297). Suvni yumshatishning fizik usullari qanday usullar bilan bog‘liq?
Suvni yumshatish uch xil: 1) fizikaviy; 2) kimyoviy; 3) fizik-kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. Fizik usul, bu suvni qaynatish, distillash va muzlatishga asoslangan. Suv qaynatilganda muvaqqat qattiqlik yo‘qolishi yuqorida bayon qilingan edi. Distillash va muzlatish orqali ham suv tuzsizlanadi. Distillash bu suvni qaynatib, bug‘ini kondensatsiyalab ajratib olishga asoslangan.
298) Suvni yumshatishning fizik-kimyoviy usullariga qanday usullar kiradi?
Keyingi yillarda o‘zining oddiyligi, yuqori samaradorligi va iqtisodiy arzonligi sababli fizik-kimyoviy, ya’ni ion almashinishi usuli keng qo‘llanilmoqda. Ion almashinish usuli bilan suvni yumshatish, suvdagi Ca2+ va Mg2+ ionlarini o‘z kationlariga almashtirish xossasiga ega bo‘lgan kationitlar yordamida qattiqlikni yo‘qotishga asoslangan. Shunday xossaga ega bo‘lgan birikmalarini ionitlar deyilib, ular kationit va anionitlarga bo‘linadi. Kationitlar tarkibida odatda, harakatchan natriy kationiti yoki vodorod kationiti saqlaydi. Anionitlar esa harakatchan gidroksil (OH-anionit) guruh saqlaydi. Natriy kationit sifatida turli xildagi alumo-silikatlar: gloukonit, seolit, permutit va boshqalar, H- kationiti sifatida esa, sulurlangan ko‘mir sintetik sxemalardan foydalaniladi. OH-anionitlar sifatida yuqori molekular moddalar, masalan, karbomidli smolalar ishlatiladi. Suvni Na-kationit bilan yumshatish reaksiyasi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
Na(Kat)+M g(HC03)2=Mg (Kat)+2NaHC03. Na(Kat)+CaS04= Ca(Kat)+Na,S04
Bunda (Kat) — kationitning almashinishi reaksiyasida ishtirok etmaydigan qismi. Suvdagi barcha tuzlarni yo‘qotish (tuzsizlash) uchun, suv navbat bilan awal H-kationitdan, so‘ngra OH-anionitdan o'tkaziladi:
2H (Kat)+CaS04= Ca(Kat)2+H2S04. H(Kat)+NaCl= Na(Kat)+HCl. 2(An)OH+H2S04=(An)2S04+2H20. (An)0H+HCl=(An)CI+H20
299). Suvni yumshatishning kimyoviy usullariga qanday usullar kiradi?
Suvni yumshatishning kimyoviy usuli, kimyoviy reagentlar ta’sirida va ionlami bog'lab ajratishga asoslangan. Kimyoviy yumshatishning bir necha ohakli, sodali, natronli, fosfatli usullari bor. Ohakli usulda suvga so‘ndirilgan ohak ta’sir etiladi. Bunda muvaqqat qattiqlik yo‘qoladi, temir ioni va C 02 ni bog‘lab ajratib olinadi.
Ca(HC03)2 + Ca (0H )2=2CaC03i +2H20. ; M g(HC03)2+Ca(0H )2=C aC 03; +Mg(OH)2^ ++H 20 + C 0 2 FeS04+Ca(0H )2=Fe(0H )2^ +CaS04, 4Fe(0H)2+ 0 2+2H ,0=4Fe(0H )3 C 02 + Ca (0H )2=C aC 03l +H20
Sodali usulda suvga kalsinatsiyalangan soda qo‘shib doimiy qattiqlik yo'qotiladi.
MgS04+N aC 03=M gC034- +Na2S04. MgCl2+Na2C 0 3=M gC034- +2NaCl, CaS04+Na2C 0 3=C aC 034, +Na2S04. CaCl2+Na2C 0 3=C aC 034, +2NaCl
Natron usuli ba’zan qo‘llanilib, unda suvga o‘yuvchi natriy ta’sir ettirilib muvaqqat qattiqlik yo‘qotiladi. M g(HC03)2+4Na0H=M g(0H), ± +2Na2C 0 3+2H20. Ca(HC03),+2N a0H =CaC03i+ N a,C 0 3+2H20
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan suvning doimiy qattiqligini yo‘qotishda ishtirok etadi (sodali usulga qarang). Fosfatli usulda natriy fosfat bilan ham muvaqqat, ham doimiy qattiqlik yo‘qotiladi. 3Ca(HC03)2+2Na3P 0 4=Ca3(P04)21 +6NaHC03. 3MgCl2+ 2Na3P04= Mg3(P04)2 i +6NaC. l 3CaS04+ 2Na3P 04= Ca3(P04)2^ + 3Na2S04
Do'stlaringiz bilan baham: |