Bog'liq Umumiy kimyo majmua (Biologiya) Kuryazov R 2018
Test savollari 1. Qaysi postulotga muvofiq, absolyut temperaturaga erishish mumkin emas??
A. Klauzius postuloti
B. Nernst postuloti
V. Kelьvin postuloti
S.Tomson postuloti
2. Mutloq nol haroratda har qanday element yoki birikmadan tashkil topgan sof xoldagi kristallning entropiyasi nolga teng, moddaning boshqa xamma holatlardagi entropiyasi esa noldan kattadir», deb qaysi postulotda ko’rsatilgan?
A. Tomson postulotida
B. Nernst postuloti
V. Plank postulotida
S.Kelьvin postulotida
3. Kimni postulotidan foydalanib, moddalar termodinamikaviy funksiyalarning turli holat va turli temperaturaga bog’liq holda o’zgarishi,bir xolatdan ikkinchi xolatga o’tgandagi yashirish issiqlik effekti Qiymatlarini bilish kerak?
A. Klauzius postuloti
B. Kel’vin postuloti
V. Plank postulotida
S.Kelьvin postulotida
4. Xar qanday moddani, 0 gacha sovutish mumkin emas, ya’ni mutloq 0 temperaturaga erishi mumkin emas-degan ta’rif qaysi qonunning ta’rifi hisoblanadi?
A. Termodinamikaning 3 qonuni
B. Termodina-mikaning 1 qonuni
V. Gess qonuni
S.Termodinamikaning 2 qonuni
5. Termodinamikaning 3 qonunini qaysi olim yaratgan?
A. Plank
B. Nernst
V. Arrenius
S.Karno
6. Entropiya va boshqa termodinamikaviy funksiyalarning mutloq qiymatini aniqlashda qaysi qonundan foydalaniladi?
A. Termodinamika-ning 1 qonunidan
B. Termodinamikaning 2 qonunidan
V. Termodinamikaning 3 qonunidan
S.Massalar ta’siri qonunidan
7. O’ngga va chapga boruvchi ikki reaksiya tezliklarining baravarlashishiga nima deyiladi?
A. Kimyoviy muvozanat
B. Kimyoviy kinetika
V. Gomogen reaksiya.
S.Geterogen reaksiya
8. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning birini miqdori oshirila borsa kimyoviy muvozanat o’ngga siljiydi, bunda kimyoviy muvozanatning siljishiga qaysi omilning ta’siri kuzatiladi?
A. Katalizator ta’siri
B. Konsentrasiya ta’siri
V. Bosim ta’siri.
S.Xarorat ta’siri
9. Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentrasiyasi ko’paytmasiga to’g’ri proporsionaldir» degan ta’rif qaysi qonunning ta’rifi??
A. Termodinamika-ning 1 qonunidan
B. Termodinamikaning 2 qonunidan
V. Massalar ta’siri qonuni.
S.Moddalar massasi-ning saqlanish qonuni
10. Kimyoviy reaksiyalar muvozanatiga moddalar konsentrasiyasi, bosim va xaroratning ta’sirini qaysi olim o’rgangan?
A. Arrenius
B. Vant-Goff
V. Nernst.
S.Le-SHatelьe