TARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI. FOIZGA ASOSLANIB FORMULA TOPISH.
1. Tarkibida marganesning massa ulushi 49%, kislorodniki 51% bo’lgan oksid formulasini ko’rsating.
A) Mn2O3 B) Mn2O7 C) MnO D) MnO3
2. Tarkibida azotning massa ulushi 63,63%, kislorodniki esa 36,37% bo’lgan azot oksidining formulasini ko’rsating. 1) N2O 2) N2O3 3) N2O5 4) NO
A) 1 B) 4 C) 2 D) 3
3. Tarkibida marganesning massa ulushi 49%, kislorodniki 51% bo’lgan oksid formulasini ko’rsating. A) Mn2O3 B) MnO2 C) Mn2O7 D) MnO3
4. Jez tarkibida 60% Cu, 40% Zn bo’lsa, uning formulasini toping.
A) Cu2Zn B) Cu3Zn2 C) CuZn D) Cu2Zn3
5. Vodorod, azot va kislorodning moddadagi massa ulushlari tegishlicha 6,25; 43,75 va 50% ga teng. Shu moddaning eng oddiy formulasini aniqlang.
A) nitrit kislota; B) azot (IV) oksidning monogidrati; C) nitrat kislota; D) ammoniy nitrit.
6. Kumushning massa ulushi 87% bo’lsa, alyuminiy bilan kumush birikmasining formulasini aniqlang. A) Ag4Al2 B) AgAl2 C) Ag5Al3 D) Ag3Al2
7. Qalay xlorid tarkibida 37,4% xlor bo’lsa, qalay xloridning formulasini aniqlang.
A) SnCl4 B) SnCl C) SnCl2 D) SnCl5
8. Qalay bilan natriy birikmasida 20,5% natriy bo’lsa, birikmaning formulasini aniqlang.
A) Na2Sn B) Na2Sn3 C) Na4Sn3 D) Na4Sn2
9. Fosforning ftorli birikmasi tarkibidagi ftorning massa ulushi 0,65 bo’lsa, modda formulasini toping. A) PF5 B) PF3 C) H[PF6] D) H[PF4]
10. Fosforning ftorli birikmasi tarkibidagi ftorning massa ulushi 0,78 bo’lgandagi modda formulasini. A) H[PF6]; B) P2F10; C) PF5; D) H[PF4].
11. Tarkibida azotning massa ulushi 63,63%, kislorodniki esa 36,37% bo’lgan azot oksidining
formulasini ko’rsating. 1) N2O; 2) N2O3; 3) N2O5; 4) NO; 5) NO2;
A) 3;5 B) 4 C) 2;4 D) 1
12. Modda tarkibida massa ulushlari 1,90% vodorod, 67,62% xlor va 30,48% kislorod bo’lsa, modda formulasini toping.
A) HCIO4 B) HCIO C) HCIO3 D) HCIO2
13. G’o’za bargini to’kish uchun ishlatiladigan kalsiy sianamid tarkibida 50% kalsiy, 15% uglerod va 35% azot borligi ma’lum. Birikmaning formulasini toping.
A) CaCN2 B) Ca2CN C) Ca(CN)2 D) Ca3(CN)2
14. Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha:
H -1,59%, N -22,22%, O -76,19%. Shu birikmaning formulasini aniqlang.
A) nitrit kislota B) nitrat kislota C) ammoniy nitrit D) ammoniy gidroksid
15. Azot oksidlaridan birining tarkibida 30,4% azot bor. Shu oksid nomini aniqlang. [Ar(N)=14]
A) azot (IV) oksid; B) azot (II) oksid; C) azot (V) oksid; D) azot (I) oksid.
16. Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha;
H-2,13%; N-29,78%; O-68,1%. Shu birikmaning formulasini aniqlang.
A) nitrit kislota; B) nitrat kislota; C) ammoniy nitrit; D) ammoniy gidroksid.
17. Yuqori oksidi R2O7 bo’lgan qaysi elementning vodorodli birikmasida 1,23% vodorod bo’ladi?
A) brom; B) ftor; C) yod; D) xlor.
18. Yuqori oksidi RO3 bo’lib, uning vodorodli birikmasida 2,47% vodorod bo’lsa, bu qaysi element?
A) Te B) Se C) S D) Cr
19. Eng yuqori oksidi E2O5 bo’lgan gidrididagi vodorodning massa ulushi 3,85% ni tashkil etgan
elementni toping.
A) As B) Sb C) Bi D) P
20. Yuqori oksidi R2O7 bo’lgan elementning vodordoli birikmasida 0,78% vodorod bo’lsa, bu qanday element?
A) marganes; B) yod; C) xlor; D) brom.
21. Yuqori oksidi EO3 formulaga ega bo’lgan va vodorod bilan 2,47% vodorodli birikma hosil qiladigan element nomini toping.
A) Se B) S C) Po D) Te
22. To’rtinchi guruh elementlaridan birining kislorodli birikmasi tarkibida 53,3% kislorod borligi
aniqlangan bo’lsa, shu elementning nomi nima?
A) Si; B) C; C) Sn; D) Ge.
23. Beshinchi guruh elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 3,85% vodorod bor. Birikmaning molyar massasini toping.
A) 78 B) 54 C) 75 D) 124
24. Beshinchi gurux elementining eng yuqori oksidi tarkibida 34,8% kislorod bo’lsa, bu qaysi element? A) fosfor B) azot C) mishyak D) vanadiy
25. Oltinchi gurux elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 5,9% vodorod bor. Bu qanday element? A) S B) Se C) Cr D) Te
26. Vodorodli birikmasining formulasi HE bo’lgan elementning yuqori oksidi tarkibida 61,2% kislorod bor. Bu qaysi element? A) xlor; B) astat; C) ftor; D) yod.
27. Vodorodli birikmasining formulasi HE bo’lgan elementning yuqori oksidi tarkibida 41,17% kislorod bor. Bu qaysi element? A) ftor B) brom C) xlor D) yod
28. Olti valentli element oksidi tarkibida 33,3% kislorod bor. Shu elementni aniqlang.
A) Mo B) Mn C) Cr D) Fe
29. Tarkibida 40% kislorod bo’lgan ikki valentli metall oksididagi metallning molyar massasini toping. A) 40 B) 24 C) 16 D) 64
30. Moddaning molyar massasi 44 ga teng. Uning tarkibidagi elementlar: azot 63,63%, kislorod 36,37%. Shu moddaning molekulyar formulasini aniqlang.
A) NO B) NO2 C) N2O3 D) N2O
31. Azot oksidlaridan birida azot bilan kislorodning massa ulushlari 7:20 nisbatda bo’ladi. Shu oksidning formulasini chiqaring.
A) N2O B) N2O5 C) N2O3 D) N2O4
32. Xlor oksidlaridan birida kislorodning 112 og’irlik qismiga xlorning 71 og’irlik qismi to’g’ri keladi. Xlorning atom massasi 35,5 ga teng bo’lsa, bu birikmaning formulasi va undagi xlorning valentligi qanday?
1) Cl2O; 1 ; 2) Cl 2O3; 3 ; 3) Cl 2O5; 5 4) Cl2O7; 7 ; 5) ClO2; 4
A) 5 B) 1 C) 2 D) 4
33. Tarkibida massa ulushi 31,84% bo’lgan bir valentli metall, 39,18% kislorod va qolgani xlordan iboratmoddaning formulasini toping.
A) LiClO3 B) KClO4 C) NaClO2 D) KClO3
34. Tarkibi 43,39% natriy, 11,33% uglerod va 45,28% kisloroddan iborat bo’lgan moddadagi atomlar nisbati qanday bo’ladi?
A) 2:1:3 B) 1:1:3 C) 2:1:2 D) 1:2:3
35. Tarkibi 94,12% kislorod va 5,88% vodoroddan iborat bo’lgan moddaning kimyoviy formulasi bilan tarkibi 88,9% kislorod va 11,1% vodoroddan iborat bo’lgan moddaning kimyoviy formulasi qanday farq qiladi?
A) 1 ta vodorod atomiga; B) 2 ta vodorod atomiga; C) 1 ta kislorod atomiga;
D) 1 ta vodorod va 1 ta kislorod atomiga.
36. Tarkibi 92,3% uglerod va 7,7% vodoroddan iborat bo’lgan gaz moddaning 1 litri (n.sh.da) 1,16 g keladi. Gazning haqiqiy formulasini toping.
A) C2H4 B) C2H2 C) C3H6 D) C2H6
37. Metallning galogenli birikmasi tarkibida 48,72% galogen, uning oksidi tarkibida 28,57% kislorod bor. Galogenni aniqlang.
A) ftor; B) xlor; C) yod; D) brom.
38. Simob bug’larining havoga nisbatan zichligi 6,92 ga teng bo’lsa, simob molekulasi nechta atomdan tashkil topgan bo’ladi?
A) 1 B) 4 C) 3 D) 5
39. Oltinchi guruh elementi oltingugurt yettinchi guruh elementi ftor bilan hosil qilgan birikmasida o’zining eng yuqori valentligini namoyon qiladi. Shu gazning vodorodga nisbatan zichligi qanday bo’ladi?
A) 54 B) 35 C) 73 D) 26
40. 350 ml (n.sh.) fosfor bug’i 0,97 g kelsa, bug’idagi fosfor molekulalarining tarkibi qanday bo’ladi? A) P2 B) P C) P6 D) P4
41. Odam organizmidagi uchta elementning massa ulushlari quyidagicha: O-65%, С-18%, H-10%.
Organizmdagi element atomlari sonining ortib borish tartibini aniqlang.
A) H, C, O B) C, H, O C) C, O, H D) O, C, H
42. Tarkibida Ca, Cl va O bo’lgan birikmaning 7 gramida 1,6 g Ca va 0,08 mol xlor atomi bo’lsa, uning formulasini toping.
A) CaCl2 B) Ca(ClO2)2 C) Ca(ClO3)2 D) Ca(ClO)2
43. E3O4 tarkibli birikmada noma’lum elementning massa ulushi 72,4 % ni tashkil etadi. Elementni aniqlang.
A) Fe B) Pb C) Sn D) Mn
44. G’o’za bargini to’kish uchun ishlatiladigan kalsiy sianamid tarkibida 50% kalsiy, 15% uglerod va 35% azot borligi ma’lum bo’lsa, birikmaning formulasini aniqlang.
A) CaCN2 B) Ca2CN C) Ca(CN)2 D) Ca3(CN)2
45. 6,4 g kislorod massasi 16,0 g bo’lgan element bilan birikib EO tarkibli oksid hosil qilgan bo’lsa, elementni aniqlang.
A) magniy B) bariy C) kalsiy D) stronsiy
46. 36 gramm uglerod, 4,214•1024dona vodorod atomi va 2 mol kislorod atomidan tashkil topgan
moddaning formulasini toping.
A) C2H5O2 B) C2H4O C) C3H7O2 D) C3H6O
47. Fosfor oksidlaridan birida kislorodning 40 og’irlik qismiga fosforning 31 og’irlik qismi to’g’ri keladi. Shu birikmaning formulasi va undagi fosforning valentligi qanday?
1. P2O3, III; 2. P2O5, V; 3. P4O6, III;4. P4O6, V; 5. P4O10, V;
A) 1;2 B) 3;4 C) 2;5 D) 1;4
48. Brom oksidlaridan birida kislorodning 80 og’irlik qismiga bromning 160 og’irlik qismi to’g’ri keladi. Shu birikmaning formulasi va undagi bromning valentligi qanday?
1. Br2O3,III; 2. Br2O5,V; 3. Br2O,I; 4. Br2O7,VII
A) 2 B) 4 C) 3 D) 1
49. Quyidagi oksidlarning qaysi birida elementlarning massa nisbatlari 1:1,5 bo’ladi?
A) H2O B) Li2O C) SO3 D) N2O5
50. VI guruh elementi ftoridi massasining uning oksidi massasiga nisbati 1,52 ga teng bo’lsa, u qaysi element?
A) S B) Se C) Te D) Po
51. Element oksidlanganda uning massasi 88,88% ga ortdi. Elementni aniqlang.
A) Al B) Be C) Mg D) Na
52. 290 g ortofosfat kislota qancha fosfor (V) oksidga muvofiq keladi?
A) 400 B) 210 C) 54 D) 310
53. 14,4 g ikki valentli metall oksidi vodorod ta’sirida qaytarilganda 11,2 g metall olindi. Metallni
aniqlang.
A) Fe B) Zn C) Cu D) Ni
54. 2,21 g malaxitni qizdirishdan 1,58 g CuO, 0,44 g CO2 va 0,18 g H2O hosil bo’lgan. Shu tuzning molekulyar formulasini toping.
A) CuCO3 B) Cu(OH)2 C) Cu2(OH)2CO3 D) Cu(HCO3)2
55. 0,68 g modda yonganda, 1,28 g sulfit angidrid va 0,36 g suv hosil bo’ldi. Shu moddaning oddiy
formulasini toping.
A) H2S B) S C) H2SO4 D) FeS
56. Massasi 15 g modda yonganda, 2,8 g azot, 17,6 g uglerod (IV) oksid va 9 g suv hosil bo’ldi.
Boshlang’ich modda tarkibi qaysi element atomlaridan tashkil topgan?
1) azot 2) vodorod 3) kislorod 4) uglerod
A) 1;2;3;4 B) 1;3;4 C) 2;3;4 D) 1;2;4
Do'stlaringiz bilan baham: |