9-Mavzu: Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati. Bedaning - biologiyasi
va yetishtirish texnologiyasi
Reja:
1.Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati
2. Bedaning- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
3. Bedaning biologiyasi va navlari
4. Bedani yetishtirish texnologiyasi
Dukkakli yem-xashak o‘tlarning ahamiyati
Chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabi tabiiy yaylovlardan,
pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlardan tayyorlangan ozuqalar
bilan qondiriladi. Yem-xashak ekinlarining orasida yem-xashak o‘tlardan to‘yimli
ozuqalar tayyorlanadi: ko‘kat, pichan, silos, vitaminli un, senaj. Bu ozuqalarning
tarkibida hayvonlar hayoti uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, oqsil moddalar, moy,
mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar xushbo‘y, oson hazm
bo‘ladi.
Yem-xashak o‘tlar guruhiga ko‘p yillik dukkakli, qo‘ng‘irbosh va bir yillik
dukkakli, qo‘ng‘irbosh o‘tlar xamda boshqa oilaga mansub ekinlar kiradi.
Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning ahamiyati:
1)
Bir gektardan boshqa o‘tlarga nisbatan 2-3 marta ko‘p, o‘rtacha 2,5-3,0
t.
oqsil to‘playdi. Shuning uchun dukkakli o‘tlardan eng to‘yimli ozuqalar
tayyorlanadi.
2)
Dukkakli o‘tlar tarkibidagi oqsil yuqori sifatli bo‘lib, unda hayot uchun
zarur aminokislotalar mavjud,shu tufayli bu oqsil yaxshi hazm bo‘ladi.
3)
Eng muhim biologik hususiyati shundaki, bu o‘tlar biologik azot
to‘playdi. 4) Mineral azot ko‘p ishlatilsa, tuproq mikroflorasi faollashib organik
yig‘indini mineral moddalarga aylantirib tuproqning tarkibidagi chirindi
kamaytiradi va oqibatda unumdorligi pasayadi. Azotning ortiqcha qismi sizot
suvlariga yetib boradi.
5)dukkakli o‘tlarni mohiyati ularning biologik hususiyati bilan bog‘liqdir, bu
- dukkakli o‘simliklarning havo azotini o‘zlashtirib tuproqda azot to‘plash
hususiyati, ko‘p yillik dukkakli o‘tlar 2-3 yilda bir gektarda 200-400 kg azot va
ancha ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekilgan dala
ekinlarning hosildorligi ancha oshadi.
6) ko‘p yillik dukkakli o‘tlar gekgarda uzoq o‘suv yemirilishidan saqlaydi,
ayniqsa, erta bahor va kuz davridagi yog‘ingarchilik paytida.
8) ko‘p yillik ekin bo‘lganligi uchun har yili ekilmaydi, urug‘ talab
qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi.
Umuman ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat kam bo‘ladi. Ko‘p
yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni: tuproq muxitiga talabchan, tuproqda fosfor,
kali, bor, molibden yetarli miqdorda talab qiladi, urug‘chiligi ancha qiyin.
Dukkakli o‘tlar o‘rilgandan keyin o‘sish boshlanishidan shonalash va gullash
davrigacha ko‘kat miqdori tez ko‘payib boradi. Gullash davridan boshlab bu jarayon
sustlashadi, ko‘kat tarkibida azot kamayib boradi. O‘simlikdagi oziq moddalar
ildizida to‘planadi. Bu qishlab chiqishga yordam beradi. Gullash davrining
boshlanishida ko‘kat tarkibida 14-18% oqsil bo‘ladi. Gullash davrini oxirida uning
miqdori kamayadi, kletchatka ko‘payadi, oziq sifati pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |