20
9. Mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish
Bitiruv kurs ishim loyihasiga ko‘ra, Farg‘ona NQIZ ga quriladigan ishlab
chiqarish ob’ekti aholi yashash hududiga juda yaqin bo‘lmagan va ishlab chiqarish
ob’ektidan chiqayotgan zaharli gazlar aholi yashash punktlariga teskari holatda
shamol yo‘nalishiga muvofiq qurilishi ko‘zda tutilgan.
Farg‘ona NQIZ da ishlatiladigan neft va neft maxsulotlari, katalizator va
reagentlarning yong’inga va portlashga xavfli xususiyatlari ularning alangalanish
xarorati (portlashi) bilan xarakterlanadi. ONTP 24-86 ga muvofiq ya’ni “Bino va
xonalar kategoriyasini portlash va yong’in xavfi bo’yicha aniqlash”, bino va xonalar
ularda joylashgan material va maxsulotlarga qarab, A,B,V,G va D kategoriyalarga
bo’linadi.
1)
Kategoriya A (portlovchi yonuvchi) – Yonilg’i gazlar, alangalanish xarorati 28
0
C
dan oshmagan. O.A.S lar xonadagi bosim 5 kPa dan ortganda oson alangalanib,
portlashi mumkin. Bunday maxsulot va materialalar suv, xavo yoki o’zaro ta’siri
orqali, xonadagi bosim 5 kPa dan oshganda portlashi mumkin.
2)
Kategoriya B (portlash ga va yonishga xavfli) – yonilg’i changlari yoki tolalari.
Alanglanish xarorati 28
0
C dan oshmagan OAS lar xonadagi bosim 5 kPa dan
ortganda changli xavo yoki bug’li xavo aralashmalari xosil qilib, alangalanishi
natijasida portlashi mumkin.
3)
Kategoriya V (Yong’inga xavfli) – Yonilg’i va qiyin yonuvchi suyuqliklar,
qattiqyoqilg’i va qiyin yonuvchi maxsulotlar va materialalar (shuningdek tola va
changlar), suv, xavodagi kislorod yoki o’zaro ta’siri orqali yonishi mumkin
bo’lgan maxsulot va materiallar.
4)
Kategoriya G – issik yoki erigan xoldagi yonmaydigan maxsulot va materiallar.
Ularni qayta ishlash jarayoni issiklik nurlarini ajralib chiqishi, bilan uchqun va
alanga bilan boradi, yonilg’i sifatida ishlatiladigan yonilg’i gazlari, suyuq va qattiq
maxsulotlar.
5)
Kategoriya D – Sovuq xoldagi yonmaydigan maxsulot va materiallar.
21
Elektr jixozlarni o’rnatish qoidalariga muvofik, elektr jixozlarni tanlashda
portlashga xavfli vayong’inga xavfli bo’lgan zonalar katta axamiyatga ega. Portlashga
xavli zona bu, xona yoki xonadagi chegaralangan joyda yoki tashqari qurilmada
portlashga xavfli aralashma xosil bo’ladigan joydir. Texnologik yonilg’i gazlari yoki
O.A.S bug’lari qurilmadan ajralib chiqishi mumkin bo’lgan joydan 5 m vertikal va 5
metr gorizontal joy portlashga xavfli joy deyiladi.
Yong’inga xavfli zona deb davriy yoki doimiy ravishda yonilg’i
(yonuvchan) maxsulotlar bilan bog’liqbo’lgan xonalar, ya’ni texnologik jarayon
buzilganda yong’inga xavfli zona xisoblanadi. Portlashga xavfli xonada va tashqi
qurilmada ishlatiladigan elektr jixozlar xavfsizlikni ta’minlasalar ularni portlashdan
ximoyalangan deb aytadilar.Portlashdan ximoyalangan elektr jixozlarni tanlashda shu
qurilmaishlatiladigan joyda portlashga xavfli aralashmalar konsentrasiyasi va
kategoriyasi, gruppasi aniqlanadi.
Kategoriya maksimal oraliqning xavfsizlik kattaligi bilan aniqlanadi,
gruppasi esa – maxsulotning o’z-o’zidan alangalanish xarorati bilan aniqlanadi.
Transport qilinadigan maxsulotlarning fizika-kimiyoviy xususiyatlariga va ishchi
parametrlariga qarab, truboprovodlar uchun materialalar ularning klassifikasiyasi
bo’yicha tanlanadi. NQZ larida yong’inning oldini olish uchun yong’inga qarshi
tartib-rejim o’rnatiladi. Bu rejim obyektlarda yong’in xavfsizligini ta’minlashga
yordam beradi.
NQZ lardagi yong’inga qarshi ximoya tizimi quyidagilarni o’z ichiga
olgan: avtomatik yong’inga qarshi signalizasiya vositalari, avtomatik va qo’zg’almas
yong’in o’chirish tizimi. “Neftni qayta-ishlash sanoatida yong’in xavfsizligi
qoidalari” talablariga muvofiq barcha ishlab chiqaruvchi va yordamchi inshootlar,
tashqaridagi qurilmalar birlamchi yong’inni o’chirish vositalari bilan ta’minlangan
bo’lishi kerak. Birlamchiyong’innio’chirishvositalarigaquyidagilarkiradi:
-
ko’pikli kimyoviy o’t o’chirgich OP-5, OXP-10,OXVP-10
-
ko’mir kislotali o’t o’chirgich OU-2, OU-5, OU-8
-
ko’mir kislotali –brom etilli o’t o’chirgich OUB-3, OUB-7
-
xavoli-ko’pikli o’t o’chirgich OVP-100, OVPU-250
22
-
qum, voylok, asbestliyopqich
Bosim ostida ishlaydigan idishlar ishga tushirishdan oldin albatta sinovdan
o’tkaziladi. Bosim ostida ishlaydigan idishlar quyidagilar bilan ta’minlanadi: 1)
Bosim va xaroratni o’lchaydigan qurilmalar ; 2) To’siqli armaturalar; 3) Suyuqlik
satxini ko’rsatgichlar; 4) Saqlanish klapanlari:
“Bosim ostida ishlaydigan idishlarni o’rnatish va xavfsizlik qoidalari” ga
muvofiqsaqlanish klapanlarining soni va ularning o’lchamlari sharoitdan kelib
chiqqan xolda xisoblash yo’li bilan tanlanadi: Apparatdagi saqlanish klapanlarini
xisoblashda bosimni ko’tarilishi
Ishchi bosim, MPa normalari.
0,3 gacha < 0,5 MPa
0,3-6,0 < 15 % R
> 6,0< 10 % R
O’z o’zini ximoya qilish vositalariga quyidagilar: Maxsus kiyim, maxsus
oyoq kiyimi, qo’lni ximoyalovchi vositalar, protivogazlar vaboshqalar misol bo’ladi.
O’z-o’zini ximoya qilish vositalaridan foydalanish texnika xavsizligiqoidalariga
asoslangan bo’lib, norma bo’yicha beriladi.Maxsus kiyimlar ximoyalash turiga
qarabquyidagi gruppalarga bo’linadi. Xarorat tushganda, xarorat ko’tarilganda,
mexanik ta’sirlanishda; rentgent nurlari va radioaktiv maxsulotlarda: elektr tokida,
elektrostatik zaryadlarda, elektrli va elektromagnitli maydonda; changlarda; zaxarli
maxsulotlarda, zaxarli bo’lmagan maxsulot eritmalari va suvlarda va boshqalarda.
Maxsus ximoyalovchi kiyimlar quyidagi turlarga bo’linadi: palto, yarim
palto, yarim shuba, nakidkalar, plashlar, xalatlar, kostyumlar, shimlar, kombenzonlar,
yarim kombenezonlar, jaketlar, bluzkalar, kuylaklar, fartuklar. Neft va neft
maxsulotlaridan ximoyalovchi maxsus kiyimlar GOST ga binoan paxtali va aralash
matolardan tayyorlanadi.
Maxsus oyoq kiyimi oyoqlarni shikastlanishdan, agressiv maxsulotlar
ta’siridan, neft va neft maxsulotlaridan, past xaroratlardan, isib ketish va
kuyishlardan, chang bo’luvchi va ifloslantiruvchi maxsulotlardan ximoya qilish
23
uchun ishlatiladi. Maxsus oyoq kiyimlari quyidagi turlarga bo’linadi: Etik, yarim etik,
botinka, yarim botinka, tufli, kalish, sandali, tapochka.
Neft va neft maxsulotlaridan ximoyalanishda polivinilxlorid va kauchukdan
tayyorlangan rezina etikdan, kirza etikdan, «uonvert» tipidagi yarim etikdan
foydalaniladi.Ishlab chiqarishda konsentrlangan kislotalar, ishqorli va boshqa
agressiv suyuqliklar bilan ishlaganda ishqorga va kislotaga bardoshli rezina etikdan
polivinilxlorid
va
kauchukdan
tayyorlangan
plastmassali
etiklardan
foydalaniladi.Qo’lni ximoyalovchi vositalarga qo’lqoplar kiradi.Maxsus oyoq kiyimi
va qo’lni ximoya qilish vositalarini tanlashda qulay bo’lishi uchun ular markalarga
ajratiladi.
Axoli yashaydigan joyda atmosfera xavosini ifloslantirish mumkin bo’lgan
zararli moddalar uchun 2 ta normativ qabulqilingan: maksimal bir martalik vao’rtacha
kunlik me’yoriy mumkin bo’lgan konsentrasiya (M.M.B.K yoki PDK). Bundan
tashqariishchi zonasida zararli moddlar MMBK si normalari aniqlangan. Axoli
yashaydigan joy xavosida me’yoriy mumkin bo’lgan maksimal bir martalik
konsentrasiya (mg/m
3
) – bu shunday konsentrasiyaki shu xavoda 20-30 daqiqa
bo’lishi inson organizmiga reflekatorli reaksiyalarni olib kelmaydi.
Me’yoriy mumkin bo’lgan o’rtacha bir kunlik konsentrasiya (mg/m
3
) – bu
shunday konsentrasiyaki, inson shu ishchi zonasida ko’pvaqtbo’lishiga qaramay
uning organizmiga shu zararli moddalar salbiy ta’sir ko’rsatamasligi kerak.Ishchi
zona xavosida zararli moddalar MMBK (mg/m
3
) – bu shunday konsentrasiyaki dam
olish kunlaridan tashqari xar kuni ish vaqti 8 soat yoki xaftasida 41 soat ishlaganda,
butun ish staji mobaynida inson salomatligiga ziyon keltirmasligi kerak.
Zaxarli maxsulotlarni xarakterlashda ularni inson sog’ligiga ta’sir qilish
darajasidan foydalaniladilar (xavflilik sinflari). Zararli moddalarni ta’sir qilish
darajasiga qarab 4 ta sinfga taqsimlaymiz: 1) Favqulotda xavfli ; 2) Yuqori xavfli ; 3)
o’rta xavfli ; 4) kam xavfli.
Suv zaxarlarini ifloslantiruvchi moddalar 2 MMBK axamiyatga ega – suv
xavzasidagi suv va baliq xo’jaligiga ishlatiladigan suv xavzasidagi suv uchun.Suv
xavzasidagi suvda zararli moddalarning MMBK ga teng bo’lgan konsentrasiyasi
24
(mg/l) insonning butun xayoti davrida organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak,
shuningdek suvdan foydalanishning gigienik sharoitlarini buzmasligi kerak.Neftni
qayta ishlash zavodida ko’pmiqdorda neft va neft maxsulotlari yonilg’i va yonilg’i
maxsulotlari va portlashga moyil suyuqlik va gazlar ishlab chiqariladi. Texnologik
sexlarda ish jarayonida qurilmalarda neftni qayta ishlash zavodida sodir bo’lishi
mumkin bo’lganquyidagi xolatlar:
- yong’in kelib chiqishi, qurilmani ta’mirlash uchun ochganda bo’lishi
mumkin yoki truboprovodlarda yoki qurilma ish rejimi buzilishi oqibatida;
- neft maxsulotlarini ishchi, N
2
, Boshqa zararli chiqindilar natijalarida:
elektr tok chiqishida yoki yerga ulanmagan elektr qurilmalarida yoki elektr qobiq
ishdan chiqqanda.
Ishga kelgan vaqtda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan xolda kelish qat’iyan
man qilinadi va mexnat qoidalarini o’ta jiddiy buzgan xisoblanadi.
Sexda yoki qurilmada yurish turishga xam qatiy rioya qilinishi
lozim.Truboprovodlar o’rnatilgan joylardan o’tganda faqat ko’rsatilgan maxsus
joylardan o’tish mumkin.
Truboprovodlarda yurish oqibatida yiqilishga va baxtsiz xodisaga olib
keladi. Tegishli bo’lmagan kishilar ishlab chiqarish sexlarida yoki blokida faqat
smena boshlig’i shu jumladan blok boshlig’i va sex boshlig’ ishtirokida kirish
mumkin.Muxofazaning umumiy talablari.Xar bir ishchi muxofazaga qat’iyan rioya
qilishi shart, xar bir qilinadigan ish vaqtida ishchi o’rtog’i yordamida xam mexnat
sharoitlariga rioya qilgan xolda bajarilishi lozim.Agar ishchi texnika xavsizligi
qoidalariga rioya qilmasa, darxol bu xaqda uchastka boshlig’i yoki sex boshlig’iga
xabar berish lozim.
Agarda o’ziga yoki boshqaga xavf tug’ulganda o’sha ondayoq tegishli
shaxslarga xabar berish kerak.Texnologik sxemalarda xam ishlaydiganlar uchun xam
yuqoridagi barcha qoidalar tegishli xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |