3.Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot
Metrologik xizmat – Davlat idoralari va yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining tarmoqlari va ularning o‘lchashlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining tashqi liy asosi davlat metrologik xizmati va yuridik shaxslarning metrolgik xizmatlaridan tashqi l topgan O‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmati bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati
O‘zstandart Agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaharidagi davlat metrologik xizmat idoralari kiradi.
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini ham bajaradi.
Davlat metrologik xizmatga O‘zstandart Agentligi rahbarlik qiladi.
O‘zstandart Agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quydagilar kiradi:
– metrologiya sohasida, metrologik faoliyatni hududlararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoidalarini o‘rnatish va ularning xalqaro darajada taqqoslanishini ta’minlash;
– o‘lchashlar vositalariga, metodlariga va natijalariga umumiy metrologik talablarni belgilash;
– davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
–metrologik masalalar bo‘yicha meyoriy hujjatlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida majburiy kuchga ega bo‘lgan hujjatlarni boshqa davlat boshqaruv idoralari bilan birgalikda qabul qilish;
– metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash;
–O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasida xalqaro shartnomalariga rioya qilinishini tekshirish;
–xalqaro tashqi lotlarning metrologiya masalalari bo‘yicha faoliyatida qatnashish;
–O‘z O‘BTT ning ishini va rivojlanishini, xalqaro o‘lchashlar tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchashlar tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash;
– iste’molchilarning huquqlarini, insonlarning sog‘ligi va xavfsizligini, atrof muhitni va davlat manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy ta’sirlaridan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zstandart Agentligi to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.2004 №373 Qarori bilan tasdiqlangan.
Davlat metrologik xizmatiga quyidagilar ham kiradi:
– Milliy etalonlar markazi;
– Metrologik xizmat Bosh markazi;
– Standart namunalar Bosh markazi;
– Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMS ITI) Malaka oshirish markazi (MOM) bilan birga;
– sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlarining (SSM) ning metrologik laboratoriyalari;
– standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
– Axborot-ma’lumotnoma markazi.
Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi etalon zahirasini rivojlantirish va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini yaratish, saqlash va qo‘llanish bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan bo‘lib, o‘lchashlar birliligini ta’minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashqi liy, meyoriy asoslarini yaratadi, metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini bajaradi.
Standart namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga yuklatilgan, moddalar va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari davlat xizmatiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart namunalarini chiqarish va qo‘llanish tartibi bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, mamlakatimizda chiqariladigan davlat standart namunalarini ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi.
Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Markaz, hududiy SSM ning metrologik laboratoriyalari, hududiy SMB o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohada metrologik tekshiruv va nazoratni O‘z DSt 8.002:2002 “O‘z O‘DT. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar” bo‘yicha o‘tkazadi.
Axborot-ma’lumotnoma markazi meyoriy hujjatlar jamg‘armasini saqlaydi va O‘z O‘BTT qatnashchilarini axborotlar bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |