Kimyo sanoatida yong'inlarni o'chirishni tashkil qilish


II BOB. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI APPARATURALAR BILAN JIHOZLASH



Download 59,36 Kb.
bet7/8
Sana07.01.2022
Hajmi59,36 Kb.
#325875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KIMYO SANOATIDA YONG'INLARNI O'CHIRISHNI TASHKIL QILISH

II BOB. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI APPARATURALAR BILAN JIHOZLASH.

2.1. Apparatura va quvur o‘tkazgichlarni korroziyadan qarshi himoyalash choralari.
Asbob-uskunalarni tanlash, loyihalashning dastlabki ma’lumotlari, amaldagi me’yoriy hujjatlar va mazkur Qoidaning talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Texnologik tizimga kiradigan texnologik bloklarning portlash xavfi toifasidan kelib chiqib, asbob-uskunalarni ishonchlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanlash amalga oshiriladi.

Texnologik asbob-uskunalar va quvurli armaturalar uchun ekspluatatsiyaning aniq sharoitlarini hisobga olgan holda, ishlatishning yo‘l qo‘yiladigan muddati belgilanadi. Ishlash muddati haqidagi ma’lumotlar asbob-uskunalar va quvurli armaturalarning pasportlarida tayyorlovchi tomonidan keltirilishi kerak. Quvurlar uchun loyihalash tashkiloti tomonidan hisoblab aniqlangan ekspluatatsiya muddati belgilanadi, bu loyiha hujjatida aks ettirilishi va quvur pasportiga kiritilishi kerak.

Belgilangan ishlash muddatini o‘tab bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar, quvurlar armaturasi va quvurlarning xavfsiz ekspluatatsiya muddatini uzaytirish, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Portlash xavfi bor muhitni hosil bo‘lishi va o‘lchami, jarayonda qatnashayotgan moddalar yonishining minimal energiyasidan oshadigan energiya manbalarini yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin bo‘lmagan asbob-uskunalar (apparatlar va quvurlar) uchun portlashdan himoya va alangani kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar va vositalar, asoslangan holatlarda - portlashning to‘liq bosimini hisobga olib, mexanik chidamlilikni oshirish nazarda tutiladi.

Portlashdan himoya, alanganing kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydigan vositalar va boshqa avariyaga qarshi moslamalarniig samaradorligi va ishonchliligi - asbob-uskunalarning sanoat nusxalarini portlashdan himoyalashga sinash bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Asbob-uskunalarni avariyaga qarshi moslamalar bilan ta’minlanishi, unda yonish manbalari hosil bo‘lishini olishga qaratilgan choralar ishlab chiqish zaruriyatini inkor etmaydi.

Asbob-uskunalar va quvurlarni tayyorlash uchun ishchi muhit bilan o‘zaro ta’sir beqaror birikmalar — qayta ishlash mahsulotlarining portlash sababchisini, hosil qiladigan materiallarni qo‘llanishiga ruxsat berilmaydi.

Texnologik asbob-uskunalar va quvurlarni tayyorlash sifati, ushbu asbob-uskunalar va quvurlarning me’yoriy hujjatlari va texnik hujjatlari talablariga mos bo‘lishi kerak.

Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan apparatlarning tuzilishi bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar (idishlar) uchun me’yoriy hujjatlar va ushbu Qoidaning talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Texnologik asbob-uskunalarni va quvurlarni montaj qilish loyihaga muvofiq, qurilish me’yorlari va qoidalari, standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

0,07 megapaskal (0,7 kg kuch / sm2)dan yuqori ortiqcha bosim ostida ishlaydigan va texnologik jarayonlarda qatnashadigan, shuningdek kimyoviy moddalarni saqlash va tashishga mo‘ljallangan apparatlar, agregatlar va sig‘imlar (idishlar) ishga tushirishdan oldin “Bosim ostida ishlaydigan sig‘imlarning tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish Qoidalari”ga asosan “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasida ro‘yxatga olinadi.

Asbob-uskunalar, materiallar va komplektlovchi (butlovchi) ashyolarning tayyorlanish sifati va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘q bo‘lsa, ularni montaj qilishga ruxsat berilmaydi.

Asbob-uskunalar, quvurlar armaturasi, himoya vositalari va asboblar nazorati pasportlarida Davlat standartlari tomonidan nazarda tutilgan ishonchlilik ko‘rsatkichlari ko‘rsatilishi kerak.

1-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar qurilmalarida portlash-yonish xavfi bor va zaharli mahsulotlarni uzatuvchi 1-toifali quvurlarning payvandlangan birikmalari buzmaydigan usullar bilan (ultratovushli defektoskopiya, sirgib kiruvchi nurlanish bilan yoritib tekshirish yoki boshqa shunga o‘xshash usullar) 100 foizli nazoratdan o‘tkaziladi.

Nazoratni buzmaydigan usullarni tanlash va boshqa toifadagi quvurlarni nazorat hajmi loyiha hujjatlarida belgilanishi va ularni xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlash uchun yetarlicha bo‘lishi kerak.

Texnologik tizimlar germetik bo‘lishi kerak. Asoslangan vaziyatlarda, pasport ma’lumotlari bo‘yicha yonuvchi moddalarni reglamentlangan oqib (sizib) chiqishlari (ish rejimida bu oqib chiqishlarning ruxsat etilgan o‘lchamlarini ko‘rsatilishi bilan) mumkin bo‘lgan asbob-uskunalarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Loyiha hujjatlarida ularni yig‘ish va olib ketish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

TAS va SG bilan kontaktda ishlaydigan texnologik asbob-uskunalarning qo‘zg‘aladigan birikmalarini germetiklash uchun asosan g‘o‘la turidagi zichlagichlar qo‘llaniladi.

Texnologik apparatlar va quvurlarni tashqi issiqlikdan izolatsiyalash zarur bo‘lganda, unga yonuvchi mahsulotlar tushishini himoyalaydigan choralar nazarda tutiladi.

Asbob-uskunalarning tashqi yuzasi va (yoki) issiqlik izolatsiyalash qoplamalari haroratlari portlash-yonish xavfi eng ko‘p bo‘lgan mahsulotlarning o‘z-o‘zidan alangalanish haroratidan oshmasligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘ladigan joylarda esa, bino ichkarisida 40° S dan va tashqi qurilmalarda 60° S dan oshmasligi kerak.

Texnologik asbob-uskunalarning almashish elementlari konstruksiyasi tashuvchi va texnologik muhitni o‘zaro bir biriga o‘tib ketishi imkoniyatiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Issiqlik almashish elementlarining tuzilishi, tayyorlanishi va ishonchliligiga talablar ekspluatatsiyasi va holatining nazorati, sinov tartibi tegishli me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.

Texnologik jarayonlarni olib borish sharoitlari bo‘yicha bug‘ kondensatsiyasi bo‘lgan gaz-faza jarayonli apparaturalar uchun quvurlari uchun, zarur bo‘lganda suyuq fazani yig‘ish va olib ketish uchun moslamalar nazarda tutilishi kerak.

Texnologik asbob-uskunani tozalash bo‘yicha davriy reglamentda belgilangan ishlarni olib borish uchun, odatda, uskunalar ichida odamlarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan gidravlik, mexanik yoki tozalash vositalari nazarda tutiladi.

Portlash-yonish xavfi bor mahsulotli apparatlar suv, bug‘, inert gazi liniyalarini ulash uchun moslamalar bilan jihozlanadi. Apparatlar shamollatish uchun moslamalar bilan ta’minlanishi mumkin.

Ish turi bo‘yicha eksgoguatatsiya jarayonida vibratsiyaga uchraydigan portlash-yonish xavfi bor texnologik tizimlar, asbob-uskunalar va quvurlar uchun, vibratsiyaning — ularning zichlovchi elementlariga ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik va texnologik tizimlar va qurilish konstruksiyalarning o‘zaro bog‘liq elementlariga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha choralar va vositalar nazarda tutiladi.

Ayrim turdagi asbob-uskunalar va ularning elementlari (uzellari va detallari) uchun vibratsiyaning ruxsat etilgan darajasi, bu o‘lchamlarni nazorat qilish usullari va vositalari, hamda ularning qiymatlarini pasaytirish usullari davlat standartlari, me’yoriy hujjatlar talablariga mos bo‘lishi va asbob-uskunalarning texnik hujjatlarida aks etishi kerak.

Ishlab chiqarish binolari va ochiq maydonlarda texnologik asbob-uskunalar, quvur o‘tkazgich armaturalar va boshqalarni joylashtirishda - ulardan foydalanishda xavfsizlik va qulaylik, ta’mir ishlarini olib borish va avariya vaziyatlarini oldini olish yoki avariyani rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun operativ choralarni qabul qilish mumkinligi ta’minlanishi kerak.

Binolarda, tashqi qurilmalarda texnologik asbob-uskunalarni va quvurlarni, shuningdek, estakadalardagi quvurlarni joylashtirish, ularning holatini ko‘z bilan tekshiruvdan o‘tkazish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va almashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish mumkinligi hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.

Portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarishlarda texnologik asbob-uskunalarni quyidagi hollarda joylashtirishga ruxsat etilmaydi: — yordamchi binolar ostida va ustida:

yonuvchi, o‘yuvchi va portlash bor mahsulotli texnologik estakadalari ostida;

ochiq nasos va kompressor qurilmalari maydonchalari ustida, germetik salniksiz nasoslar ishlatilgan, asbob-uskunalarga portlash-yonish xavfi bor moddalarni tushishiga yo‘l ko‘ymaydigan maxsus xavfsizlik choralari amalga oshirilgan hollardan tashqari.

Amaldagi texnologik tizimdan chiqarilgan asbob-uskunalar, agar u portlash xavfi bor va (yoki) II-toifali texnologik bloklar bilan bitta binoda joylashgan bo‘lsa, demontaj qilinishi kerak, qolgan barcha hollarda u amaldagi tizimdan izolatsiyalanishi kerak.

Zanglashda-faol moddalar qatnashadigan portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarishlarning texnologik asbob va quvurlaridan foydalanishda, qo‘llaniladigan konstruksion materiallarni korrozion emirilish tezligini hisobga olib ularni himoya usullari nazarda tutiladi.

Zanglashdagi moddalar bilan kontaktda bo‘ladigan texnologik asbob-uskunalar va quvurlar, asosan korroziyaga chidamli metall konstruksion materiallardan tayyorlanadi.

Asoslangan hollarda, asbob-uskunalar va quvurlarni himoyalash uchun korroziyaga chidamli nometall (metall emas) qoplamalar (ftoroplast, polietelen va shu kabilar) qo‘llash, tadqiqot natijalari bilan tasdiqlangan va seysmikligini hisobga olgan holda, xavfsizlik choralari ishlab chiqilgan holda portlash xavfi bor III-toifali texnologik blokli qurilmalarda esa nometall korroziyaga chidamli materiallardan tayyorlangan asbob-uskunalar va quvurlardan (shisha, chinni, ftoroplast, polietilen va hokazolar) foydalanishga ruxsat beriladi.

Asbob-uskunalar va quvurlarning, emirilmaydigan usullardan foydalangan holda korroziya natijasida emirilish darajasi ustidan nazorat tartibi, nazorat o‘lchovi usullari, davriyligi va uni o‘tkazish joylari aniq ishlatilish sharoitlaridan kelib chiqqan holda (yangi ishlab chiqarishlar uchun maxsus tekshirishlar natijasi bo‘yicha) ishlab chiqarish yo‘riqnomasida aniqlanadi va me’yoriy talablarga muvofiq bajariladi.

Kompressorlarning va nasoslarning tuzilishi va ishlatilishi amaldagi me’yoriy hujjatlar va ushbu Qoidalar talablariga javob berishi kerak. Yonuvchi, qisilgan va suyultirilgan gazlarni, tez (yengil) alangalanadigan va yonadigan suyuqliklarni uzatish uchun ishlatiladigan nasoslar va kompressorlar, ishonchliligi, hamda konstruktiv xususiyati bo‘yicha, kritik parametrlarini, uzatilayotgan mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari va texnologik jarayon parametrlarini hisobga olgan holda, tanlab olinadi. Bunda nasoslar va kompressorlarning soni texnologik jarayonlarning uzluksizligini ta’minlaydigan sharoitlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi; asoslangan hollarda (ishonchlilikni ta’minlanishi hisobi bilan tasdiqlangan) ularning zaxiralari ham nazarda tutiladi.

