2. To’yingan bir atomli spirtlarning nomlanishi va izomeriyasi To’yingan bir atomli spirtlarning umumiy formulasini CnH2n+1OH yoki R–OH bilan ifodalash mumkin. To’yingan bir atomli spirtlar alkаnоllаr ham deyiladi.
Gidroksil guruhining qanday uglevodorod atomi bilan bog’langanligiga qarab ular birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga bo’linadilar.
Izomeriyasi va nomlanishi.To’yingan bir atomli spirtlarning izomeriyasi uglevodorod zanjirining tuzilishiga va gidroksil guruhinig zanjirdagi joylashuv holatiga bog’liq bo’ladi.
To’yingan bir atomli spirtlarni nomlashda rаdikаl–funksiоnаl, ratsional va sistematik nomenklaturalar qo’llaniladi.
Rаdikаl– funksiоnаl nomenklaturaga asosan, spirtlarning nomi gidroksil guruh bilan bog’langan uglevodorod radikalining oxiriga spirt so’zi qo’shib hosil qilinadi.
Ratsional nomenklatura bo’yicha esa metil spirti karbinol deb ataladi, qolgan radikallar uning hosilasi deb qaraladi.
Sistematik nomenklatura bo’yicha spirtlarni nomlashda ularning nomi tegishli to’yingan uglevodorod nomi oxiriga –ol qo’shimchasi qo’shib hosil qilinadi. Gidroksil guruhi va radikallarning holati raqamlar bilan ko’rsatiladi.
Аyrim birikmаlаr uchun triviаl nоmlаr sаqlаnib qоlgаn.
To’yingan bir atomli spirtlarning izomeriyasi va nоmеnklаturаsiga oid misollar 17-jаdvаlda keltirilgan.
17-jаdvаl.
Аlkаnоllаr nоmеnklаturаsigа misоllаr
3. To’yingan bir atomli spirtlarning olinish usullari Spirtlar olishning bir necha usullari ma’lum. Quyida shulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
1.Spirtlarni galoid alkillarni suv yoki ishqorning suvli eritmasi bilan qo’shib qizdirish orqali olish mumkin:
2.Etilen uglevodorodlariga katalizatorlar ishtirokida suv biriktirilganda bir atomli spirtlar hosil bo’ladi. Katalizator sifatida asosan konsentrlangan sulfat kislotadan foydalaniladi. Etilen uglevodorodlariga suvning birikish quyidagi bosqichlar orqali sodir bo’ladi:
3.Spirtlarni aldegid va ketonlarni katalizator ishtirokida qaytarish orqali yoki ularga magniy organik birikmalar biriktirish orqali olish mumkin:
Bu jarayon mis, kobalt, nikel, platina. Palladiy katalizatorligida 300-5000C haroratda olib boriladi.
4.Aldegid va ketonlarga magniy organik birikmalarni biriktirish orqali birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi spirtlar olinadi. Karbonil guruhi kuchli qutblangan bo’lganligi uchun ularga nukleofil agentlar oson birika oladi:
Hosil bo’lgan oraliq modda suv ishtirokida juda oson parchalanadi:
Bu usul bilan spirtlarni tuzilishini oldindan belgilangan holda sintez qilish mumkin.
5.Sanoatda etil spirtini pentazan saqlovchi tabiiy birikmalar – uglevodlarni fermentlar ishtirokida bijg’itish orqali olinadi. Masalan:
Bijg’itishni 4 % li sulfat kislota ishtirokida ham olib borish mumkin. Shu usul bilan g’o’zapoya, yog’och chiqindilari, oziq-ovqat chiqindilari va boshqalardan ko’p miqdorda etil spirti ishlab chiqariladi.
6.Metil spirti sanoatda CO va H2 dan sintez qilinadi:
Bu jarayon 200-300 atm bosim, 4000C harorat va rux-xrom-mis katalizatori ishtirokida olib boriladi. Spirtlarni yuqorida ko’rsatilgan usullarda tashqari, yana murakkab efirlardan atsetallardan va boshqa birikmalardan olish mumkin.