55. Kimyo sanoatida xom – ashyoning o’rni qanday?
Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki zavodlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan.
Toʻqimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar qurildi. Bunday korxonalar — soda zavodlari Fransiyada 1793 y.da (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 y.da (Liverpul), Germaniyada 1843 y.da (Elba boʻyidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864 y.da (Barnaul)da qurildi. 19-asr oʻrtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da sunʼiy oʻgitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi. AQShda K.s. Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi, lekin 1913 y.ga kelib kimyoviy mahsulotlar i.ch. hajmi boʻyicha jahonda 1-oʻringa chiqib oldi.
Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-asrning 30-y.larigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan.
56. Kauchuk olish texnologiyasi va ularni xossalari.Tabiiy va sistetik kauchuklar. Rezina ishlab chiqarish texnologiyasi
57. Kimyoviy texnologik ishlab chiqarishning asosiy sohalari
Respublikamiz kimyo sanoatida noorganik moddalar-mineral o'g'itlar, tuzlar, kislotalar, bog'langan azot birikmlari va sulfat kislotasi ishlab chiqarish sgu davrgacha salmoqli o'rinlarni egallab keldi va kelajakda ham shunday bo'lib qolishiga shubha yo'qdir, chunki qishloq xo'jaligini uning asosiy ozuqasi mineral o'g'itlarsiz, kimyo sanoatining rivojini esa butun dunyoda bo'lgani kabi sulfat kislota rivojisiz va bog'langan azot birikmalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ishlab chiqarish usullari. Sulfat kislota X asrdan boshlab olinib kelinmoqda. U temir kuporosini yoki achchiqtoshni qattiq qizdirish natijasida olingan. Hosil bo'lgan og'ir moysimon suyuqlik sulfat kislota kuporos moyi deb atalgan. 2FeSO 4 + 2H 2 O→ 2FeO+ 2H 2 SO 4 XV asrda kimyogarlar oltingugurt va selitra aralashmasini yoqib, sulfat kislota olish mumkinligmi aniqlaganlar. Shu usulda 300 yildan ko'proq vaqt mobaynida sulfat kislota oz miqdorda shisha qolbalar va retortalarda faqat laboratoriyalardagina olingan. XVIII asr o'rtalarida sulfat kislotaga chidamli material-qo'rg'oshin topilgach sulfat kislota qo'rg'oshin idishlar-kameralarda sanoat miqyosida olina boshlangan. Bunday usul kamerali usul deb ataldi. Bu kameralarda oltingugurt va selitra aralashmasi yoqilgan. Bunda hosil bo'lgan sulfat angidrid kameraga qo'yilgan suv yoki kislota eritmasida yutiladi
58. Sul’fat kislotani kontakt usulda olinishi
Kontaktli usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishda
sulfit angidridni oksidlash:
SO2+1/2O2⇄ SO3
reaksiyasi bo‘yicha katalizator ishtirokida amalga oshiriladi. Bu jarayon
kontaktlanish deb ataladi. Tinch holatdagi kontakt massa qatlami yoki
qaynovchi qatlamdagi katalizator orqali gaz o‘tkazilganda gaz
katalizator bilan bevosita to‘qnashadi.
Turli xil metallar, ularning qotishmalari va oksidlari, ayrim tuzlar,
shisha, chinni, tuproqlar, tog‘ billuri kristallari hamda boshqa modda va
materiallar sulfit angidrid oksidlanishini tezlashtirish xususiyatini
namoyon etadi. Har bir katalizator ma’lum darajadagi, uning uchun
xarakterli kontaktlanish foyzini ta’minlaydi. Sanoat sharoitida nisbatan
yuqori kontaktlanish foyziga erishishni ta’minlaydigan katalizatorlardan
foydalanish qulaydir, chunki oksidlanmagan SO2 qoldiqlari absorbsiya
bo‘linmasida ushlab qolinmaydi va u chiqindi gazlari bilan birgalikda
atmosferaga chiqib ketadi. Uzoq vaqt ushbu jarayon uchun platina eng yaxshi katalizator hisoblab kelingan, u juda mayda maydalangan holatda tolali asbestga,
silikagelga yoki magniy sulfatga aralashtirib ishlatilgan. Lekin platina
juda qimmatbahodir, bundan tashqari, gaz tarkibida juda oz miqdordagi
mishyak, selen, xlor va boshqa qo‘shimchalarning bo‘lishi uning
katalitik aktivligini juda kuchli darajada pasaytiradi. Shuning uchun
platinali katalizator ishlatilganda kontakt zavodining murakkab asbob-
uskunalar bilan jihozlanishi talab etiladi, tayyor mahsulot tannarxi esa
katta bo‘ladi.
59. Sul’fat kislota ishlab chiqarishning nitroza usuli
Nitroza usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarish 2 bo‘limdan iborat: 1.O‘choq bo‘limi. 2.Nitroza bo‘limi. Xom-ashyo sifatida tarkibida oltingugurt yoki uning birikmalari bor bo‘lgan barcha moddalar ishlatiladi. Bu bilan kontakt usulida farq qiladi. Nitroza usulida oksidlanish, asosan, suyuq muhitda va to`ldirgichli minerallarda olib boriladi. SHuning uchun ko`pincha bu usul minorali usul deb yuritiladi. Bunday usul bilan suyultirilgan 70-77%.li, hamda turli qo`shimchalar aralashgan sulfat kislota olinadi, u asosan mineral o`g`itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Nitrozali usulda katalizator rolini azot oksidlari o‟ynaydi. Oksidlanishi suyuq fazada nasadkali minorallarda olib boriladi. XIX asrning boshlarida SO2 ni platina katalizatori ishtirokida SO3 ga oksidlash mumkinligi aniqlandi. XIX asrning oхirlari ХХ asrning boshlarida bu usul kontakt (gazning katalizator bilan to‟qnashuviga asoslanganligi uchun) usuli dеb atalib, sanoatda qo‟llanila boshlandi. Nitrozali usulida olinadigan sul‟fat kislotaning sifati pastligi, 75% dan yuqori konsеntrasiyali kislota olib bo‟lmasligi, NO2, SO2, SO3 kabi gazlarning atmosfеraga chaqirib yuborilishi tufayli atmosfеraning zaharlanishi kabi kamchiliklarni bu usulni kantakt usuli tomonidan siqib chiqarishiga sabab bo‟lidi. Sobiq SSSR da 1975 yillardan boshlab faqat kontakt usuli bilan sul‟fat kislota ishlab chiqarish bo‟lmalari qurila boshlangan edi. Hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan sul‟fat kislotaning 95% ga yaqini kontakt usulida ishlab chaqirilmoqda.
60. Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari.
Xomashyo sanoatda qayta ishlovdan o'tmagan tabiiy moddalardir. Biror-bir ishlab chiqarish
uchun xomashyo, yarim fabrikat, oraliq mahsulot, yarim mahsulot (asosiy material)
qo'shimcha mahsulot va ikkilamchi ashyolar dastlabki ashyo bo'lishi mumkin.
Yarim fabrikat bu — tabiiy xomashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida
olingan materialdir. Oraliq mahsulat - deb xomashyo yoki yarim fabrikatdan
olingan individual moddalarga aytiladi.
U ayni korxonada boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo
bo'lib xizmat qilishi mumkin. Qo’shimcha mahsulot deb, korxonada ishlab chiqarish
jarayonida asosiy mahsulot bilan birga qo'shimcha reaksiyalar natijasida hosil
bo'lgan individual modda yoki aralashmaga aytiladi. Ikkilamchi xomashyo deb, o'z
xizmat muddatini o'tab bo'lgan narsalarga va materiallarning sanoatda ishlov
berganda hosil bo'ladigan chiqindilariga aytiladi. Qaysikim, u chiqindilarni sanoatda
qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish iqtisodiy foydalidir. Tayyor mahsulot
deb, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida amalda foydalanish uchun korxonadan
jo'natiladigan moddalar yoki materiallarga a ytiladi. Chiqindi deb, texnologik
taraqqiyotning ayni davrida amaliy ishlatish sohasini topmagan tashlandiq moddalar
yoki materiallarga aytiladi. Bunday bo'lishlar, albatta, nisbiydir. Masalan, nitrat
kislota shu kislotani ishlab chiqarish korxonasining tayyor mahsuloti bo'lsa, o'g'it
ishlab chiqarish korxonasining esa dastlabki ashyosi hisoblanadi.
Xomashyolar turli belgilariga qarab sinflarga bo'linadi. Kelib chiqishiga qarab,
ular mineral, o'simlik va hayvon xomashyolariga, agregatholatlariga qarab qattiq,
suyuq (neft sho'robalari), gazsimon (havo, tabiiy gaz) xomashyolarga, tarkibiga
qarab anorganik va organik xomashyolarga bo'linadi. Mineral xomashyolar o'z
navbatida rudali, rudasiz va organik yoki yonuvchi xomashyolarga bo'linadi. Rudali
minerallar to'g'ridan to'g'ri ruda deb ataladi. Ruda deb, tarkibida metall saqlovchi
tog' jinslari yoki boshqa mineral birikmalarga aytiladi. Ulardan metallar ajratib
olinadi. Metallar ruda tarkibida asosan oksidlar va sulfidlar shaklida bo'ladilar.
Ruda tarkibida asosiy komponent — metaldan tashqari, har doim begona
aralashmalar ham ushlaydi.
61. Xom ashyoning turlari va manbalari
Do'stlaringiz bilan baham: |