Nasoslar va kompressorlar blokirovka tizimlarining ishlab ketish tartibi texnologik qurilmaning avariyaga qarshi avtomatik himoyalash tizimining ishlab ketish dasturi (algoritm) bilan aniqlanadi.

Nasos yoki kompressor haydash va so‘rish quvurlarida o‘rnatiladigan berkitish armaturasi unga maksimal yaqinlashtirilgan va xizmat ko‘rsatish uchun qulay bo‘lgan zonada bo‘lishi kerak.

Agarda tashilayotgan moddalarni orqaga qaytishining oldini oluvchi boshqa qurilma bo‘lmasa, haydash quvurlarida qaytma klapan o‘rnatilishi nazarda tutiladi.

Amaldagi me’yoriy-texnikaviy hujjatlar va ushbu Qoida talablariga muvofiq qurilma konstruksiyasida nazarda tutilgan va tayyorlovchi — zavod pasportida ko‘rsatilgan avtomatlashtirilgan nazorat vositalari va blokirovka tizimlari holati nosoz yoki yo‘q bo‘lganda, kompressor qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

TAS (tez alangalanuvchi suyuqlikni) haydash uchun, odatda, ikkita toretsli, asoslangan hollarda esa bitta toretsli qo‘shimcha zichlagichli markazdan qochirma (salniksiz) nasoslar qo‘llaniladi. Suyultirilgan uglevodorodli gazlar uchun, odatda, markazdan qochirma germetik (salniksiz) nasoslar qo‘llaniladi. Ikkita toretsli zichlagichli, tandem turidagi markazdan qochirma nasoslar qo‘llanishiga ruxsat beriladi. Zichlovchi suyuqlik sifatida, odatda, haydaladigan muhitda yonmaydigan va (yoki) neytral ishlatilishi kerak. YoS (yonadigan) uchun nasoslar tarmoq me’yorlari talablariga muvofiq tanlab olinadi.

Ayrim hollarda TAS va YoSni haydash uchun uzatishning kichik hajmiy tezligida, shu jumladan dozalash tizimlarida, porshenli nasoslarni ishlatishga ruxsat beriladi.

Ikkita toretsli zichlagichli markazdan qochirma nasoslar zichlovchi suyuqliklarni sirqishini (sizib chiqishi) nazorat qilish va tizimlari bilan ta’minlanishi kerak. Nasoslarni to‘xtatish, zaxiraga o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar ketma-ketligi va AQAH tizimiga blokirovka zaruriyati, loyihani ishlab chiquvchi tomonidan aniqlanadi.

Nasoslarning va kompressorlarning aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari himoyalanish to‘siqlari va g‘iloflari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

I va II toifali portlash xavfi bor texnologik blokli qurilmalarda torets zichlagichli markazdan qochirma kompressorlar va nasoslar oxirgi qiymatga erishganda ishlab ketadigan signalizatsiya va bu qiymatlardan oshib ketganda ishlab ketishi kerak bo‘lgan AQAH tizimiga blokirovkalar bilan, harorat bo‘yicha podshipniklar holati ustidan nazorat qilish tizimlari bilan ta’minlanishi kerak. Nasosni to‘xtatish va qayta ulash bo‘yicha operatsiyalarning ketma-ketligi loyihani ishlab chiquvchi tomonidan belgilanadi. Kompressorlarning va nasoslarning konstruksiyalari podshipnik harorati datchiklarini o‘rnatilishini tutadi.

Vibratsiya darajasi ustidan davriy nazorat o‘rnatilishi kerak.

Yonuvchi va portlash xavfi bor mahsulotlar uchun quvurlarni va armaturalarni tayyorlash, montaj qilish va ishlatish, tashilayotgan muhitning kimyoviy xususiyati va texnologik parametrlaridan, hamda amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlarning talablaridan kelib chiqqan holda, amalga oshiriladi.

Portlash xavfi bor texnologik tizimlarda suyultirilgan yonuvchi gazlar, bug‘-gaz holatidagi moddalar, tez alangalanadigan suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklarni tashish uchun statsionar quvurlar sifatida egiluvchan shlangalarni (rezinali, plastmassali va shu kabilar) qo‘llash tavsiya etilmaydi. Temir yo‘l va boshqa nostatsionar asbob-uskunalarga quyish va to‘kish operatsiyalarini olib borish uchun, yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun (quvur, nasos uchastkalarini puflash, puflanuvchi gaz va bug‘larni olib ketish, quvurlarni SG, TAS, YoS va x.k. qoldiqlaridan bo‘shatish) egiluvchan shlangalar qo‘llanishi mumkin. Yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun egiluvchan shlangalarni ulash faqat bu ishlarni olib borilish davrigagina ruxsat beriladi. Shlangalarni quvurlarga biriktirish standart bo‘linmalar yordamida amalga oshiriladi.

Shlangalarni tanlash, tashilayotgan mahsulot xususiyati va jarayonni o‘tkazish parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi; shlangalarni ishlatish muddati amaldagi davlat standartlari va me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi va uzaytirilmaydi.

Reglamentlangan parametrlardan og‘ishlarda quvurlarda detonatsion portlashlar yuz berishi mumkin bo‘lgan portlash xavfi bor texnologik tizimlarda, detonatsion portlashlarni va bu quvurlar bilan bog‘liq bo‘lgan apparatlarga portlashlar o‘tishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerak.

Quvurlarni yotqizishda, kommunikatsiyalar uzunligining eng kam qiymati ta’minlanishi, osilib qolishi va turg‘in zonalarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Binolarning qurilish konstruksiyalari va boshqa to‘siqlar orqali quvurlarni yotqizishda, quvurlarga qo‘shimcha yuklanish tushishi imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘riladi.

Quvurlarda, odatda, flanetsli yoki boshqa qismlarga ajraladigan birikmalari bo‘lmasligi kerak.

Flanetsli birikmalarga armaturalar o‘rnatiladigan yoki quvurlar apparatlarga biriktiriladigan joylarda, hamda texnologiya shartlari bo‘yicha quvurlarni tozalash va ta’mirlash uchun davriy ishlab chiqish talab etiladigan uchastkalarda ruxsat beriladi.

Flanetsli birikmalar ko‘z bilan kuzatish, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqish, ta’mirlash va montaj qilish uchun ochiq va qulay joylarga joylashtiriladi. Portlash xavfi bor, zaharli va o‘yuvchi moddalari bo‘lgan quvurlarning flanets birikmalarini odamlar doimo o‘tadigan joylarga va ish maydonchalari ustiga joylashtirishga ruxsat berilmaydi (xodimlarning doimo bo‘ladigan joylarga).

Flanetslar materiali, zichlash konstruksiyasi ishlatish sharoitlarini hisobga olgan holda, tegishli me’yor va standartlar bo‘yicha qabul qilinadi. Quvurlarning flanets birikmalarni tanlab olishda, bu hujjatlarda ko‘rsatilmagan sharoitlarda moddalarni tashish uchun flanetslar materiali va zichlash konstruksiyasi loyiha, konstruktor yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.

O‘z tarkibida I-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga ega bo‘lgan obyektlarda portlash xavfi bor mahsulotli texnologik quvurlar uchun silliq yuzali zichlovchi flanets birikmalarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi, spiral shaklidagi o‘rama qistirma(prokladka)larni qo‘llash bundan istisno.

Zichlash konstruksiyasi, qistirma materiali va flanets birikmalar montaji texnologik tizimni ishlatish, ta’mirlash orasidagi davr ichida bo‘laklarga ajratish, birikmalarning zarur bo‘lgan germetik darajasini ta’minlashi kerak.

Yonuvchi mahsulotli quvurlarni kollektorga biriktirgan joylarda ularni davriy uzish uchun armatura o‘rnatish nazarda tutiladi.

I toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarni quvur kollektorlariga ulashda, asoslangan hollarda ishonchliligini oshirish uchun takrorlovchi o‘chirish moslamalarini o‘rnatish nazarda tutiladi.

Yonuvchi va portlash xavfi bor muhitlarning bloklar orasi quvurlarida har bir alohida texnologik blokni avariya holatida o‘chirish uchun mo‘ljallangan masofadan boshqariladigan berkitish armaturasi o‘rnatiladi. Armatura, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, hamda uning holatini ko‘z bilan nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Qv < 10 ga ega bo‘lgan texnologik bloklar quvurlaridagi dastakli uzatmali armatura, uni minimal vaqtda harakatga keltirishni ta’minlashni hisobga olgan holda o‘rnatiladi.

I-toifali portlash xavfi bor blokli texnologik tizimlarda po‘lat berkitish va berkitish-tartibga solish (rostlash) armaturasi qo‘llanishi kerak.

II va III toifali portlash xavfi bor blokli texnologik tizimlarda, odatda, ishlatilish sharoitlarida va me’yoriy-texnikaviy hujjatlar talablariga, sanoat xavfsizligi, hamda ushbu Qoida bo‘yicha javob beruvchi, ishchi muhit korroziyasi ta’siriga chidamli po‘lat armatura qo‘llaniladi.

Qv ≤ 10 ga ega bo‘lgan texnologik bloklarda, asoslangan holda (maxsus tadqiqot natijalari bo‘yicha), ishlatish sharoitlarida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ishlab chiqishda cho‘yanli va nometall konstruksion materialli (plastik massalar, shisha va boshqalar) armaturalarni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi xavfsizlik choralari sanoat xavfsizligi sohasida amalda bo‘lgan me’yoriy-texnikaviy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.

Portlash-yonish xavfi bor mahsulotlar quvurlarida o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan, zatvorida metall zichlagich ishlatiladigan armatura Davlat Standarti (DST) 9544 “quvurli armatura. Zatvorlarning germetik me’yorlari.” bo‘yicha zichlilikning “V” sinfiga mos bo‘lishi kerak.

Bosimi R >2,5 MPa ga teng bo‘lgan, reglamentlangan bosimda qaynash haroratiga teng haroratga ega muhitli va birikmalari ishonchliligi va zichligi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yilgan 1-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar quvurlarida payvandlab ulanadigan armatura qo‘llanishi kerak.

Texnologik tizimlarda avariyadan ogohlantirish, ularning rivojlanishini oldini olish uchun avariyaga qarshi quyidagi moslamalar qo‘llanishi zarur: armatura, klapanlar, ajratuvchi va boshqa uzuvchi moslamalar, bosim oshib ketishidan saqlovchi moslamalar, alangani so‘ndirish va uning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik vositalari, portlashni so‘ndirish avtomatik tizimi.

Usullarni va vositalarni tanlashni, himoya tizimi elementlarining ishlab ketish ketma-ketligi, avariya kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning rivojlanib ketishini oldini olish texnologik jarayon xususiyatlarini hisobga olgan holda, bu avariyalar rivojlanib ketishi mumkinligi, sxemalar (ssenariylar) tahliliy natijalari va obyektga kiruvchi texnologik bloklarning portlash xavfliligi toifasi bo‘yicha loyiha hujjatlarida va texnologik reglamentda aks ettiriladi.

Portlash xavfi bor barcha toifali texnologik bloklarda va ajratuvchi moslamalar sifatida avariya holatida o‘chirish uchun yonuvchi muhitlarni oksidlovchi moddalarning nisbatini barcha tizimlarida tartibga solishda (rostlashda) tez ta’sir etish va ishonchliligi bo‘yicha talablarga mos bo‘lgan berkitish-rostlash armaturasini qo‘llashga ruxsat beriladi.

Blokni avariya holatida o‘chirishga mo‘ljallangan berkitish armaturasi, klapanlari, ajratgich boshqa moslamalar tez ishga tushishi bo‘yicha quyidagi talablarga javob berishi kerak:

yonuvchi suyuqlikni bug‘lanishi uchun ishlatiladigan issiqlik tashuvchi quvurlarda o‘rnatiladigan o‘chiruvchi tez ishga tushishi loyiha bilan o‘rnatiladi;

I va II toifali texnologik blokli qurilmalar bosimi manbalari, tez ishga tushishi loyiha bilan aniqlanadigan, haydash liniyalaridagi ajratuvchi armaturani ishlab ketishi bilan bir vaqtda o‘chirilishi kerak;

asbob-uskunani avariya holatida germetikligi buzilganda, o‘chirish moslamalarini ishlab ketish vaqti ushbu Qoidaning 39.3-bandi talablariga mos bo‘lishi kerak.

Ingibator va inert moddalarni texnologik apparaturaga berish tizimlarida ishlatiladigan armatura, klapanlar va boshqa moslamalar o‘zining tez ishga tushishi va unumdorligi bo‘yicha:

barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga inert gazini berish tizimlarida, reglamentlangan qiymatlardan jarayonni og‘ishi mumkin bo‘lgan barcha hollarda, portlash xavfi bor aralashmalarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan inert gazni kiritish hajmiy tezligini ta’minlashi kerak;

barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarning ingibator moddalarni kiritish tizimlarida boshqarib bo‘lmaydigan ekzotermik reaksiyalarni so‘ndirish uchun ingibatorlar yuborishning kerakli hajmiy tezligini ta’minlashi kerak;

barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarning yonuvchi bug‘-gaz va suyuq muhitni tartibli chiqarib yuborish kommunikatsiyalarida bu muhitlarni atmosferaga chiqarib yuborish mumkinligiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Asbob-uskunalarga o‘rnatilgan himoya vositalari ishlab ketganda, xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni jarohatlanishi mumkinligini, portlash xavfi bor mahsulotlarni ish joylariga va atrof-muhitga chiqarib yuborilishining oldi olinishi kerak.

Texnologik tizimlarni portlashdan himoyalash uchun qo‘llanadigan armatura, saqlash moslamalari, alangani kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan vositalar bu moslamalarni tayyorlash, sinash va montaj qilish amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq tayyorlanishi kerak.

Sinovdan o‘tgan va tayyorlovchi-zavod pasportiga ega moslamalarni ishlatishga ruxsat beriladi.

Bosim oshishidan apparatlarni va kommunikatsiyalarni himoyalash vositalari tanlash, hisoblash va ishlatish, amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Portlash xavfi bor mahsulotli texnologik apparatlarda (quvurlarda) saqlash moslamalarini o‘rnatishda, ular ishlab ketishining minimal chastotasini ta’minlovchi tadbir va vositalar (shu jumladan, jarayonni avtomatik ravishda tartibga solish-rostlash) nazarda tutiladi.

Alangani tarqalib ketishiga qarshi himoya vositalari (olov to‘sqich, alanga ajratkich, suyuqlikka uchun va boshqalar) TAS va apparat va rezervuarlarning, oluvchi va chiqaruvchi liniyalarda, hamda alanga tarqalishi mumkin bo‘lgan TAS va quvurlarda, shu bilan birga davriy yoki quvurning to‘lmagan kesimida qizdirilgan katalizator, alangali yonuvchi va boshqa manbai asbob-uskunalarning quvurlarida o‘rnatilishi kerak.

Alanga tarqalishiga qarshi himoya vositalari, bu liniyalarga ularda portlash xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan inert gazlarni berish xollarida, o‘rnatilmasligi mumkin. Inert gazlarini berish tartibi reglamentlangan.

Olov va suyuqlikka oid berkituvchilarining konstruksiyalari, ishlatish sharoitlarini hisobga olgan holda, alangani kengayib ketishining ishonchli oldini olinishini ta’minlashi kerak.

Olov va suyuqlikka oid berkituvchilar uchun ekspluatatsiya sharoitlarida, shu jumladan kristallanish, polimerizatsiyalanish va moddalarning muzlash holatlariga imkon bo‘lganda, ularni ishonchli ishlatishini ta’minlovchi choralar nazarda tutiladi.

Bosim ostida ishlayotgan va portlash xavfi bor I toifali bloklarga kiruvchi TASli rezervuarlarda vakuum paydo bo‘lishi imkoniyatida, uni so‘ndirish va portlash xavfi bor muhit hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, rezervuar muhitida bo‘layotganlarga nisbatan inertli gaz berilishi nazarda tutiladi.

Bosimsiz ishlayotgan, portlash xavfi I toifali bloklarda, TASli rezervuarlarda, portlash xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishini oldini olish choralari yoki alangalanish manbalariga yo‘l qo‘ymaslik choralari nazarda tutiladi.

Portlash-yonish xavfi bor texnologik qurilmalarning nosoz yoki o‘chirilgan avariyaga qarshi moslamalari va o‘chirilgan inert va ingibitor moddalarni berish tizimlari bilan ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilmaydi.

Avariyaga qarshi himoya vositalarining, inert va ingibitor moddalarni berish tizimlarining holati davriy ravishda nazorat qilinishi kerak.

Nazoratning davriyligi va uslublari loyiha bilan aniqlanadi va reglamentlanadi.


Download 59,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish