3.Standartlashtirish davlat tizimi (SDT)
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda O‘z SDT deb ataladi), standartlashtirishning asosiy vazifasidan kelib chiqgan holda, faoliyatning barcha sohalarida tartibga tushirishga qaratilgan ilimiy-texnikaviy faoliyat sifatida, standartlashtirish ishlarining o‘zini tashqi llashtirish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. Bunda O‘z SDT, tizim sifatida, umumiy holda, “Bir-biri bilan munosabatda va aloqada bo‘lgan, ma’lum bir butunlikni, harakatda yagonalikni tashqi l etuvchi elementlarning ma’lum tartibi yoki to‘plami” tizim ta’rifidan kelib chiqadi. Demak, O‘z SDT “ma’lum butunlik, yagonalikdan” iborat bo‘lib, faqat “harakatda”, ya’ni doimiy va muttasil ravishda mukammallanish, rivojlanish, dolzarblanish sharoitlarida ishlaydi.
O‘z.SDT meyoriy hujjatlarni rejalashtirish, ishlab ko’rib , kelishish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini o‘rnatadi; meyoriy hujjatlarni tekshirish, bekor qilish, qayta ko‘rib ko’rib , ularga o‘zgartirishlar kiritish; mahsulot ishlab chiqarishni meyoriy hujjatlar bilan ta’minlash, xizmat ko‘rsatish, tashish, saqlash, haridga chiqarish, ta’mirlash, ishlatish (istemol qilish), qayta foydalanish (utilizatsiya); meyoriy hujjatlarning ilmiy-texnikaviy darajasini ekspertizadan o‘tkazish va baholash ishlarini o‘tkazish usullari; xalqaro, davlatlararo, hududiy, xorijiy standartlarni qo‘llanish usullari va h.k. tartibini o‘rnatadi.
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
- atamalarni standartlashtirish;
- o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruktsiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
- mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
- standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;
- harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan texnikaviy yutuqlarga to‘plamoq;
- bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik ishlarini shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;
- yetakchi mutaxassislar boshchiligidagi o‘tkaziladigan seminarlar, ilmiy MA’RUZAlar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;
- sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot qilishga e’tiborni qaratmoq.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to‘plamoq, ular asosida ta’riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgi kunning talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishini dolzor masalalarda xisoblanadi.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘plashda xalqaro standartlashtirish tashqi lotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma’lumotlarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning mohiyati ketma - ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O‘z Dst 1.10 "O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar" standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiyalash institutida (SMSITI) yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z Dst 1.0, O‘z Dst 1.1, O‘z Dst va boshqalar kiradi.
O‘z Dst 1.0 "O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar" bo‘yicha standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari, hamda ushbuda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar bilan oldingi MA’RUZAmizda tanishib chiqdik.
Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashqi l etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, meyoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |