Kimyo tarixi predmeti kimyo fanining turli davrlarda rivojlanishini, uning boshqa tabiiy fanlar orasida tutgan o’rnini va rivojlanish bosqichlarini o’rganadi



Download 107,5 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi107,5 Kb.
#740249

Kimyo tarixi predmeti - kimyo fanining turli davrlarda rivojlanishini, uning boshqa tabiiy fanlar orasida tutgan o’rnini va rivojlanish bosqichlarini o’rganadi. Kimyo tarixida “ O’rta asrlar” va “uyg’onish” davri juda katta o’rinni egallaydi. Bu davrning buyuk olimlari I. Nyuton fizik bo’lishiga qaramasdan - biologiya muammolari bilan shug’ullanib – ulardagi kimyoviy bog’lanishlarni o’rgangan. Tomas Sprot /1667y/ “London podshohlik jamiyati tarixi” kitobida “ Kimyogarlar - tabiatni o’rganuvchilar bo’lib, ular ko’pchilik hollarda medisinada yangilik ochadi, ”metallar mutasiya”si yoki “eleksir moddasini” izlash bilan shug’ullanadilar” deb yozadi.

Bunga asosiy sabab haqiqatdan ham, tabiatdagi asosiy qonunlarning bir-birini to’ldirishidir. Fizika, kimyo va biologiya fanlari juda yaqin va bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Nemis fizigi. V. Gayzenberg “ fizika va kimyo tushunchalarining bir - birini to’ldiradigan yopiq sistemasi - kvant nazariyasini” taklif qiladi.


Kimyo tarixi fanini ham tabiiy, ham gumanitar fan sifatida o’rganish mumkin. Chunki kimyo fani insonlarning turmush tarzini yaxshilash bilan qanoatlanib qolmasdan, ularning madaniyatli bo’lishi uchun xizmat qilib keldi. Bunga juda ko’plab misollarni keltirish mumkin. Hatto Shekspirning Romeo va Djulyetta \1615\ asarida atom tushunchalari uchrashi bunga yorqin misoldir.


Shularni nazarda tutgan holda biz kimyo tarixi predmetini tabiiy va hamda gumanitar fan sifatida o’rganishga haqlimiz. Bunday deyishimizga sabab bilimlar orasiga “Xitoy devori” qo’yish juda katta xatoliklarga olib kelishini tarix isbotlagan.
Jamiyat rivojlanishi o’z navbatida har bir fanning tadqiqot asosini, uning tarixini alohida, texnologyasini, sistemali holda o’rganishni talab qiladi. Bu tabiat sirlarini tushuntiruvchi

fanlardan biri bo’lib qolmasdan, hayotdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanmish-kimyo faniga ham taalluqlidir. Lekin quruq faktlarni to’plash bu tarix emas, nazariy o’rganishgina fanlar tarixini yaratadi. Shuning uchun rivojlanishning tarixiy metodologik analizi kerak.


V.M.Kedrov kimyoviy bilimlarning ikki darajasini, bular tarkib haqidagi va struktura (tuzilish) haqidagi talimotlardir degan taklif bilan chiqdi.
Keyinchalik Nobel mukofoti sovrindori Semenov N.N. bunga kimyoviy bilimlarning yangi darajasini ya’ni kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limotni kiritdi. Bulardan foydalangan holda kimyo tarixini yaratish konsepsiyasining (asosiy qarashlar) mohiyati quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshirildi;
- bilimlar rivojlanishidagi bosqichlar,
- oddiydan murakkabga o’tish,
- fanning rivojlanishini ishlab chiqarish bilan bog’liq holda olib borish,
-bosqichma-bosqich o’rganishni kimyoviy nazariyalarda sistemalash (atom, molekula, reaksiyaga kirishuvchi sistema).
Endi biz tarixni bilish uchun kimyo qanday muammolarni hal qilishini o’rganishimiz kerak. Kimyoviy bilimlar nimalar bilan xarakterlanadi. Shuni ta’kidlash mumkinki, kimyoning

hamma rivojlanish davrlarida ham kimyoviy moddalarning asosiy tavsiflari – tarkibi, kimyoviy bog’lanishi va tuzilishi bo’lib kelgan. Kuznesov V.P. kimyo - bir moddadan boshqasini olish vazifasini bajaradi - metallar, keramika, plastmassa, sun’iy ipaklar, sement, mineral o’g’itlar va h. k. deydi. Bu ishlab chiqarish vazifasi, lekin ularning bir-biriga o’tishi, xossalarini biridan ikkinchisiga aylanishi jarayonlari nazariy muammolardir. Bular kerakli moddalarni olish uchun kalitdir. Demak, kimyoni o’rganish spiralsimon determinizm - xossalarning uzviy bog’liqligini o’rganishga qaratiladi.


Ikki marta Nobel mukofoti sovrindori Laynus Poling-kimyo moddalar haqidagi fan bo’lib-ularning tuzilishi, xossalari va reaksiyaga kirishishlari, buning natijasida moddalarning biridan ikkinchisiga aylanishini o’rganadigan fandir deb ta’rif beradi.
Kimyo tarixi ana shu masalalarni tushuntirish yo’lida qilingan ilmiy ishlarini umumlashtirish va asosiy masalani tushunish uchun shartli ravishda quyidagi usullardan foydalanadi.
1. XVII asr o’rtalarigacha davom etgan qadimgi naturfilosoflar dunyoqarashlari.
2. XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan ishlab chiqarishning kapitalistik tuzumi tabiatshunoslikdagi tajribalarni

xisobga olib modda xossasi kimyoviy tarkibining funksiyasi sifatida qaralishiga olib keldi.


TARKIB  XOSSA

Bu kimyoning fan sifatidagi kimyoviy bilimlarni umumlashtirish uchun birinchi konsepsiyasi vazifasini bajardi.

  1. XVIII asrning boshlariga kelib ishlab chiqarishda fabrikalar, zavodlar vujudga keldi.



:

Bu esa o’z navbatida kimyoviy moddalarning strukturalari haqidagi ta’limotni boshlanishi bo’lib kimyoviy bilimlarni umumlashtirishning ikkinchi konsepsiyasi vazifasini o’tadi.


4. XIX asr o’rtalariga kelib, ishlab chiqarishning jadal rivojlanish talablari asosida kimyo fani oldida yangi muammolar paydo bo’ldi, ya’ni-sintetik kauchuk, plastmassa, yog’lar, keramik mahsulotlar olish va h. k. Bu esa, o’z navbatida

kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limotni keltirib chiqardi va uchinchi konsepsiya bo’lib hisoblanadi.




5. Kimyoning asosiy muammosining evolyusiyasi esa, to’rtinchi konsepsiya hisoblanib, u sifatdan miqdor o’zgarishga (uzluksiz) olib keladi.


Kimyoning bosh muammosini o’rganishdagi yuqorida ko’rsatilgan konsepsiyalarga ajratish oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga tomon doimo rivojlanishdan kelib chiqadi.
Kimyoning rivojlanishini asosan quyidagi 5 ta bosqichga bo’lish mumkin Har bir bosqich kimyoviy muommolarni hal qilish usullari bilan farq qiladi:
1 – Bosqich - Kimyo rivojlanishining qadimgi naturfilosofiya davridan, bizning tariximizgacha bo’lgan davr bo’lib uni biz " alximiya" davri deb ataymiz. Bu davr asosan moddalar haqidagi dalillarni to’plash bilan shug’ullanib ularning bir - biriga o’tish hollarini o’rgandi. U 2 ming yil - XVII asrning 2 chi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ularning asosiy maqsadi filosofiya toshini topish bo’ldi.

2 - Bosqich. XVII asrning 2 chi yarmidan boshlanadi. Bu davr eksperimental kimyo deb atalib, ular kimyoni moddalar tarkibi haqidagi fan ekanligiga asos soldi. Sintez o’tkazdi, moddalar tarkibini tekshirish natijasida ularning bir - biriga o’tishini o’rganib qoida, qonun, nazariyalarni vujudga keltirdi, analitik kimyo - sifat fani sifatida vujudga keldi.


3 - Bosqich. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi va analitik kimyo - undan keyin esa sintetikaga o’tib - " strukturnaya ximiya" (tuzilish kimyosi) vujudga keldi, natijada - ranglovchi bo’yoqlar, dorilar, sun’iy ipak olindi. Bu davr kimyoviy strukturaning boshlanishiga asos bo’ldi (1860-1880 yillar) va organik kimyoning jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi.
4 - Bosqich. XX asr-sanoat va texnikaning jadal rivojlanish davrini o’z ichiga oladi. Bu davr - sanoat va qishloq xo’jaligi uchun kerakli bo’lgan aniq tarkibli moddalarni juda ko’p miqdorda olish bilan harakterlanadi. Ma’lum xossaga ega bo’lgan plastmassa, sintetik, kauchuk, sun’iy tola, yuvuvchi moddalar, azotli o’g’itlar va boshqalardan ko’plab miqdorda ishlab chiqarila boshlandi.
5 - Bosqich. Hozirgi zamon ishlab chiqarish talabiga binoan rivojlanish davri. Bu davrda har xil erituvchi tanlash, biokatalizatorlar yordamida kerakli tarkibdagi moddalarni olish
uchun ishlatiladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limotni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Kimyodagi evolyusiya - kinetika, strukturaviy kimyo, biokimyo, bioorganik kimyo va tarkib haqidagi ta’limotlarga asoslanadi, hamda qanday qilib yerda tirik organizmning vujudga kelishiga javob beradi. Shunday qilib kimyo tarixi - bilimlar majmuasini qonuniyatlar, nazariyalar asosida umumlashtirib, kimyoni fan va ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi rivojlanish tendensiyalarini o’rgandi. Demak, kimyo tarixi - kimyo va sivilizasiya, kimyo va ishlab chiqarish orasidagi munosabatlarni o’rganadi. Professor S.G. Kara-Murza, hozirgi olingan eksperimental faktlarni hisobga olib “kimyo tarixi kimyo fani metodik arsenalining takomillashishining tarixini o’rganadi” deb taklif qildi (Kara-Murza S. G Texnologiya nauchnix issledovaniy M. Nauka,1989)
Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish