Kimyoviy texnologiya — tabiatda mavjud bo’lgan mineral xom ashyoni iqtisodiy qulay hamda ekologik asoslangan kimyoviy o’zgarishlar asosida iste’mol ehtiyojlari va sanoat mahsulotlariga aylantirish imkonini beradigan sanoat yo’nalishidir. Kimyoviy texnologiya - tabi iy xom ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fan. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiya ning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish usullari va jarayonlarining umumiy, muhim asoslari va qonuniyatlarini oʻrganadigan umumiy Kimyoviy texnologiya ham mavjud. Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xom ashyo va yarim mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini maʼlum ishlab chiqarish vositalari yordamida oʻzgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi
12. Tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi. Kimyoviy ishlab chiqarishda ekologik xavfsizlik.
Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali qazilmalar, oʻsimliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻpgina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Ekologiyaning salbiy o’zgarishlari oqibatlarining asosiy sabablaridan biri yer,suv, mineral xom ashyolardan foydalanish prinsiplarini buzilishidir. Aynan shu prinsip xalq xo’jaligining kam samarali-ekstensiv yo’ldan borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyaning keng joriy qilinishiga to’sqinlik qildi, shuningdek, atrof muhitga zarar yetkazgan holda rejani bajarish kabi g’ayri ekologik yondoshuvni keltirib chiqardi.
13. Kimyoviy ishlab chiqarishning tuzilishi va o’ziga xosligi
Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi.
14. Kimyo sanoatining xomashyosi va uni boyitish usullari
Xomashyo sanoatda qayta ishlovdan o'tmagan tabiiy moddalardir. Biror-bir ishlab chiqarish uchun xomashyo, yarim fabrikat, oraliqmahsulot, yarim mahsulot (asosiy material)qo'shimcha mahsulot va ikkilamchi ashyolar dastlabki ashyo bo'lishi mumkin. Yarim fabrikat bu — tabiiy xomashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida olingan materialdir. Oraliq mahsulat - deb xomashyo yoki yarim fabrikatdan olingan individual moddalarga aytiladi. U ayni korxonada boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo
bo'lib xizmat qilishi mumkin. Qo’shimcha mahsulot deb, korxonada ishlab chiqarish
jarayonida asosiy mahsulot bilan birga qo'shimcha reaksiyalar natijasida hosil
bo'lgan individual modda yoki aralashmaga aytiladi. Ikkilamchi xomashyo deb, o'z
xizmat muddatini o'tab bo'lgan narsalarga va materiallarning sanoatda ishlov
berganda hosil bo'ladigan chiqindilariga aytiladi. Qaysikim, u chiqindilarni sanoatda
qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish iqtisodiy foydalidir. Tayyor mahsulot
deb, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida amalda foydalanish uchun korxonadan
jo'natiladigan moddalar yoki materiallarga a ytiladi. Chiqindi deb, texnologik
taraqqiyotning ayni davrida amaliy ishlatish sohasini topmagan tashlandiq moddalar
yoki materiallarga aytiladi. Bunday bo'lishlar, albatta, nisbiydir. Masalan, nitrat
kislota shu kislotani ishlab chiqarish korxonasining tayyor mahsuloti bo'lsa, o'g'it
ishlab chiqarish korxonasining esa dastlabki ashyosi hisoblanadi.
Xomashyolar turli belgilariga qarab sinflarga bo'linadi. Kelib chiqishiga qarab,
ular mineral, o'simlik va hayvon xomashyolariga, agregatholatlariga qarab qattiq,
suyuq (neft sho'robalari), gazsimon (havo, tabiiy gaz) xomashyolarga, tarkibiga
qarab anorganik va organik xomashyolarga bo'linadi. Mineral xomashyolar o'z
navbatida rudali, rudasiz va organik yoki yonuvchi xomashyolarga bo'linadi. Rudali
minerallar to'g'ridan to'g'ri ruda deb ataladi. Ruda deb, tarkibida metall saqlovchi
tog' jinslari yoki boshqa mineral birikmalarga aytiladi. Ulardan metallar ajratib
olinadi. Metallar ruda tarkibida asosan oksidlar va sulfidlar shaklida bo'ladilar.
Ruda tarkibida asosiy komponent — metaldan tashqari, har doim begona
aralashmalar ham ushlaydi.
15. Xomashyoning turlari va manbalari
Do'stlaringiz bilan baham: |