2-rasm. Absorbsiya bo‘limini printsipial sxemasi
AB-1 va AB-2 – absorbenlar; PGAB – absorbsiya gaz yuvgichi; PGKL – gaz yuvish kolonnasi; PVFL – havo yuvgich filtri; XGDS – sovitgich gazlar distillyatsiya; SAR – Ammoniylashgan namakob yig‘gichi; KDS – Distillyatsiya kondensatori; PGSP – Soda pechi gaz yuvgichi.
Ammoniylash bo‘limiga kelayotgan gaz tarkibida ammiak bilan bir qatorda ma’lum miqdorda CO2 xam beradi. Shuning uchun bu yerda namakobni (tuz eritmasini) qisman karbonlash amalga oshadi. Ammoniylangan namakob yig’gichdan karbonlash bo‘limiga keladigan namakob (tuz eritmasi) odatda quyidagi tarkibga ega bo‘ladi:
100∙106 normal nisbat NH3, 30-35 nor nisb CO32-, 88-90 normal nisbat Cl-
5. misol.
Agar namlik yo‘qotilmasa, 80,7 g/dm3 kontsentratsiyaga to‘yintiriladigan namakob (tuz eritmasi) qanday xaroratgacha istishi mumkin?
Berilgan qiymatlar.
Distillyatsiya stantsiyasidan ammiak bilan birga 1000 kg ammiak hisobiga 400 kg miqdorda suv bug‘i keladi.
Ammiak bilan bir vaqtda 1m3 namakob 49,1 kg CO2 ni yutadi.
Namakobning issiqlik sig‘imi C=327 kDj / (kg ∙ k)
Ammoniylangan namakob zichligi 1175 kg/m3
Erish xaroratlari: NH3 – 35400 kDj / mol
CO2 – 24700 kDj / mol
Neytrallanish xarorati
CO2 – (NH4)2CO3 gacha – 70500 kDj / kmol
Shartli ravishda suv bug‘i absorberda 550C da kondensatlanadi deb qabul qilinadi; suv bug‘i kondensatining 550C dagi issiqligi 2360 kDj / kg.
Namakob (tuz eritmasi) ning boshlang‘ich xarorati 250C.
Hisobni 1000 kg absorbilanadigan ammiakka nisbatan olib boramiz.
Yechish: 80,7 g/dm3 (yoki kg/m3) ammiak kontsentratsiyasida namakob miqdori
1000 / 80,7 = 12,4 m3 ni tashkil etadi.
Absorbsiya jarayonida ajralayotgan issiqlik ammiakni va CO2 ning erish CO2 nitratlanishi va suv bug‘i kondensatsiyasi issiqligi yig‘indisidir.
Qil= QNH3+ erish+QCO2erish+Qnitr+Qkond
Namakobning yakuniy xaroratini issiqlik balansi tenglamasidan aniqlaymiz.
Qkel=GC(tox-tbosh), tox= Qkel / GC + tbosh
Shunday qilib issiqliklar quyidagiga teng, kDj;
QNH3 erish =
QCO2erish =
Qneytr =
Qkodn = 400 ∙ 2360 = 946000
Umumiy miqdori: Qkel = 2080000+342000+975000+946000= 4343000 kDj
1000 kg NH3 ni yutish uchun zarur bo‘lgan namakob miqdori:
12,4 ∙ 1175 = 14500 kg
Kondensirlangan bug‘ni inobatga olganda sarflanadigan namakob miqdori
14500 + 400 = 14900 kg ga teng.
Issiqlik yo‘qotilgan taqdirda namakob xarorati
toxir = 1140C gacha ko‘tarilishi kerak edi. Bu mantiqqa to‘g‘ri emas, chunki bu xarorat atmosfera bosimidagi namakobning qaynash xaroratidan yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |