«kimyo» kafedrasi “umumiy kimyo” fanidan


Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishi



Download 19,83 Mb.
bet31/401
Sana18.04.2023
Hajmi19,83 Mb.
#929617
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   401
Bog'liq
Umumiy kimyo majmua (Biologiya) Kuryazov R 2018

Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishi. Qutbli erituvchilarda H+ ioni bilan kislota qoldig’i ioniga dissotsilanuvchi birikmalar kislotalar deb ataladi. Misol tariqasida nitrat kislota bilan xlorat kislotaning dissotsilanishini ko’rib chiqamiz:
HNO3 = H+ + NO3
HClO4 = H+ + ClO4
Eritmada H+ kationlarining bo’lishi eritmalarning kislota xususiyatiga sabab bo’ladi. musbat zaryadlangan H+ ionda (protonda) elektron qavat bo’lmaydi, shuning uchun u suvli muhitda koordinatsion bog’ hisobiga suv molekulasi bilan oson birikadi.
Suvdagi eritmalarda vodorod ionlari H+ emas, balki gidroksoniy ioni H3O+ bo’ladi. Shuning uchun suvli eritmalardagi vodorod ionlari to’g’risida gapirilganda, hamma vaqt gidroksoniy ionlari nazarda tutiladi. Kislota molekulasi dissotsilanganda bir vaqtning o’zida proton ham suv molekulalari bilan o’zaro ta’sirlashadi. Masalan,
HCl + H2O = H3O+ + Cl
Biroq, kislotalarning dissotsilanishi tenglamalarida soddalashtirish maqsadida H3O+ o’rniga H+ yoziladi. Asoslar eritmalarda metall ionlari bilan gidroksid ionlari OH ga dissotsilanadi. Masalan,
NaOH = Na+ + OH
Ba(OH)2 = Ba2+ + OH
OH ionlarining bo’lishi asoslar eritmalari uchun xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Tipik kislota va tipik asoslardan tashqari, ham kislota, ham asos xususiyatlariga ega bo’lgan gidroksidlar ham ma’lum. Bunday gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi. Ular neytral muhitda ikki yo’nalishda dissotsilanadi, ham H+ ionlari, ham OH ionlari ajralib chiqadi. Ishqoriy muhitda amfoter gidroksidning dissotsilanish muvozanati H+ ionlari, kislotali muhitda esa OH ionlari hosil bo’lish tomonga siljiydi. Demak, amfoter gidroksid kuchli asoslar ta’sirida kislota, kuchli kislotalar ta’sirida esa asos xossalarini namoyon qiladi. Amfoter gidroksidlar jumlasiga Zn(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)3 va ba’zi boshqalar kiradi. Amfoter gidroksidlarning dissotsilanish xususiyatini rux gidroksidning dissotsilanishi misolida tushunib olish mumkin.
2H+ + ZnO22– ↔ Zn(OH)2 ↔ Zn2+ + 2OH
ishqoriy muhitda kislotali muhitda
Tuzlar eritmalarida metall ionlari bilan kislota qoldig’i ionlariga dissotsilanadi. Masalan:
KCl = K+ + Cl CuSO4 = Cu+ + SO42–
FeCl3 = Fe3+ + 3Cl Al2(SO4)3 = 2Al3+ + 2SO42–
Turli kislota va asoslar bir xil konsentratsiyada turlicha dissotsilanadi. Suvdagi eritmalarida ionlarga to’liq dissotsilanadigan elektrolitlar kuchli elektrolitlar deyiladi. Ular jumlasiga xlorat, xlorid va ba’zi boshqa kislotalar, o’yuvchi natriy, KOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2, kabi asoslar hamda deyarli barcha tuzlar kiradi. Eritmalarda qisman dissotsilanib, juda oz sonli ionlar hosil qiluvchi elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deyiladi. kuchsiz elektrolitlarga ko’pchilik kislotalar (masalan, sirka kislota, sianid kislota, borat kislota, H2CO3, H2S,), NH4OH qiyin eruvchan asoslar kiradi. Kuchli elektrolitlarning eritmalari elektr tokini yaxshi o’tkazadi, kuchsiz elektrolitlarning eritmalari esa yomon o’tkazadi.

Download 19,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish