290). Suvning qaysi reaksiyasi uning kislotaligi va ishqoriyligini xarakterlaydi?
Suvning reaksiyasi uning muhim - kislotalilik yoki ishqoriylik darajasi vodorod ionlarining konsentratsiyasi, ya’ni pH bilan xarakterlanadi. pH indikatorlar yordamida aniqlanadi. Agar pH 6,5 — 7,5 oralig‘ida bo‘lsa, muhit neytral, pH 6,5 bo‘lsa, muhit kislotali va pH 7,5 bo‘lsa, muhit ishqoriy bo‘ladi. Tabiiy suvning muhiti neytralga yaqin bo‘ladi
291). Suvni dezinfeksiya qilish uchun qanday moddalar ishlatiladi?
Zararsizlantirish — suvdagi bo'lgan mikroorganizmlar va bakteriyalami: xlorlash, ozonlash, qaynatish va boshqa yo‘llar bilan yo'qotishdir. Suv xlorlash uchun toza xlor yoki kalsiy gipoxloritdan foydalaniladi. Suvni kalsiy gipoxlorit bilan ishlov berilganda atomar kislorod (kuchli oksidlovchi) hosil bo‘lib, u mikroorganizmlarni o'ldiradi va oiganik qoldiqlarni oksidlaydi.
Ca(C102)2+C 0,+H 20=C aC 03+2HC10 HC10=HCl+0
Suv xlorlanganda ortiqcha xlor, suvga ammiak yoki natriy sulfit qo‘shish yo'li bilan yo‘qotiladi. Suvdagi qolgan xloming miqdori 0,2 — 0,4 mg/1 dan oshmasligi kerak. Keyingi yillarda suvni ozon bilan zararsizlantirilmoqda. Bunda ozon parchalanib atomar holdagi kislorod hosil qiladi. Bunday suv xlorlangan suvdan farq qilib, xlor hidiga ega emas. Zararsizlantirish so‘nggi yillarda suvni ftorlash I mg/1, gacha ftor, Na2SiF6 birikmasi shaklida suvga solinadi, bu bir vaqtning o‘zida kishilaming tishini yemirilishdan ham himoya qiladi, ultrabinafsha nuri bilan nurlantirish, ultratovush to‘lqinlari bilan ishlov berish, kumush ionlari bilan ishlov berish orqali ham amalga oshirilmoqda.
292). Suvda mavjud kolloid aralashmalarni koagullash uchun qanday moddalar ishlatiladi?
Kolloid zarrachalar tuproq, silikat kislotalari, gumin kislotalari va boshqalar esa filtrlash va cho'ktirishusullari bilan ajralmaydi. Shuning uchun suv havzadan yoki tindirgichdan birinchi ko‘targich nasos yordamida aralashtirgichga koagulyatsiya ko‘tarib beradi. Koagulyatorga elektrolitlar — A12(S04)3, Fe2(S04)3 yoki boshqa birikmalarning eritmalari koagulyantlar ham quyiladi. Aralashtiigichda koagulyatsiya jarayoni boradi. Koagulyatsiya bu — geterogen sistemalarni ajratishning eng samarali usulidir. Bu jarayonning fizik-kimyoviy mohiyatini soddaroq qilib quyidagicha bayon etishi mumkin. Elektrolit juda suyultirilgan eritmalardan musbat zaryadlangan zarrachalar hosil qilib gidrolizlanadi. Bu zarrachalar manfiy zaryadli kolloid zarrachalarning yuzasiga adsorblanib, uni neytrallaydi. Natijada zaryadsizlangan kalloid zarrachalar bir-biriga yopishib, yiriklashadi va cho‘kadi. Koagulyant ioni zaryadi (Al3+. Fe3+) qanchalik katta bo'lsa koagulyatsiyalash uchun shunchalik kam elektrolit sarflanadi. Bir vaqtning o‘zida Al2 (S04)3 muvaqqat qattiqligini ham ancha kamaytiradi. Aralashtirgichda quyidagi reaksiyalar boradi:
Al2 (S04)3+6H20=2A1(0H)3+3H2S04 Al,(S04)3+3Ca(HC03)2==2Al(0H)3+3CaS04+6C02.
Koagulyatsiya jarayonida hosil bo'lgan keng yuzali iviqsimon cho‘kma sekinlik bilan cho‘ka boshlaydi va yengil muallaq zarrachalarni o‘ziga yopishtirib oladi hamda organik bo‘yoq moddalarini ham adsorbsiyalab cho'kadi, natijada suv tiniq bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |