Kimyo sanoatida yong'inlarni o'chirishni tashkil qilish


Texnologik jarayonlarda portlash xavfsizligini ta’minlashga talablar



Download 59,36 Kb.
bet6/8
Sana07.01.2022
Hajmi59,36 Kb.
#325875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KIMYO SANOATIDA YONG'INLARNI O'CHIRISHNI TASHKIL QILISH

Texnologik jarayonlarda portlash xavfsizligini ta’minlashga talablar.

Har bir texnologik tizimlar uchun texnologik bloklarda portlash xavfsizligining maksimal kamaytirish bo‘yicha choralar nazarda tutilishi kerak, unga quyidagilar kiradi:

texnologik asbob-uskunalar ichida portlash va yong‘inlarning oldini olish;

texnologik asbob-uskunalarni buzilishlardan himoya qilish va avariya holatlaridagi germetiklikni buzilishida undan atmosferaga yonuvchi moddalarni maksimal darajada otilib chiqishini cheklash;

korxona (ishlab chiqarish) binolari, inshootlar va tashqi qurilmalar hajmida portlash va yong‘inlar sodir bo‘lish imkoniyatlariga yo‘l qo‘ymaslik;

ishlab chiqarish binolari, va tashqi qurilmalar hajmida portlash va yong‘inlarning og‘ir oqibatlarni kamaytirish.

Texnologik jarayonlar shunday tashkil etilishi kerakki, undagi parametrlarning reglamentlangan qiymatlarida tizimda portlash imkoniyatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Portlash xavfliligini aniqlovchi jarayon parametrlarning reglamentlangan qiymatlari, ularning o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladigan diapazon, jarayonni o‘tkazishni tashkil etish (apparaturali jihozlash va texnologik apparatlar konstruksiyalari, ishlatilayotgan moddalarning fazoviy holati, gidrodinamik rejimlar va boshqalar) jarayonni (tayyorlovchi) ishlab chiquvchi tomonidan parametrlarning kritik qiymatlari yoki jarayonda ishtirok etayotgan moddalar majmui haqidagi ma’lumotlar asosida jarayonni ishlab chiquvchi tomonidan o‘rnatiladi.

Xar bir texnologik jarayon uchun parametrlarning kritik qiymatlarining majmui aniqlanadi. Parametrlarning o‘zgarishga ruxsat etilgan diapazoni texnologik jarayonning tavsifini hisobga olgan holda belgilanadi.

Boshqaruv tizimining texnologik tavsifi va Avariyaga Qarshi Avtomatik Himoya talab etilgan diapazonda (asboblarning aniqlik toifasi, o‘lchash tizimi inertliligi, o‘lchash diapazoni va boshqalar) jarayon parametrlari qiymatining o‘zgarishligiga mos kelishi kerak.

Parametrlarning belgilangan chegaradan tashqariga chiqish usul va vositalari, ishlab chiqarish (korxona)dagi loyiha hujjatlari va texnologik reglamentlarda keltiriladi;

a) Alohida texnologik jarayon yoki uning bosqichlarini portlash-yonish xavfsizligi sharoitida olib borish quyidagicha ta’minlanadi:

portlash-yonish xavfi bor aralashmalar eki mahsulotlar hosil bo‘lishini maksimal kamaytirish yoki yo‘l qo‘ymaslik sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘zaro ta’sirdagi komponentlarni ratsional tanlash;

komponentlarni dozalashni ratsional rejimini tanlash, reglamentlangan qiymatlardan ularning o‘zaro nisbatining og‘ishi imkoniyatlaridan saqlash (oldini olish) va tizimda portlash xavfi bor konsentratsiyalar hosil bo‘lishini oldini olish;

fizikaviy-kimyoviy jarayondan kelib chiqqan holda, ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan belgilangan, zarur bo‘lgan vaqtda texnologik muhitga qo‘shimcha moddalarni inert suyultirgich — flegmatizatorlar, inert suyultirish hosil bo‘lishiga olib keluvchi moddalar yoki portlash-yonish xavfi bor aralashmalarni hosil qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar olib kirish bilan;

jarayonining gidrodinamik tavsifini (muhitning hamda komponentlarning aralashtirish, harakatlanish usullari va rejimi, oqimning bosimi va tezligi) va issiqlik almashish tavsifini (issiqlik bosimi, issiqlik uzatish koeffitsiyenti, issiqlik almashish yuzasi va shu kabilar), apparatlarning geometrik parametrlarini va boshqalarni ratsional tanlash bilan;

portlash xavfi bor aralashmalarni hosil bo‘lishini kamaytiruvchi yoki yo‘l qo‘ymaydigan fazo holatidagi komponentlarni ishlatish bilan;

portlash-yonish xavfini kamaytiruvchi texnologik muhit holatining parametrlari qiymatini (tarkib, bosim, harorat);

ishonchli energiya ta’minotini tanlash bilan.

b) Texnologik tizimning portlash-yonish xavfsizligi quyidagi optimal sharoitlar bilan ta’minlanadi:

loyihalash bosqichida aniqlanadigan minimal imkoniyatlarga ega nisbiy energetik potensiali (Qv) bilan unga kiruvchi texnologik bloklar texnologik tizimni ratsional tanlash bilan;

portlash xavfsizligi darajasini kamaytirishga imkon berilishi bilan alohida texnologik operatsiyalarni jarayonlar yoki bosqichlar qatoriga taqsimlash (bo‘lish) (bir nechta bosqichga komponentlarni aralashtirish, jarayonlarni reaksion va massa almashishga bo‘lish va boshqalar) yoki bir nechta jarayonlarni bitta texnologik operatsiyaga jamlash (birlashtirish) (reaksion reaksion bilan, reaksion massa almashish bilan va boshqalar) bilan;

keyingi operatsiyalarda portlash-yonish xavfi bor muhit kelib chiqishini oldini olish maqsadida texnologik tizimga qo‘shimcha jarayon yoki bosqich kiritish (portlash-yonish xavfi bor aralashma hosil bo‘lish imkonini beruvchi aralashmalardan tozalash yoki keyingi bosqichlarda xavfsizlik (muhitini) darajasini oshirish va boshqalar) bilan.

Tarkibiga, davriy harakatdagi, alohida apparatga kiruvchi, uzluksiz harakatdagi texnologik tizim uchun uzluksiz texnologik liniyalardan davriy harakatdagi apparatlarni o‘chirish (yoqish)da reglamentli operatsiyalar olib borishda portlash xavfsizligini ta’minlovchi choralar hamda o‘chirishdan so‘ng ularda olib boriladigan operatsiyalar nazarda tutiladi.

Texnologik jarayon olib borilishida reglamentlangan rejimdan og‘ishda portlash-yonish xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishi texnologik qurilmalar (asbob-uskunalar, quvurlar, apparatlar, texnologik ehtimoli bor liniyalar va boshqalar) inert gazlar, flegmalashtiruvchi qo‘shimchalarni uzatish tizimlari bilan yoki portlash xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishini yoki yong‘in chiqish manbai bor bo‘lganda, ularda portlash imkoniyatlarini oldini oluvchi boshqa texnika vositalar bilan ta’minlanadilar. Inert gazlari va flegmalashtiruvchi qo‘shimchalarni uzatish tizimini boshqarishda texnologik jarayonni olib borishdagi o‘ziga xos xususiyatlariga qarab masofadan boshqarish amalga oshiriladi (qo‘lda yoki avtomatik ravishda). O‘z tarkibida I va II toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga ega ishlab chiqarishlar uchun inert muhitlar uzatishni avtomatik boshqarish III toifa texnologik blokli ishlab chiqarishlar uchun avtomatik emas, masofadan boshqarish nazarda tutiladi, QB < 10 da joyi bo‘yicha qo‘lda boshqarishga ruxsat beriladi.

Asbob-uskunalarni (apparatlar, quvur qismlari va boshqalar) ishga tushirish yoki to‘xtatishda texnologik tizimlarini portlash xavfsizligini ta’minlash uchun portlash xavfi bor aralashmalar tizimda hosil bo‘lishini oldini olishga maxsus choralar (shu jumladan inert gazlar bilan puflash) nazarda tutiladi.

Loyiha hujjatlarida texnologik o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va harakatsiz zonalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni inert gazlari bilan puflash usullari, asbob-uskunalarni ishga tushirish va to‘xtatish rejim va tartibi reglamentlanadi.

Puflash samarasini nazorat qilish, chiqib ketayotgan gazlarda kislorod va (yoki) yonuvchi moddalar miqdori bo‘yicha avtomatik rejimda yoki namunalarni davriy olish usuli bilan, puflash jarayonini o‘tkazishning aniq shartlarini hisobga olgan holda, amalga oshiriladi.

Har bir texnologik obyekt uchun inert gazlarning va ularni transportda tashish usuli texnologik tizimning ishlash xususiyatlari, bir paytda yuklashni hisobga olgan holda tanlanadi va loyiha bilan aniqlanadi. Inert muhitlarining parametrlari texnologik jarayonni xavfsizligini ta’minlash sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Texnologik tizimlar ko‘rsatkichlarni va halokat sodir bo‘lish oldi (zarur bo‘lganda — ogohlantiruvchi) signalizatsiyalarni ro‘yxatga olish orqali jarayonni portlash xavfsizligini aniqlovchi parametrlarini nazorat qilish vositalari bilan, hamda avtomatik boshqarish va avariya sodir bo‘lishiga qarshi himoya vositalari bilan ta’minlanadilar.

Avtomatizatsiya tizimlariga va vositalariga talablar ushbu qoidaning VI-bobi bilan belgilanadi.

Agarda u yoki bu parametrlar bo‘yicha avtomatik nazorat va berilgan diapazonda boshqarish mumkin bo‘lmasa, unda jarayonni portlash xavfsizligini ta’minlovchi usullar va vositalar, jarayonni olib borish sharoitlarini hisobga holda, har bir aniq holat uchun belgilanadi.

Portlash xavfi bor texnologik jarayonlar uchun, ishlashning barcha rejimlarida reglamentlar nazarda tutilgan jarayonning ruxsat etilgan parametrlarining oxirgi darajadagi parametr qiymatidan og‘ishida avariya holatlarini ogohlantiruvchi va xavfsiz to‘xtatish yoki berilgan dastur bo‘yicha jarayonni xavfsiz holatga o‘tkazishni ta’minlovchi avariyaga qarshi avtomatik himoyaning tizimlari nazarda tutiladi.



Download 59,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish