Kimyo masala yechish. 1- qism


REAKSIYA UNUMI BO‘YICHA HISOBLASHGA DOIR MASALALAR



Download 388,07 Kb.
bet23/29
Sana20.06.2022
Hajmi388,07 Kb.
#682062
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
dastlabki tushincha

REAKSIYA UNUMI BO‘YICHA HISOBLASHGA DOIR MASALALAR


1. Massasi 200 g bo‘lgan kalsiy karbonatning parchalanishidan 29 l (n.sh.) karbonat angidrid ajralib chiqdi. Reaksiya unumini (% hisobida) toping.
A) 64,73 B) 73,66 C) 90 D) 87,05 E) 83,75
2. 1000 m3 suv gazini olish uchun tarkibida 0,95 massa ulush S tutgan ko‘mir massasini (kg) aniqlang.
A) 268 B) 262 C) 282 D) 290 E) 524
3. Tarkibida qo‘shimchalarning massa ulushi 0,15 bo‘lgan 200 g ohaktoshning yuqori haroratda parchalanishidan qancha mol karbonat angidrid olish mumkin? Reaksiya unumi 90% ga teng.
A) 38 B) 2,0 C) 1,5 D)1,7 E) 74,8
4. Tarkibida 10% qo‘shimchalari bo‘lgan 50 g ohaktoshdan qancha massa (g) kalsiy oksid olish mumkin? Reaksiya unumi 90% ga teng.
A)19,8 B) 25,2 C) 5,6 D) 17,8 E) 22,7
5. Massasi 75 g bo‘lgan ohaktosh parchalanishidan hosil bo‘lgan karbonat angidrid reaksiya unumi 0,75 ga teng bo‘lganda qancha (g) massa o‘yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishib o‘rta tuz hosil qiladi?
A) 40 B) 84 C) 20 D) 45 E) 63
6. Tarkibida 80% kalsiy fosfat bo‘lgan xibin apatitining 1 tonnasini oddiy superfosfatga aylantirish uchun qancha sulfat kislota kerak bo‘ladi?
A) 350,8 kg B) 200,5 kg C) 196,0 kg D) 387,2 kg E) 505,7 kg
7. Reaksiya mashsulotining unumi 73% ni tashkil etsa, 24,5 g Bertole tuzidan qancha hajm
(l, n.sh.) kislorod olish mumkin?
A) 0,40 B) 0,39 C) 0,70 D) 4,9 E) 0,49


8. Massasi 5,4 g bo‘lgan simob(II)-oksiddan qancha hajm (n.sh.) kislorod olish mumkin? Reaksiya unumi 60% ga teng.
A) 0,28 B) 0,23 C) 0,19 D) 0,17 E) 0,34
9. 5 l (n.sh.) kislorod olish uchun 76% li texnik kaliy permanganatdan qancha gramm kerak?
A) 87,5 B) 82,0 C) 73,5 D) 92,8 E) 68,0
10. Massasi 18,6 g bo‘lgan kaliy permanganat qizdirilganda, 0,656 l (n.sh.) kislorod olindi . Kislorodning chiqim unumini (%) hisoblaning .
A) 70 B) 50 C) 80 D) 40 E) 60
11. Havo tarkibida massa jihatdan 23% kislorod bo‘ladi. Mashsulot unumi 89,6% bo‘lganda
1 m3 (n.sh.) kislorod olish uchun qancha (kg) havo kerak?
A) 1,43 B) 1,25 C) 1,84 D) 18,4 E) 6,9
12. Tarkibida 98% sof AlCl3 bo‘lgan texnik alyuminiy xlorid tarkibidagi alyuminiyning massa ulushini (%) toping.
A) 79,77 B) 19,8 C) 78,12 D) 74,5 E) 20,2
13. Tarkibida 96% sof MgSO4 bo‘lgan texnik magniy sulfatdagi oltingugurtning massa ulushini (%) toping.
A) 26,6 B) 20 C) 19,2 D) 20,2 E) 25,6
14. Tarkibida 84% sof MgCO3 bo‘lgan 10 kg magnezitni kuydirishdan qancha (l, n.sh.) karbonat angidrid olish mumkin?
A) 2,24 B) 490 C) 2240 D) 2920 E) 2290
15. 4,6 g natriy metalining suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida 2,12 l (n.sh.) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, mashsulot unumi qancha bo‘ladi? (%)
A) 100 B) 83,8 C) 93,8 D) 94,6 E) 87,8
16. 25 g kalsiy karbonat parchalanganda 16,3 g qattiq qoldiq hosil bo‘ldi. Kalsiy karbonatning necha foizi parchalanganini aniqlang.
A) 79 B) 70 C) 62,8 D) 50,8 E) 52
17. 140 t kuydirilgan ohakdan 185 t so’ndirilgan ohak olingan bo‘lsa, reaksiyaning unumi(%) qanchaga teng?
A) 100 B) 98,4 C) 97,2 D) 96,8 E) 99,5
18. 6,06 g kaliy nitrat qizdirilganda 5,34 g qattiq qoldiq hosil bo‘ldi. Kaliy nitratning necha foizi termik parchalanmaganini aniqlang.
A) 70 B) 35 C) 60 D) 25 E) 75
19. Tarkibida 85% CaCO3 bo‘lgan 10 t ohaktoshdan qancha (t) sindirilmagan ohak olinadi?
A) 4,2 B) 5,5 C) 7,56 D) 4,4 E) 4,76
20. Reaksiya unumi 90% bo‘lganda tarkibida 15% begona modda bo‘lgan 501 kg gematitdan necha kilogramm temir olish mumkin?
A) 229,5 B) 34,4 C) 80,3 D) 268,3 E) 137,5
21. Tarkibida 20% begona moddalar bo‘lgan gematitning 285,7 kg miqdoridan 94% temirli cho‘yandan necha kilogramm tayyorlash mumkin?
A) 119 B) 160 C) 212,8 D) 170,2 E) 123,3
22. 500 g ruda kuydirilganda 324 g rux oksid olingan bo‘lsa, rudadagi ruxning massa ulushi qancha bo‘ladi?
A) 0,70 B) 0,52 C) 0,32 D) 0,23 E) 0,65
23. Yuqori temperaturada 9,8 g mis(II)-gidroksidning parchalanishidan 7,028 g mis(II)-oksid hosil bo‘lsa, reaksiya unumi qancha bo‘ladi? (%)
A) 93,75 B) 87,85 C) 85,5 D) 67,5 E) 81,25
24. Tarkibida 75% sof malaxit bo‘lgan 200 g mineraldan qancha (g) mis(II)-oksid ajratib olish mumkin? Reaksiya unumi 0,85 ga teng.
A) 91,9 B) 97,3 C) 104,8 D) 108,1 E) 96,8
25. Tarkibida 20% qo‘shimchasi bo‘lgan texnik ohaktoshning 45 g miqdoridan reaksiya unumi 100% ni tashkil etganda qancha hajm (n.sh.) karbonat angidrid hosil bo‘ladi?
A) 8,5 B) 7,5 C) 6,0 D) 8,06 E) 6,85
26. Hajmi 2000 m3 bo‘lgan suv gazini olish uchun massa ulushi 0,95 bo‘lgan ko‘mirning massasini (kg) hisoblang. Reaksiya davomida isrofgarchilik 3% bo‘lgan deb hisoblang.
A) 581 B) 262 C) 273 D) 290 E) 169
27. Reaksiya unumi 60% bo‘lsa, 110 l ammiakni N2+3H2=2NH3 reaksiya bo‘yicha olish uchun necha litr (n.sh.) vodorod sarf bo‘ladi?
A) 330 B) 253,8 C) 168 D) 67,2 E) 275
28. Reaksiya unumi 98% bo‘lganda 10,7 g ammoniy xlorid bilan 14,8 g kalsiy gidroksid qo’shib qizdirilganda necha gramm tuz hosil bo‘ladi?
A) 10,9 B) 4,4 C) 5,5 D) 6,2 E) 11,1
29. Sulfat kislota ishlab chiqarishda kolchedanni kuydirish pechining unumdorligi bir sutkada 30 tonnani tashkil etadi. Texnik kolchedandagi piritning massa ulushi 42,4% ga teng bo‘lsa, undan bir sutkada qancha (t) sulfat kislota olish mumkin?
A) 20,8 B) 64 C) 39 D) 49 E) 25,8
30. Reaksiya unumi 0,85 bo‘lganda tarkibida 40% oltingugurt bo‘lgan 1 t temir kolchedanidan n.sh. da qancha hajm (m3) oltingugurt(IV)-oksid olish mumkin?
A) 112 B) 280 C) 238 D) 210 E) 180
31. Reaksiya unumi 100% bo‘lsa, 1 tonna sulfat kislota ishlab chiqarish uchun necha mol pirit kerak bo‘ladi?
A) 510 B) 612 C) 918 D) 1224 E) 459
32. Tarkibida 98,52% toza oltingugurt bo‘lgan, yonmaydigan qo‘shimchasi bor 24,36 g mashsulot yonganda qancha issiqlik ajraladi? Oltingugurt(IV)-oksidning hosil bo‘lish issiqligi 279 kJ ga teng.
A) 279,0 B) 209,25 C) 174,72 D) 87,36 E) 139,5
33. 10 g texnik kalsiy karbid suv bilan ta’sirlashganda 2,24 g asetilen olindi. Namunadagi
CaC2 ning massa ulushi (%) qanday?
A) 64 B) 79 C) 36 D) 44 E) 76
34. 8,4 g kalsiy oksid 12 g uglerod bilan reaksiyaga kirishganda qancha (l, n.sh.) gaz ajraladi? Reaksiya unumi 75%.
A) 2,52 B) 3,36 C) 16,8 D) 4,37
35. Tarkibida 96% CaCO3 bo‘lgan 1 kg marmardan necha litr (n.sh.) uglerod(IV)-oksid olish mumkin?
A) 115 B) 105 C) 205 D) 215
36. 63,2 g kaliy permanganat parchalanganda ajralgan gazni ozonator orqali o‘tkazib, kaliy yodid eritmasiga yuborilganda 2,95 g yod ajraldi. Ozonning hosil bo‘lish unumini (%) aniqlang.
A) 11,2 B) 7,5 C) 22,5 D) 8,7
37. 22,4 l (n.sh.) kislorod ozonatorga (unum 75%) kiritilishidan olingan gaz mo‘l miqdordagi kaliy yodid eritmasiga shimdirilganda (unum 56%) necha gramm yod olinadi?
A) 14,93 B) 127 C) 71,12 D) 167,64
38. Massa ulushi 88% bo‘lgan 0,1 kg temir sulfiddan normal sharoitda o‘lchangan necha litr vodorod sulfid olish mumkin?
A) 22,4 B) 224 C) 33,6 D) 2,24
39. 10 kg texnik pirit qizdirilganda 3500 l (n.sh.) SO2 hosil bo‘ldi. Piritning tozalik darajasini (%) hisoblang.
A) 90 B) 2,86 C) 34,28 D) 93,75
40. Reaksiya unumi 0,85 bo‘lganda tarkibida 40% oltingugurt bo‘lgan 1 t temir kolchedanidan qancha hajm (m3, n.sh.) oltingugurt(IV)-oksid olish mumkin?
A) 238 B) 210 C) 112 D) 280
41. Reaksiya mashsulotining unumi 80% ni tashkil etsa, 2,24 l (n.sh.) sulfit angidriddan qancha (g) sulfat kislota olish mumkin?
A) 8,8 B) 9,8 C) 6,6 D) 7,8
42. 3,2 kg temir kolchedanidan 3,523 kg sulfat kislota olindi. Agar kolchedan tarkibida 45% oltingugurt bo‘lsa, sulfat kislotaning hosil bo‘lish unumini (%) toping.
A) 77 B) 80 C) 95 D) 90
43. Kontakt apparatida oksidlanish mashsulotining unumi 90%, yuttirish kolonnalarida kislota-ning chiqishi esa 92% bo‘lsa, bir tonna ammiakdan qancha (t) 58% li nitrat kislota hosil bo‘ladi?
A) 6,0 B) 4,4 C) 5,7 D) 5,2
44. Laboratoriyada 26,88 l (n.sh.) ammiak olish uchun 25% qo‘shimchasi bo‘lgan kalsiy gidroksiddan necha gramm zarur bo‘ladi?
A) 84,4 B) 59,2 C) 36 D) 44,4
45. Reaksiya unumi 60% ni tashkil etsa, 2 mol mis(II)-nitratning parchalanishi natijasida qancha hajm (l, n.sh.) gaz ajraladi?
A) 67,2 B) 44,8 C) 22,4 D) 112
46. Ammiakni katalitik oksidlashda NO ning unumi 96%, gazni yuttirish kolonnasida HNO3 kislotaning chiqishi 92% bo‘lsa, 1 l NH3 dan necha litr 52% li (ρ=1,432 g/ml) nitrat kislota olish mumkin?
A) 3,33 B) 1,45 C) 3,16 D) 2,15
47. 31,6 g kaliy permanganat qizdirilganda 2,24 l (n.sh.) kislorod olindi. Reaksiya unumini hisoblang.
A) 0,80 B) 0,90 C) 1,0 D) 0,73
48. Tarkibida 25% qo‘shimcha modda bo‘lgan 200 g marmarning termik parchalanishidan olingan gaz chig‘lagan ko‘mir ustidan o‘tkazilganda qancha hajm(l,n.sh.)gaz olinadi?
A) 67,2 B) 44,8 C) 33,6 D) 38,08
49. Laboratoriyada 67,2 l (n.sh.) ammiak olish uchun 15% qo‘shimchasi bo‘lgan kalsiy gidroksid namunasidan necha gramm zarur bo‘ladi?
A) 130,6 B) 111 C) 87 D) 74
50. 6,5 g rux mo‘l miqdor suyultirilgan sulfat kislota bilan ta’sirlashganda ajralgan gazning 80% i necha gramm oltingugurt bilan reaksiyaga kirishadi?
A) 1,792 B) 1,28 C) 3,2 D) 5,12 E) 2,56
51. Tarkibida 45% FeS2 bo‘lgan bir tonna qotishmadan necha kilogramm H2SO4 olish mumkin?
A) 367,5 B) 90 C) 898 D) 36,75 E) 735
52. Tarkibida 40% qo‘shimchasi bo‘lgan 40 g temir kolchedanidan qancha (g) SO2 olish mumkin? A) 8,53 B)42,67 C) 17,06 D) 25,6 E) 12,8
53. Reaksiya unumi 80% ni tashkil etsa, 60 kg temir kolchedanidan qancha (kg) 90% li sulfat kislota olish mumkin?
A) 87,1 B) 78,5 C) 89,1 D) 85,9 E) 80,3
54. 10 kg texnik pirit qizdirilganda 3500 l (n.sh.) SO2 hosil bo‘ldi. Piritning tozalik darajasini (%) hisoblang.
A) 93,75 B) 29 C) 2,86 D) 34,28 E) 90


55. Ishlab chiqarishda oltingugurtning 5% isrof bo‘lsa, 1 t sulfat kislota olish uchun tarkibida 55% oltingugurt bo‘lgan kolchedandan qancha (kg) kerak?
A) 343,68 B) 763,7 C) 624,9 D) 437,2 E) 670,2
56. Havo tarkibida massa jihatdan 75,5% azot bo‘ladi. Mashsulot unumi 80% bo‘lganda 1 m3 (n.sh.) azot ajratib olish uchun qancha havo (kg) kerak?
A) 2,07 B) 6,9 C) 1,25 D) 1,56 E) 1,43
57. Reaksiya unumi 70% bo‘lsa, 1,19 g ammiak olish uchun necha litr (n.sh.) vodorod kerak?
A) 1,64 B) 1,56 C) 2,35 D) 0,78 E) 3,36
58. Tarkibida 0,5 % chet moddalar bo‘lgan dolomit mineralining kuydirilishi natijasida 15,68 l gaz mahsulot olingan . Reaksiya uchun olingan dolomit massasini hisoblang .
A) 64,7 B) 39,5 C) 62,6 D) 58,9 E) 5,02
59. 20 g texnik alyuminiyga o‘yuvchi kaliyni mo‘l eritmasi bilan ta’sir qilindi, natijada 20,9 l vodorod(n.sh) da ajralib chiqdi. Texnik alyuminiy tarkibida necha foiz sof alyuminiy bor?
A) 30 B) 80 C) 20 D) 10 E) 84
60. 500 g ruda quydirilganda, 405 g rux oksidi olingan bo‘lsa, rudadagi ruxning massa ulushi qancha bo‘ldi?
A) 0,52 B) 0,65 C) 0,23 D) 0,70 E) 0,32
61. Massasi 10 g bo‘lgan cho’yandan olingan namunani kislorod oqimida yondirish natijasida 1,1 g karbonat angidrid gazi hosil bo‘lgan. Cho’yan tarkibidagi uglerodning massa ulushini aniqlang.
A) 3 B) 0,3 C) 0,01 D) 0,03 E) 0,02
62. Vodorod xloridning hosil bo‘lish unumi 100% bo‘lsa, 365 g vodorod xlorid olish uchun necha litr ( h.sh) xlor va vodorod kerak bo‘ladi?
A) H 2 -112 l,Cl2 -112 l B) H2 -22,4 C) H2 -5,6 l, Cl2 -5,6 l
D) H2 -224 l,Cl2 – 224 l E) H2 -5,6 l, Cl2 -11,2 l
63. Reaksiya unumi 70% bo‘lsa, 110 l ammiakni N2 + H2 = NH3 reaksiya bo‘yicha olish uchun necha litr (n.sh.) vodorod sarf bo‘ladi?
A) 253,8 B) 275 C) 67,2 D) 235,7 E) 168
64. Havodagi azotning 20% miqdori vodorod bilan reaksiyaga kirishsa, 4,5 m3 ammiak olish uchun zarur bo‘lgan azot (n.sh.) qancha hajm havoda bo‘ladi? ((N2)=78)
A) 1,44 B) 5,0 C) 14,4 D) 6,4 E) 8,9

Download 388,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish