Kimyo texnologiya tizimlari
Reja:
Kimyo texnologiya tizimlarini (KTT) tahlil qilish
Kimyoviy korxonaning ierarxik strukturasi.
Kimyo texnologiya jarayonlari.
Kimyo texnologiya tizimlarini tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish hamda texnologik jarayonlarni boshqarish masalalarni echishda zamonaviy hisoblash texnikasining keng q’o'llanishi har xil sohadagi texnologlardan EXMlami to'g’ri q’o'llashda va ularni ishlatishga zaruratni to'g’ri aniqlashda etarli bilim va uquv talab qiladi.
Kimyo texnologiya tizimlari (KTT) deganda, unda ketayotgan fizik-kimyoviy
jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi vositalar birgalikda tushuniladi. SHunday
qilib KTT, kimyoviy jarayonni, u ketayotgan qurilmani, jarayonni nazorat va
boshqarish vositalarini va ular orasidagi o`zaro bog‟liqliklarni o`z ichiga olar ekan.
Masalan: reaktorda ketayotgan boshqariladigan kimyoviy jarayonni KTT deb
qarash mumkin ( 1-rasm). Texnologik jarayonning ketishi bo`yicha informatsiya
birlamchi o`zgartirgichdan ( Bo‟ ) rostlagichga ( R ) uzatiladi, u o`z navbatida
texnologik parametrning shu vaqtdagi qiymatini belgilangan qiymatdan farqiga qarab
rostlash ta`sir signali ishlab chiqaradi va ijrochi qurilma (Iq) orqali ob`ektga ta`sir
ko`rsatadi.
1-rasm.
KTT da ma`lum bir fizik kimyoviy jarayonni amalga oshirish uchun, bizga
aralashtirgichli reaktor va shu jarayonni boshqarish tizimi bo`lishi kerak.
Ushbu KTT tashqi muhit bilan o`zaro ta`sirda bo`lgani uchun, uning holatini kirish X va chiqish U signallari orqali baholash mumkin. Kirish signali bo`lib odatda xom-ashyo, uning miqdori, tarkibi, temperaturasi va boshqalar bo`lishi mumkin. CHiqish signali bo`lib, tayyor mahsulot miqdori, uning sifati, teperaturasi va boshqalar bo`lishi mumkin. KTTga odatda har xil turtkilar Z ta`sir ko`rsatadi va texnologik tizimni
belgilangan sharoitlardan chiqaradi. Bu turtki ta`sirlarini kompensatsiya qilish
uchun, odatda boshqaruvchi ta`sirlardan foydalaniladi.
TT- murakkab ob`ekt hisoblanib, uni alohida elementlarga (podsistema)
dekompozitsiyalash mumkin. elementlar o`zaro informatsion bir-biri bilan va ob`ekt
atrof muhiti bilan bog‟liqdir. Bu bog‟liqliklar ob`ekt strukturasini tashkil etadi
TT mo`ljallangan maqsadga erishishga yo`naltirilgan algoritm bo`yicha
ishlaydi. Hamma TTlarni shartli ravishda katta va kichik tizimlarga bo‟lish mumkin.
Kichik tizimlar odatda bir tipik jarayon bilan cheklangan bo`lib, ikki tizimlarga
bo`lish mumkin. Undagi ichki bog‟liqliklar va jihozlarning o`ziga xosligi bilan
a jralib turadi.
Katta tizimlar, kichik tizimlarning murakkab ravishda ujassamlangan ko`rinishi
bo`lib, ulardan ham miqdoriy, ham sifat ko`rsatkichlari bo`yicha farq qiladi. Katta
kibernetik TT sifatida kimyoviy tsEXni yoki korxonani misol qilish mumkin (2-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |