydi .Umuman olganda muhimi, solvatlarning (gidratlar) hosil bo’lishi - eritma erituvchi erigan moddalar va ularning ta’siridan hosil bo’lgan maxsulotlardan iborat kimyoviy muvozanatdagi sistemadir. Solvatlar yoki gidratlarning hosil bo’lishi bilan eritmalarning ko’pgina xossalari tushuntiriladi. Jumladan: Eritma toza suvga nisbatan ancha yuqori temperaturada qaynaydi va ancha past temperaturada muzlaydi. Bu hol, eritmalar qaynatilganda gidratlarni buzish uchun qo’shimcha energiya talab qilinishi bilan, eritmalar muzlatilganda temperaturaning pasayishi gidratlar kristallik panjaraning hosil bo’lishiga to’sqinlik qilishi bilan tushuntiriladi. Gidratlarning hosil bo’lishi ko’p hollarda eritmaning ranggi ham tushuntiradi. Masalan suvsiz Cu2+ ioni rangsiz, gidratlangan, suv molekulalari bilan o’ralgan [Cu(H2O)5]2+ ioni esa havo rang. Shuning uchun suvsiz CuSO4 - rangsiz, eritmada esa CuSO4∙5H2O -kristallogidrat holida havo rang. Tuzilishida suv molekulalari mustaqil birlik sifatida ishtirok etadigan yoki bog’langan suv molekulalari bo’lgan birikmalarga kristallogidratlar deyiladi. Kristallogidratlar tarkibiga kiradigan suvga kristallizasiya suvi deyiladi. Gidratlar, qoida bo’yicha unchalik barqaror emas, ular eritmalar bug’latilganda buziladi. Ammo, ayrim hollarda bunday buzilish sodir bo’lmaydi, eritmadan ajralib chiqadigan kristallar o’zlari bilan bog’langan suv molekulalarini tutgan holda ajralib chiqadilar. Kristallogidratlarning tarkibi, undagi bir mol modda to’g’ri keladigan suv molekulalari soni (n) ko’rsatilgandek formulalar bilan ifodalanadi. Masalan: CuSO4∙5H2O (n=5) yoki FeSO4∙7H2O (n=7). Kristallardan kristalizasiya suvini faqat moddalarni qizdirish yo’li bilangina yo’qotiladi:

Qizdirilgan (suvsiz) kristallogidratlar ochiq havoda, ma’lum vaqtdan keyin havodagi suv bug’larini tortib oladi va yana kristallogidratlarga aylanada.



Tuzlarni kristallogidratlar hosil qilishga moyilliklari katta. Ko’pgina tabiiy birikmalar kristallogidratlardir, masalan, gips CaSO4∙2H2O yoki Na2SO4∙10H2O

Kristallogidratlarning nomi tegishli tuz nomiga suv molekulasi sonini ko’rsatuvchi qo’shimcha gidrat oldiga qo’shib nomlanadi: CuSO4∙5H2O - mis sulfatning pentagidrati,

Na2SO4 ∙10H2O - natriy sulfatning dekagidrati.

Ayrim hollarda qadimiy (trivial) nomlaridan ham foydalaniladi: CuSO4∙5H2O- mis kuporosi, Na2SO4∙10H2O- glauber tuzi. Kristallogidratlarga suvsiz kristallar va kristalizatsiya suvi bo’lgan fizik kimyoviy aralashmalar deb qarash mumkin va ularning tarkibini: quruq modda miqdorini suv miqdorini ko’rsatuvchi massa ulushlarda quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi:

Modda molekulasi bilan suv molekulasi orasidagi nuqta ko’paytirish belgisini emas, balki kimyoviy bog’ mavjudligini bildiradi.

Eritmadagi gidratlarning tarkibi, ehtimol o’zgaruvchandir. Eritmada ular bilan birga, shubhasiz, suvning ozod molekulalari ham bo’ladi. Shunday ekan eritmalarni muayyan tarkibli kimyoviy birikmalar deb bo’lmaydi, ammo ularni oddiy mexanik aralashmalar qatoriga ham kiritish mumkin emas .

Eritmalarning xossalari bir tomondan kimyoviy birikmalarga, ikkinchi tomondan mexanik aralashmalarga yaqin turadi. Eritmalarning kimyoviy birikmalariga o’xshsashligi ularning bir jinsliligi, ya’ni erigan modda bilan erituvchi orasida chegara sirt yo’qligi - gomogenligidir.

Shuningdek, ko’pchilik moddalar eriganda issiqlik yutulishi yoki ajralib chiqishi hamda erish jarayonida hajmning o’zgarishi erigan modda bilan erituvchi orasida o’zaro kimyoviy ta’sir borligini ko’rsatadi. Ammo eritmalar tarkibining keng chegarada o’zgaruvchanligi, yani erigan modda bilan erituvchining miqdorlari orasida ekvivalent nisbat yo’qligi jihatdan eritmalar aralashmalarga o’xshaydi.

Demak, eritmalar mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oralig’idagi holatdir. Erish jarayoni diffuziya bilan bog’liq, ya’ni bir moddaning zarrachalari o’z–o’zidan ikkinchi modda zarrachalari orasida tarqaladi. Masalan, eriydigan qattiq modda-erituvchiga tushurilganda uning sirtidagi molekulalari bir tomondan o’zlarining issiqlik tebranma harakati, ikkinchi tomondan erituvchi molekulalarga tortilishi natijasida sirtdan uzulib, diffuziya tufayli erituvchining butun hajmi bo’ylab tarqaladi. So’ngra moddaning yangi syrtidan molekulalarning yangi qavati uzuladi va ular ham o’z navbatida qattiq moddaning eritmaga batamom o’tganiga qadar davom etadi.

Agar qattiq moddaning miqdori mo’l bo’lsa erish jarayoniga qayta kristallash prosessi ham boradi, ya’ni eritmaga o’tgan molekulalar eriyotgan qattiq modda sirtiga urilib yana unga tortiladi va kristall tarkibiga o’tib ketadi. Avvaliga erish tezligi krisrallanish tezligidan katta bo’ladi. Eritma konsentratsiyasi oshgan sayin kristallga o’tish jarayoni tezlashadi. Ma’lum vaqt o’tgandan kiyen bu ikki qarama – qarshi jarayonning tezliklari tenglashib, ular orasida harakatchan muvozanat qaror topadi, yani vaqt birligida eriyotgan moddadan qancha molekula eritmaga o’tsa, eritmadan shuncha molekula kristallanadi:

Erimasdan  Eritmadagi

Qolgan modda  Modda

Eriydigan modda bilan cheksiz uzoq vaqt muvozanatda bo’la oladigan eritma to’yingan eritma deb ataladi. To’yingan eritmaning konsentratsiyasi moddaning ayni temperaturadagi eruvchanligiga teng bo’ladi. Masalan 180C da 100 gr suvda 51,1 g Pb(NO3)2 tuzi eriydi. Bu uning shu temperaturadagi eruvchanligidir.

Konsentratsiyasi to’yingan eritma konsentratsiyasidan past bo’lgan eritma to’yinmagan eritma deb ataladi. Eritmalar o’ta to’yingan bo’lishi ham mumkin. Masalan, Na2SO4 ning suvdagi qaynoq eritmasini erimay qolgan cho’kmasidan fitrlab asta - sekin sovutilsa, eritmadan tuz kristallanmaydi. Bu eritmaning konsentratsiyasi to’yingan eritma konsentratsiyasidan ortiq bo’ladi. Bunday eritma o’ta to’yingan eritma deb ataladi. O’ta to’yingan eritmalar beqaror bo’ladi. O’ta to’yingan eritmalar beqaror bo’ladi. Ko’p hollarda bunday eritmaga erigan moddaning mayda kristali tashlansa, yoki silkitilsa ayni temperaturada o’ta to’yingan eritmadagi ortiqcha erigan modda kristallanib cho’kmaga tushadi va o’ta to’yingan eritma to’yingan eritmaga aylanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, o’ta to’yingan eritma tinch holatda o’zgarmay uzoq vaqt turushi mumkin.


Katalog: uploads -> books -> 47828
47828 -> Referat topshirdi: Tuvalov T. Qabul qildi: Boltayev M. Samarqand 2013
47828 -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 4 kurs
47828 -> Navoiy davlat pedagogika instituti
47828 -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
47828 -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
47828 -> Низомий номидаги тошкент давлат педагогика университети тарих факультети алиева Мохира Солиевнанинг
47828 -> Mavzu: “Sеrfayz o`zbеk dasturxoni” mavzusida natyurmort kompozitsiya bajarish Ilmiy rahbar
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
47828 -> O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar