Ca2+ OH-
Namakob (tuz eritmasi) ni tozalash.
Soda ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan sun’iy va tabiiy tuz eritmalari Ca2+, Mg2+, SO42- va boshqa aralashmalarni tutadi. Bu aralashmalar ammoniylash jarayonida cho‘kmalar hosil qilib apparat devorlariga o‘tadi va ishlab chiqarish quvvatini kamaytiradi. SHuning uchun odatda namakob oldindan Ca2+ Mg2+ ionlaridan tozalanadi. Tozalashning eng keng tarqalgan usullaridan biri soda-oxak usuli hisoblanadi. Bu usulda namakobga (tuz eritmasi) soda eritmasi va oxak suti qo‘yiladi.
Reogentlarni uzatish ketma – ketligi tuz eritmasidagi magniy miqdori bilan aniqlanadi. Ko‘p miqdorda Mg tutgan (Masalan: 2,3 normal nisbat Mg2+ va 1,5 normal nisbat Cu2+) namakobga oldin oxak suti quyiladi, so‘ng soda.
Kam miqdorda (0,5 normal nisbat Mg2+ va 1,5 normal nisbat Ca2+) Mg tutgan namakobga oldin soda aralashtiriladi.
0,1 normal nisbat Mg2+ va 1,2 – 1,7 normal nisbat Ca2+ tutgan namakobni tozalashni oldindan aralashtirilgan reagentlar yordamida amalga oshiriladi. Tozalash jarayonida Mg namakobdan gidrooksid xolida cho‘ktiriladi, kaltsiy – karbonat xolida cho‘ktiriladi. Olingan suspenziya tindiriladi. Tindirilgan namakob tozalangan namakob rezervuariga keladi so‘ng adsorbsiya bo‘limiga o‘tadi. Tozalangan namakob (tuz eritmasi) quyidagi tarkibga ega (n nisbatlarda).
Ca+2 0,02 yuqori emas Na2CO3 0,25 – 0,3
Mg2+ 0,07 yuqori emas NaOH 0,02 – 0,08
Cl- 104 – 106
2. misol
6,71 kg CaSO4, 0,63 kg MgCl2 va 0,33 kg CaCl2 tutgan 1 m3 namakobni (tuz eritmasi) tozalash uchun soda va Ca(OH)2 sarfini aniqlang.
Yechish: oxak sodali namakobni tozalashda quyidagi reaksiyalar boradi:
MgCl2+Ca(OH)2= CaCl2+Mg(OH)2;
CaCl2+ Na2CO3= CaCO3+2NaCl ;
CaSO4+Na2CO3= Na2SO4+CaCO3 ;
Ca(OH)2 + Na2CO3= CaCO3+2NaOH
Mg(OH)2 ni cho‘ktirish uchun (1 – reyaktsiya bo‘yicha) Ca(OH)2 ning zaruriy sarfi
(0,63∙74)/95,2= 0,49 kg.
[74 va 95,2 – Ca(OH)2 va MgCl2 larning molyar massasi] 10% mo‘l miqdorida Ca(OH)2 sarfi
0,49∙1,1=0,54 kg
Soda sarfi, kg
Kalsiy xloridning CaCO3 ga o‘tishida
(0,63∙106)/95,2=0,7
[106 Na2CO3 ning molekulyar massasi]
Sarflanadigan namakobdagi kalsiy xlorid CaCO3 ga o‘tishi uchun
(0,33∙106) / 111= 0,32
[111 – CaCl2 ning molekulyar massasi]
Namakobdagi kalsiy sulfatning CaCO3 ga o‘tishi uchun
(6,71∙106) / 136= 5,22
[136 – CaSO4 ning molekulyar massasi]
Mg (OH)2 cho‘ktirish uchun kiritilgan ortiqcha Ca(OH)2 bug‘lash uchun:
Sodaning umumiy sarfi:
0,7+0,32+5,22+0,07=6,31 kg
1 m3 namakobni tozalash uchun standart 95% li sodaga qayta hisoblanganda uning sarfi.
(6,31∙100)/95=6,64 kg ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |