Kimyo sanoati chiqindilarini qayta ishlash Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash



Download 196,03 Kb.
bet10/63
Sana20.03.2022
Hajmi196,03 Kb.
#504145
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Bog'liq
e-k-m

Ekologiyaning matematik modeli

Ekologiyaning matematik modeli 1931 y. V. Volterru tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, uning eng sodda ko`rinishi u yirtqich-o`lja va parazit-xo`jayin munosabatlariga asoslangan.


O`ljaning ko`payishi u bilan oziqlanuvchi yirtqichning ko`payishiga olib keladi, yirtqichning ko`payib ketishi bilan o`lja kamayib qoladi, o`ljaning kamayishi esa yirtqichlar sonining ham kamayishiga olib keladi.
Parazit-xo`jayin munosabatlari ham shunday printsipda boradi. Bunga qishloq xo`jalik zararkunandalari va ularning ichiga yoki tuxumi ichiga tuxum qo`yib ko`payadigan foydali hasharotlarni misol qilish mumkin.


Ekotizimlar dinamikasi va suktsessiyasi

Biotsenozlarning barchasi ham o`zgarib turuvchan bo`lib, bu o`zgarishlar 2 xil bo`ladi:


1)davriy o`zgarishlar
2)ilgarilama o`zgarishlar

Davriy o`zgarishlarga tashqi muhitdagi sutkalik, mavsumiy va yillik o`zgarishlar kiradi. Sutkalik o`zgarishlar organizmlarning aktivligiga ta'sir qiladi. Masalan, O`rta Osiyo cho`llarida yozning jazirama kunlarida tush payti aktivlik keskin pasayadi, kechqurun va ertalab u keskin oshadi.
Mavsumiy o`zgarishlar organizmlarning nafaqat aktivligiga, balki ularning soniga ham ta'sir qiladi. Bunga hayvonlarning bahorda ko`payishi, ko`zda ko`pchilik qushlarning issiq mamlakatlarga ketib qolishi kabilar misol bo`ladi.
Biotsenozlardagi ilgarilama o`zgarishlar undagi organizmlar soni va tarkibini qisman yoki to`liq o`zgatirishga olib keladi. Ular organizmlar jamoasiga muhit omillarining uzoq davom etadigan bir tomonlama ta'siridan kelib chiqadi. Bunga misol qilib atrof muhiti o`ta ifloslangan joydan aholining ko`chib ketishini keltirish mumkin.
Ilgarilama o`zgarishlar ba'zi hollarda ancha chuqur bo`lib, biotsenoz butunlay o`zgarib ketadi. Masalan, havoning davomiyli kuchli ifloslanishi u joyning suvi va tuprog`ini ham ifloslanishga olib kelishi mumkin. Bunday hodisaga digressiya ya'ni biotik jamoalar holatining yomonlashuvi deyiladi. Buning natijasida u joydan nafaqat odamlar ketib qoladi. Balkim suv va tuproqdagi organizmlar ham qirilib ketib, biotsenoz kambag`allashib qoladi. Bunday chuqur o`zgarishlarga ekzogen o`zgarishlar ham deyiladi.
Bundan tashqari tabiatda endogen o`zgarishlar ham bor-ki, ularning natijasida biotsenozning tarkibi birin-ketin o`zgara boradi. Masalan, tog`dagi yalong`och toshlar tabiiy omillar ta'sirida sekin-asta yemrilaboshlaydi. Bunga sabab, ularning sirtida paydo bo`lgan lishayniklar quyosh radiatsiyasi, harorat va namlik ta'sirida toshni yemiradi. Yemirilgan tosh ustida dastavval petrobiont (toshsevar) o`simliklar o`sadi. Keyinchalik toshlar to`liq yemirilib adirlar paydo bo`lgach, bu yerlarning tuprog`iga mos keladigan boshqa o`simliklar o`sadi. Bu joylarning hayvonot dunyosi ham o`simliklarga mos ravishda o`zgarib boradi. Biotsenozlarning ma'lum tartibda almashinishi ekotizimlar suktsessiyasi deyiladi. Ekotizimlar suktsessiyasi geobotanikada ekogenetik suktsessiya deyiladi, chunki bunda o`sha joyning ekologik sharoitlari birin-ketin o`zgaraborib, natijada bu joyda oldingisidan butunlay farq qiladigan ekotizimlar vujudga keladi.
Barcha holatlarda ham suktsession o`zgarishlar tezligi keyinchalik sekinlashadi va nihoyat to`xtaydi. Bu vaqtda u joydagi biotsenoz to`liq shakllangan bo`ladi. Suktsession o`zgarishlarning to`xtab qolishga suktsessiyaning klimaksi deyiladi. Bunday biotsenozlarda organizmlar o`rtasidagi raqobat pasayib, moddalar aylanish tartibga tushadi.

Download 196,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish