I BOB. KIMYO SANOATINING XALQ XO’JALIGIDAGI O’RNI
1.1. Kimyo sanoatining o’ziga xos hususiyatlari
Kimyo sanoati — og’ir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral o’g’itlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-bo’yoq materiallari, sintetik bo’yoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmog’iga aylanishi sanoat to’ntarishi bilan bog’liq. Sulfat kislota i. ch. bo’yicha dastlabki zavodlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan.
To’qimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar qurildi. Bunday korxonalar — soda zavodlari Fransiyada 1793 y.da (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 y.da (Liverpul), Germaniyada 1843 y.da (Elba bo’yidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864 y.da (Barnaul)da qurildi. 19-asr o’rtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da sun’iy o’gitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi. AQShda K.s. Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo bo’ldi, lekin 1913 y.ga kelib kimyoviy mahsulotlar i.ch. hajmi bo’yicha jahonda 1-o’ringa chiqib oldi.
O’zbekistonda tegishli xom ashyo manbalari bo’lishiga qaramay 20-asrning 30-y.larigacha K.s. deyarli yo’q edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, o’simlik bo’yog’i olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shug’ullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 bo’yoq f-kasi) bo’lgan.
Zamonaviy K.s.ning shakllanishi 1932 y. qadimdan oltingugurt qazib olingan Sho’rsuv oltingugurt koni (Farg’ona vodiysi)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Itti-foqning oltingugurt mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi. K.s.ning eng yirik korxonasi Chirchiq elektr kimyo kti 1940 y. okt.dan mahsulot bera boshladi. Shu yili 608,9 t ammiak, 961,7 t kuchsiz azot kislotasi va 930 t ammiak selitrasi ishlab chiqarildi. 1940 y.da respublikaning jami sanoat mahsuloti hajmida K.s. hissasi 0,8% ni, K.s.da band bo’lgan ishchilar soni sanoat ishchilarining 1% ni tashkil etgan, sanoat i.ch. fondining 7,4% K.s. hissasiga to’g’ri kelgan.
Urushdan keyingi yillarda 1946 y.da Qo’qon, 1957 y.da Samarqand superfosfat zavodlari ishga tushirildi va bu zavodlar respublika q.x.ning fosforli o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga xizmat qildi. Buxoro viloyatida Gazli gaz koni ishga tushirilishi bilan tabiiy gazdan foydalanish asosida 1963 y.da Farg’ona azotli o’g’itlar zavodi, 1964 y.da Navoiyda kimyo k-ti ishlay boshladi.
1958—65 y.larda Olmaliq konmetallurgiya kti qoshida sulfat kislotasi zavodi, Pop rezina oyoq kiyimlari zavodi, Yangiyo’l gidroliz zavodi qurildi. 1965 y.da respublikada birinchi marta Farg’ona azotli o’g’itlar zavodida g’o’za bargini to’kishda ishlatiladigan magnit xlorat defolianti ishlab chikarila boshladi. Jizzaxda plastmassa quvurlar zavodi (1972), 1973 y.da Olmaliqda ammofos ishlab chiqaradigan yirik korxonaning 1-navbati ishga tushirildi.
20-asrning 90-y.lari boshiga kelib O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim o’rinni eg’allagan K.s. barpo etildi. 1990 y.da 1762 ming t mineral o’g’itlar (100% oziq modda hisobi-da), 154,9 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 1735,2 ming t sintetik ammiak, 2859 ming t sulfat kislota, 52,6 ming t kimyoviy tolalar va iplar, 226,2 ming t sintetik yuvish vositalari va sovun (yog’ kislotalari 40% hisobida) va b. mahsulotlar ishlab chikarildi.
1991 y.da respublika K.s. korxonalari negizida "O’zkimyosanoat" konserni tashkil etildi. 1994 y. yanvarda konsern "O’zkimyosanoat" uyushmasiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 y. 13 martdagi "Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" qaroriga muvofiq, "O’zkimyosanoat" ochiq aksionerlik jamiyati (AJ) shaklidagi davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Respublika hukumati tomonidan O’zbekiston K.s. korxonalarini yalpi rivojlantirishning 23 investitsiya loyihalaridan ibo-rat dasturi ishlab chiqildi va ma’qullandi, K.s. korxonalarini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash jamg’armasi tashkil etildi. "O’zkimyosanoat" kompaniyasi tarkibida 34 ta korxona, shu jumladan, 4 qo’shma korxona ishlaydi (shulardan 22 tasi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)ga aylantirilgan) (2002). Ularning 20 dan ko’prog’i yirik zamonaviy korxonalardir.
Mineral o’g’itlar i.ch. respublika K.s.ning asosiy tarmoqlaridan biri. Respublikada q.x. uchun zarur bo’lgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli o’g’itlarni i.ch. yo’lga qo’yilgan. "Elektrkimyosanoat" AJ (Chirchiq), Farg’ona "Azot" i.ch. birlashmasi asosiy turdagi azotli o’g’itlar, "Qo’qon superfosfat zavodi" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq "Ammofos" AJda ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli o’g’itlar ishlab chiqariladi. Respublika K.s. korxonalari bir yidda 2,8 mln. t azotli, 1,25 mln. t fosforli o’g’itlar i.ch. quvvatlariga ega. K.yeda mineral o’g’itlar i.ch. hajmi respublika q.x. ehtiyojlarini to’la ta’minlashi bilan birga ularning bir qismi chetga ham chiqariladi.
Sulfat kislotasi K.s. tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq "Ammofos" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya k-ti, Olmaliq konmetallurgiya k-tida barpo etilgan.
Soda sanoatining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo’lgan korxonasi — Qo’ng’irot soda zavodi qurilishi 1995 y.dan boshlandi (yillik loyiha quvvati 210 ming t soda) va 2004 y.da ishga tushiriladi.
O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, fo’ngitsidlar) Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965 y.dan, magniy xlorat defolianti), Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960 y.dan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika q.x.da o’simliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda ko’llaniladigan oltingugurt kukuni Sho’rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Sho’rtan gaz komplekslarada ishlab chiqariladi.
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq iste’moli tovarlari i.ch.da keng qo’llaniladi. Chirchiq "Elektrkimyosanoat" AJda kaprolaktam (1980 y.dan, yillik quvvati 70 ming t), Farg’ona kimyoviy tolalar zavodi (1959)da atsetat iplar, "Navoiyazot" AJda akril tolalari (1974 y.dan; yillik quvvati 23 ming t dan ko’proq), Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida sellyuloza atsetati (yillik quvvati 42 ming t) ishlab chiqariladi. Farg’ona furan birikmalari zavodi (1946)da sellyuloza mustaqilligini ta’minlash bo’yicha paxta lintidan sellyuloza i.ch. ga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan. Farg’ona kimyoviy tolalar zavodida kaprolaktamni qayta ishlab, kapron va iplar tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar bor.
K.s.da gidroliz korxonalari Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardan qurila boshladi. Farg’ona furan birikmalari (1946), Yangiyo’l biokimyo (1952), Andijon gidroliz (1953) zavodlarida asosiy xom ashyo — chigit shulxasi, sholi qobig’idan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (hamirturush), furil spirti, ksilit, laprol va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. 90-y.lar boshidan bu korxonalarda g’alladan oziqovqat (etil) spirti i.ch. o’zlashtirildi: "Andijon biokimyo zavodi" AJ (sobiq gidroliz zavodi) da yillik quvvati 915 ming dal (1994), "Qo’qonspirt" AJda 1800 ming dal (1995) va "Yangiyo’l biokimyo zavodi" AJda 915 ming dal (1996) etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoklarini respublikaning o’zida ishlab chikarilgan spirt bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming t ga yaqin karbon kislotalari ham ishlab chiqariladi. "Andijon biokimyo zavodi" AJda 1992 y.dan quruq xlorella biomassasini tayerlash yo’lga qo’yilgan.
Rezina mahsulotlari Angren "Rezinatexnika" AJ (1975)da ishlab chiqariladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan "Rezinatexnika" AJ 1987 y.dan xalq iste’moli tovarlari i.ch.ga o’tdi. 1992 y.dan birlashmada yengil avtomobil shinalarini tayerlash o’zlashtirildi. 1996 y.dan yiliga yengil avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |