Yorug‘likka bo‘lgan munosabati. Sholining hosildorligining shakllanishida
kuyoshli kunlarning ya’ni yoritilganlikning ko‘p bo‘lishi juda katta ahamiyatga ega.
Sholi qisqa kun o‘simligi, juda ko‘p navlar 11-12 soat yorug‘likni talab qiladi.
O‘zbekistonda yetishtiriladigan sholining navlari 9-12 soatli yorug‘likda
yaxshi rivojlanadi. Sholida boshqa donli ekinlarga qaraganda fotosintetik faoliyati
juda yuqori, xlorofillning maksimal konsentratsiyasi vegetativ xolatiga o‘tishida
sodir bo‘ladi.
Past fotosintetik faoliyat sholida gullash va mum pishish davrida sodir
bo‘ladi. Eng yuqori fotosintez jadalligi tuplanish davri- donning to‘lishish davrida
kuzatiladi. O‘simlikning har hil barglari uning turli hil organlarini uglerod bilan
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |