Test savollar
1. Quyidagidardan qaysi biri Le – SHatelьe prinsipini to’g’ri talqin etadi?
A) Reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining konsentrasiyasi oshirilsa, muvozanat reaksiya mahsulotlari hosil bo’lish tomoniga siljiydi
B) Temperatura oshirilsa, muvozanat endotermik reaksiya tomonga, kamaytirilsa ekzotermik reaksiya tomonga siljiydi
C) Muvozanat holatida turgan sistemaga tashqaridan biror ta’sir ko’rsatilsa, muvozanat shu ta’sirni kamaytiradigan jarayon tomonga siljiydi
D) Agar reaksiyaga kirishayotgan gaz moddalar molekulalarining soni reaksiya natijasida hosil bo’lgan gaz moddalarmolekulalari soniga teng bo’lsa, bunday reaksiyalarning muvozanatiga bosim ta’sir etmaydi
E) Bosim oshirilsa, muvozanat kam miqdordagi molekulalar hosil bo’lish tomoniga, kamaytirilganda esa ko’p miqdordagi molekulalar hosil bo’lish tomoniga siljiydi.
2. Tenglamasi HBr+O2↔H2O(g)+Br2(g)+Q bo’lgan reaksiyadagi muvozanatni o’ng tomonga siljitish uchun qaysi omillardan foydalanish mumkin?
1) vodorod bromid konsentrasiyasini oshirish; 2) vodorod bromid konsentrasiyasini kamaytirish; 3) temperaturani oshirish; 4) temperaturani kamaytirish; 5) bosimni oshirish; 6) bosimni kamaytirish;
A) 1,3,6 B) 1,4,5 C) 2,4,6 D) 2,3,5 E) 2,3,6
3. Tenglamasi C2H2+O2↔CO2+H2O(g)+Q bo’lgan reaksiyadagi muvozanatni o’ngga siljitish uchun qaysi omillardan foydalanish mumkin?
1) bosimni oshirish; 2) bosimni kamaytirish; 3) temperaturani oshirish;
4) temperaturani kamaytirish; 5) katalizator kiritish; 6) ingibator kiritish; 7) asetilen konsentrasiyasini oshirish; 8) karbonat angidrid konsentrasiyasini kamaytirish;
A) 1,3,5,7 B) 1,4,5,7 C) 2,4,6,7 D) 1,4,7,8 E) 2,3,7,8
4. Tenglamasi A+B↔C+D bo’lgan sistemadagi hamma moddalar 2 molь miqdorda aralashtirilgan. Sistemada muvozanat qaror topgandan keyin, S modda konsentrasiyasi 3 molьga teng bo’lgan, muvozanat konstantasini hisoblang.
A) 1,5 B) 2,25 C) 3 D) 9 E) 6
5. Qaysi omillar ta’sirida Fe3O4+CO↔Fe+CO2-43,7 kJ reaksiya muvozanati o’ng tomonga siljiydi? 1) temperaturaning pasayishi; 2) temperaturaning ko’tarilishi; 3) bosimning kamayishi; 4) bosimning ortishi; 5)katalizator kiritilishi;
A) 1,3 B) 1,4 C) 1 D) 2 E) 2,5
6. Quyidagi muvozanatda turgan sistemada oltingugurt(VI)oksidning unumini
oshirish uchun nima qilish kerak? 2SO2(g)+O2(g)↔2SO3(g)
1) kislorod konsentrasiyasini oshirish; 2)kislorod konsentrasiyasini kamaytirish; 3)sistema bosimini oshirish; 4) sistema bosimini kamaytirish;
5)oltingugurt(IV)oksid konsentrasiyasini kamaytirish;
6) oltingugurt(IV)oksid konsentrasiyasini oshirish;
A) 1,2,3 B) 1,3,6 C) 4,5,6 D) 2,4,5 E) 2,3,4
7. Quyidagi jarayonlarning qaysi biri temperatura orttirilganda chap tomonga siljiydi?
A) azot molekulasining atomlarga parchalanishi
B) kaliy permanganatning parchalanishi
C) kalьsiy gidroksidning oksidga aylanishi
D) vodorod va azot birikib ammiak hosil bo’lishi
E) oxakning kuydirilishi
8. Kimyoviy muvozanatda turgan NO2 bilan N2O4 aralashmasini rangsizlanishi uchun nima qilish kerak? 1.bosimni oshirish; 2.bosimni kamaytirish; 3.temperaturani ko’tarish; 4. temperaturani kamaytirish; 5.katalizator qo’shish;
A) 1,3 B) 1,4 C) 1,5 D) 2,3 E) 2,4
9. Quyidagi kimyoviy reaksiya: N2(g)+O2↔NO(g)-Q muvozanatini o’ng tomonga
siljitish uchun qaysi omillardan foydalanish mumkin?
1) O2 konsentrasiyasini kamaytirish; 2) O2 konsentrasiyasini ko’paytirish;
3) NO konsentrasiyasini ko’paytirish; 4) NO konsentrasiyasini kamaytirish;
5) bosimni oshirish; 6) temperaturani oshirish; 7) temperaturani pasaytirish; 8) katalizator qo’llash; 9) N2 konsentrasiyasini ko’paytirish;
A) 2,3,5,8 B) 2,4,8,9 C) 2,4,6,9 D) 2,5,7,9 E) 2,4,5,9
10. Quyidagi muvozanatning siljishiga qaysi omillar ta’sir etmaydi?
N2(g)+O2↔NO(g)-180,7 kJ/molь
A) temperatura va bosim
B) bosim va katalizator
S) azot konsentrasiyasining kamayishi
D) temperatura va katalizator
E) azot konsentrasiyasining ortishi
Do'stlaringiz bilan baham: |