Kimyo sanoatida yong'inlarni o'chirishni tashkil qilish



Download 59,36 Kb.
bet5/8
Sana07.01.2022
Hajmi59,36 Kb.
#325875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KIMYO SANOATIDA YONG'INLARNI O'CHIRISHNI TASHKIL QILISH

Umumiy talablar.

Asoslangan texnologik maqsadga muvofiqlikda texnologik jarayonini ishlab chiqish, texnologik chizmalarni alohida texnologik bloklarga bo‘lish, ularning apparaturali jihozlash, o‘chiruvchi uskunalarning turini va ularni o‘rnatish joylarini, nazorat, boshqarish va avariyaga qarshi himoya vositalarini tanlash, texnologik tizimga kiruvchi texnologik bloklarning portlash xavfliligi minimal darajasini ta’minlashi kerak.

Loyiha tashkiloti tomonidan har bir texnologik blokning energetik darajasini baholash amalga oshiriladi va uning portlash xavfligining toifasi hisoblash bilan aniqlanadi (Ushbu qoida 1-ilovasi), tadbirlarning va texnik himoya vositalarining samaradorligiga va mustahkamligiga, ushbu blokning va umuman to‘liq barcha texnologik tizimning portlash xavfsizligini ta’minlashda ularning layoqatliligini asoslab beradi.

Hisoblash bilan aniqlanadigan portlash xavfi bor bloklarning toifasini, agarda texnologik blokda ishlatilayotgan moddalar (xom-ashyo, yarim mahsulot, tayyor mahsulot)ni davlat standarti GOST 12.1.007 “Zaharli moddalar. Xavfsizlik tasniflanishi va umumiy talablar” bo‘yicha 1 yoki 2-sinf xavfliligiga tegishli bo‘lsa yoki o‘tkir yo‘naltirilgan harakat mexanizmiga ega bo‘lsa, bir pog‘ona yuqori deb qabul qilish kerak.

Texnologik apparaturada zararli moddalar yoki ularning hosil bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘lsa, portlashda, yong‘in va boshqa halokat sodir bo‘lgan holatlarida xodimlarni bu moddalar ta’siridan zarur himoya qilish choralari tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi.

Portlash-yonish xavfi bor texnologik jarayonlarni olib borilishi mahsulotlar ishlab chiqarilishida texnologik reglamentlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va kelishish hamda ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.

Texnologik chizmaga, apparaturali jihozlashga, nazorat, aloqa, xabar berish va halokat sodir bo‘lishiga qarshi avtomatik himoya AQAH (Avariyaga Qarshi Avtomatik Himoya) tizimlariga o‘zgartirish kiritish, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari bo‘yicha sanoat xavfsizligida ekspertizaning ijobiy xulosasi bor bo‘lsa, loyiha ishlab beruvchilar yoki shunday obyektlarni loyihalashtirishga ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishilgan holda, loyiha va texnik hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, amalga oshirilishi mumkin. Kiritilgan o‘zgartirishlar to‘liq barcha texnologik tizimning ishchanligiga va xavfsizligiga salbiy ta’sir qilmasligi kerak.

Suyuq yoki qattiq holdagi suyultirilgan PM (portlovchi moddalarni) olish, qayta ishlash va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar va alohida texnologik jarayonlar uchun me’yoriy hujjatlarga muvofiq portlashda himoyalash va portlashni ogohlantiruvchi choralar ishlab chiqiladi.

Texnologik bloklarning I toifali portlash xavfliligini o‘z tarkibiga ega bo‘lgan korxonalarda, yangi texnologik jarayonlar yoki ularning alohida bosqichlarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba ishlarini, yangi ishlab chiqilayotgan asbob-uskunalarning asosiy namunalarini sinashni (tajriba qilish), avtomatizatsiya vositalari va tizimini sinab ko‘rishni belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Texnologik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir portlash-yonish xavfi bor obyektlar uchun korxona tomonidan halokat sodir bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik rejalari ishlab chiqiladi, unda halokat sodir bo‘lish holatlarini bartaraf qilish va halokat haqida ogohlantirish bo‘yicha xodimlarning harakatlari nazarda tutiladi, agar ular kelib chiqqanida og‘ir oqibatlarini yo‘q qilish va maksimal kamaytirish, hamda bu sharoitda ishlatiladigan texnik tizim va vositalar nazarda tutiladi.

Halokat sodir bo‘lish holatlarini yo‘q qilish rejalari “O’ZKIMYOSANOAT” DAK va “O’ZBEKNEFTGAZ” MXK(RPA) korxonalarining portlash-yonish xavfi bor obyektlarida halokat sodir bo‘lish holatlarini yo‘q qilish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalari”ga muvofiq tayyorlanadi.

Portlash-yonish xavfi bor korxonalarda noxush voqealarni taftish qilish, me’yoriy texnologik tartibdan xavfli chekinish sabablarini tahlil qilish va bu me’yorlarga rioya etishni nazorat qilinishi Davlat “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasining qo‘llanadigan hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

“Sanoatkontexnazorat”ning nazorati ostidagi obyektlarda ishlab chiqarishdagi jarohatlanish, halokat hodisalari sodir bo‘lsa, belgilangan tartibda tekshirish (surishtiruv) va hisobga olish ishlari amalga oshiriladi.

Sanoat xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy-texnikaviy hujjatlardagi talablar bo‘yicha xodimlarni o‘qitish, yo‘riqnoma (ko‘rsatma) berish va attestatsiyadan o‘tkazish va mustaqil ishga qo‘yish tartibi “O’ZKIMYOSANOAT” DAK korxonalarida ishlovchilarning texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma berish, o‘qitish va bilimlarini sinash tartibi haqidagi Nizom RX-003-06(RD-003-06) bilan aniqlanadi.

Ishlarni bajarishda xavfsizlik amaliy ko‘nikmalarini olish, portlash xavfi I va II toifali bloklari bor texnologik obyektlarda avariyalar haqida ogohlantirish va ularning oqibatini yo‘q qilish uchun bu obyektlarda texnologik jarayonni olib borish va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bevosita band bo‘lgan barcha ishchilar va muhandis-texnik xodimlar zamonaviy o‘qitish texnika vositalaridan foydalangan xolda tayyorgarlik kursini o‘tadilar va ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar (trenajyorlar, o‘quv mashg‘ulot poligonlari va boshqalar). Ushbu maqsadda belgilangan tashkilotlar haqiqiy dinamik modeli maksimal yaqinlashtirilgan jarayonini va haqiqiy boshqaruv vositalarini o‘z ichiga olgan kompyuter trenajyorlariga ega bo‘lishi kerak (funksional klaviaturalar, jadval ekran shakllari va boshqalar). Kompyuter trenajyorlarda o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda texnologik jarayon va boshqaruv tizimi namunaviy va shtatsiz kutilmagan va avariya vaziyatlarida ishga tushirish, rejali va avariyali to‘xtatishni o‘zlashtirilishini ta’minlashi kerak.

Xodimlarni mustaqil ishga tushishiga ruxsat berish, olib borilgan o‘qitish va treninglar natijalarini hujjatlarda rasmiylashtirilishiga muvofiq amalga oshiriladi.

Boshlang‘ich trening xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmalarni (obyektlarni) ishga tushirish, me’yorida ishlash, kutilmagan va avariya vaziyatlarida rejali va avariyali to‘xtashlaridagi harakatlari bo‘yicha bilimlarini va ko‘nikmalarini o‘zlashtirilishini o‘z ichiga olishi kerak. Boshlang‘ich treningdan ushbu qurilma obyektga yangidan qabul qilinayotgan barcha xodimlar ishga tushishga ruxsat berilishidan oldin ushbu qurilmada kamida ikki yil mustaqil ishlash staji bor barcha ishchilar o‘tishi kerak.

Takroriy trening boshlang‘ich trening kabi xuddi o‘sha dastur bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishini o‘z ichiga olishi kerak va undan bir oydan ko‘proq ishda bo‘lmagan barcha xodimlar o‘tishi kerak.

Davriy trening xizmat ko‘rsatilayotgan qurilma obyektini ishga tushirish, kutilmagan va halokat sodir bo‘lish vaziyatlarida, rejali va halokatli to‘xtatishdagi harakatlari ko‘nikmalarini o‘zlashtirilishini o‘z ichiga olishi kerak. Davriy treningdan yarim yilda bir marotaba barcha xodimlar o‘tadilar.

Korxona obyektlarni ishga tushirish, me’yorda ishlash, rejali va avariyali to‘xtatishda ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun dasturlar texnologik reglamentlar va boshqa texnologik me’yorlar asosida ishlab chiqiladi.

Kutilmagan va avariyali vaziyatlarda ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun dasturlar ssenariylar asosida ishlab chiqiladi. Yangi yaratilayotgan va qayta ta’mirlanayotgan obyektlar uchun ssenariylar, loyiha ishlab (chizib) beruvchi loyiha tashkiloti ishlab berishi kerak, ishlayotgan korxonalar uchun loyihani ishlab beruvchi — loyiha tashkiloti bilan yoki ushbu texnologik jarayonni loyihalashtirishga ixtisoslashgan loyiha tashkiloti bilan kelishilganligi bo‘yicha xavfli korxona obyektlardan foydalanayotgan tashkilot tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin.

Texnologik va yordamchi asbob-uskunalardan, quvurlardan va armaturalardan, nazorat tizimidan, halokatga qarshi himoyasidan, aloqa va xabar berish, energiya ta’minoti, vositalaridan hamda bino va inshootlardan: foydalanish va ta’mirlashni ishonchli va xavfsiz darajada olib borish bo‘yicha ishlarni tashkil; texnik xizmatlar orasida texnika xavfsizligi talablarini ta’minlash uchun (texnologiya, mexanika, energetika, nazorat-o‘lchash asboblari va avtomatika va boshqalar) vazifalarni javobgarlik chegaralarini taqsimlash, hamda foydalanish, ta’mirlash va boshqa texnika hujjatlarining ro‘yxati va hajmlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining qoidalari, me’yorlari, qarorlari va boshqa rahbarlik hujjatlariga, davlat standartlariga va boshqa me’yorlarga asoslangan holda sanoat xavfsizligini ta’minlovchi talablarni belgilaydigan tashkilotning buyruqlari yoki boshqa farmoyish hujjatlari bilan belgilanadi.




Download 59,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish